Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet9/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Texnik tizimlarni boshqarishning vazifalari:

  1. Avtomobil transportining harakatdagi tarkibini, texnik eks­ pluatatsiyasi bo‘yicha boshqarma, region, birlashma va korxo- nalarning texnik siyosatini aniqlash. Texnik siyosat mavjud xo‘jalik mexanizmi va amaldagi qonunlar, saroylar va avtomobillarning ish- lash qobiliyatini ta’minlash rejali­ogohlantirish tizimi tamoyillari, ushbu tarmoqning ish tajribasi, holati va uning taraqqiyoti istiqbol-

lari, mavjud resurslar va cheklanishlar hamda bajarilgan ilmiy­tad- qiqot ishlar asosida shakllanadi.
Texnik siyosat avtomobil va saroyining ishlash qobiliyatining talab etilayotgan darajasi, harakat xavfsizligi, ekologik va resurslar- ni tejash yo‘llarining rivojlanishini ta’minlab turishi kerak. Texnik siyosat ­ ilg‘or me’yoriy, loyihaviy va texnologik hujjatlar, tizim, tarmoq, regional va mahalliy dasturlar, avtokorxonalarning renta- belligi hamda xo‘jalik hisobini ko‘zda tutuvchi xo‘jalik mexanizmi va qonuniyatlar orqali amalga oshiriladi.

  1. Texnik siyosatni amalga oshirishni ta’minlovchi, maqsadlar- ni, me’yoriy texnologik va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ijrochiga yetkazish.

  2. Avtomobil transporti harakatidagi tarkibni saqlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarish, tashkil etish, rejalashti­ rish. Ekspluatatsiya sharoitini hisobga olgan holda me’yorlarini re- sursli va tezkor to‘g‘irlash.

  3. Ishlab chiqarish texnik bazasini barpo qilish, takomillashti­ rish, maqbullashtirish va uni qo‘llab­quvvatlash, qayta qurish va texnik qayta qurollash, saqlash va yonilg‘i quyishni mexanizatsi- yalash, pobotlashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

  4. Moddiy­texnik ta’minot va ehtiyot qismlari, ekspluatatsiya materiallari, texnologik jihozlar saqlashni tashkil etish.

  5. Resurslarning hamma turlarini birinchi navbatda, mehnat va yonilg‘i ­ energetik hamda kapital sarflarni tejash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.

  6. Ishlab chiqarish zaxiralarini, texnologik jihozlarni, ishlab chiqarish texnik bazasini, avtomobil transporti harakatidagi tarkib- ning texnik holatini tahlil qilish.

  7. Ishlab chiqarish­texnik bazasi elementlarini, texnologik va boshqa jihozlarni, harakatdagi tarkibni ichki xo‘jalik hisobiga o‘tkazish.

  8. Avtomobil sharoitining yoshi bo‘yicha tarkibini boshqarish, texnologik jihozlarni va avtomobillarni ro‘yxatdan chiqarish va ta’mirlash rejasini tuzish. Avtomobillardan ularning konstruksiyasi,

texnik holati va ekspluatatsiya sharoitini hisobga olgan holda foyda- lanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling