Техноген indd


-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi


Download 1.67 Mb.
bet12/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

1-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi.


Oxirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyutsion o‘zgarish sodir bo‘ldi. Risk faqatgina moliyaviy korporatsiyalar- da emas, balki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ham qo‘llanila boshlandi. Risklarni boshqarishdagi yangi paradigmasi, kompani- yalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini boshqarishda aniq operatsiya va faoliyat sohalari bo‘yicha tor doi- rada qismli yondashuvdan kompleks boshqaruvga o‘tishni ko‘zda tutadi (1-rasm).
Yevropa Ittifoqidagi institutlar riskning amaliy ko‘nikmala- rini ekologik, texnologik, sotsial va boshqa masalalami yechishda qo‘llay boshladilar.

XX asr 90-yillarining boshida jahon tajribasida risk-menejment sohasida standartlarning shakllanishi kuzatildi. (2-rasm)

2-rasm. Risk menejmenti standartlarining rivojlanish tarixi.


Standartlarning yoyilishi davlatlarda, xalqaro darajada va hatto- ki tarmoq darajasida amalga oshirildi. Buning isboti bo‘lib, risklar- ni boshqarishning anglosakson huquqli davlatlar (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, JAR, Kanada) milliy stan- dardlari, shuningdek, Homiylik tashkilotlari Treadway komissiya Komiteti (COSO, AQSh) ishlab chiqqan standart, risk-menejerlar Yevropa assotsiatsiya federatsiyasi standarti (FERMA) va risklarni boshqarish standarti ISO 31000:2009 hisoblanadi.
Tarmoq risklarini boshqarish standartlari orasida sug‘urta tash- kilotlari (Solvency, Solvency II) va bank (Basel, Basel II, Basel III) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan standartlar mashhurdir.
Risk-menejment sohasidagi standartlar quyidagi unifikatsiyani ko‘zlaydi:
Bu sohada ishlatilayotgan terminologiya; Risk boshqarish jarayoni tarkibi;
Risk-menejmentining tashkilotlardagi tizimini tuzish yo‘llari.
Shunga ko‘ra, har bir yuqorida keltirilgan standartlar turlicha bo‘lib, hammasini birday qo‘llash ko‘pgina chalkashliklarga olib ke- ladi. Shuning uchun biz faqatgina ayrim standartlarni ko‘rib chiqamiz. Misol uchun, Homiylik tashkilotlari Treadway komissiya Komiteti (Committee of Sponsoring Organizations of the Tread- way Commission, COSO) tomonidan ishlab chiqilgan “Tashkilotlar riskini boshqarish. Integratsiyalashgan modeli”. Bu modelni kom- paniya 2001-yilda “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjat tashkilotlar doirasida risklarni boshqarish asoslari va tashkil etish yo‘llari haqida batafsil ma’lu- mot beradi. Bunda risk boshqarish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq 8
tarkibiy qismdan iborat deyiladi, ular: Ichki muhitni aniqlash; Maqsadlarni aniqlash;
Riskli voqealarini aniqlash; Riskni baholash
Risk ta’siriga javob berish; Nazorat vositasi;
Axborot va aloqa; Monitoring.
Jahon tajribasida “COSO kubi” nomini olgan bu standart tash- kilotlar maqsadlari (strategik, operatsion, hisobotga tayyorgarlik va qonunlarga rioya qilish), kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va risk boshqaruv jarayoni tarkibiy qismlari o‘rtasida bog‘liqlikni ifodalay- di (3-rasm).

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling