Техноген indd


Ishonchlilik nazariyasi tо‘g‘risida asosiy tushunchalar


Download 1.67 Mb.
bet20/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Ishonchlilik nazariyasi tо‘g‘risida asosiy tushunchalar




Transport vositalarining ishonchliligi. Hozirgi davrda xalq xо‘jaligida minglab har xil turdagi transport vositalari ishlab turib- di. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Ekspluatatsiya davrida texnik xizmat va ta’mirlash uchun ke- tadigan sarf-xarajatlar transport vositasining boshlang‘ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi
Texnik taraqqiyot transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqa- rish va ekspluatatsiyasi bо‘yicha ishonchlilik fani oldiga ularning og‘ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta’minlash, texnik holatini oldindan aytib berish, diagnostikalash va eng optimal (oqilona) konstruksion yechimlarni topish bо‘yicha topshiriqlarni qо‘yadi.
Ushbu ishonchlilikni о‘rganishda ehtimollik nazariyasi, fizik- kimyoviy mexanika, ishqalanish nazariyasi, yeyilish hamda mashi- nalar dinamikasi va ishonchliligi fanlaridan foydalaniladi.
Ishonchlilik texnik qurilma va tizimlar sifat kо‘rsatkichlari- ning о‘zgarish qonunlarini о‘rganadi va uning asosida eng kam sarf
-xarajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Ishonchlilik masalalarining о‘ziga xos xususiyatlari quyidagi- lardan iborat:
-Vaqt omili. Chunki transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayoni- da boshlang‘ich parametrlarning о‘zgarishi baholanadi;

    • Obyektning texnik holatini uning chiqish parametrlarini (sifat kо‘rsatkichlarini) saqlab qolish nuqtai nazaridan oldindan aytib berish (prognozlash).

Ishonchlilik muammosi prognozlash bilan bog‘liq. Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida konkret ekspluatatsiya sha- roitlari uchun ishonchlilikni baholash zarur. Ishonchlilik tо‘g‘risi- dagi fan vaqt о‘tishi bilan obyektlarning sifat kо‘rsatkichlari (aniq-
lik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) о‘zgarishining jarayonini о‘rganadi. Lekin kо‘rsatkichlarning ma’lum darajaga yetishishi masalalarini о‘rganmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini о‘rganish bilan bog‘liq (yeyil- ganlik, charchash mustahkamligi, zanglash). Bunda mustahkamlik, yeyilganlik, issiqqa chidamlilik va h.k. hisob-kitob usullari ish- lab chiqiladi hamda transport vositalarining kerakli ishonchliligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar qо‘llaniladi.
Ishonchlilikning nazariy asosi quyidagilar:

      1. Ishonchlilik nazariyasining matematik usullari;

      2. Tabiiy fanlar tadqiqotlarining natijalari (obyekt material- lari, yonilg‘i-moylash materiallarining fizik-kimyoviy yemirilishi, eskirishi va xususiyatlarining о‘zgarishi; materiallarning mexa- nik yemirilishlari; materiallarning sirt qatlamlarida rо‘y beradigan о‘zgarishlar; materiallardagi kimyoviy yemirilish jarayonlari va h.k.).

Bu (materiallar qarshiligi, fizik-kimyoviy mexanika, tribotexni- ka, metallar korroziyasi, polimerlarning eskirishi va h.k.) tadqiqot- lar natijalari ishonchlilik nuqtai nazari bо‘yicha “buzilishlar fizika- si” nomi bilan ataluvchi yо‘nalishni tashkil etadi.
Buzilishlar fizikasi transport vositasi ekspluatatsiyasida mate- rial (qism)ning dastlabki xususiyatlarini yо‘qotadigan qaytarilmas jarayonlarni о‘rganadi. Bunday tadqiqotlarning asosiy xususiyati - hodisalarning vaqt davomida kо‘rilishidir. Buzilishlar fizikasining vaqt qonunlari ishonchlilikning asosiy vazifalarini yechishda asos bо‘lib xizmat qiladi.
Transport vositasi ishchi jarayonlarini baholaydigan tenglama va bog‘lanishlar, dinamik yuklamalar, foydali ish koeffitsienti, quvvat xarakteristikalari va boshqalar transport vositasi dastlabki kо‘rsat- kichlari о‘zgarishlarini tahlil qilish va baholash uchun, ya’ni ishon- chlilikning asosiy vazifasini yechish uchun zarur.
Ishonchlilikdagi mashinalar sifat parametrlari о‘zgarishi jara- yonini ehtimollik usullari orqali о‘rganish bilan bir qatorda, eskirish va yemirilish jarayonlari qonunlari, ishlab chiqarish va ekspluatat-
siya jarayonlarini ham о‘rganadi (oxirgilari transport vositasining ish qobiliyatini belgilaydi).
Ishonchlilikning vazifasi - talab qilingan ishonchlilik kо‘rsat- kichlarini ta’minlash sharti bilan mashina (element) ning hisob- ki- tob usulini berishdir.
Hisoblarda mashina materiallari yemirilish jarayonlarining eh- timollik tabiati (xususiyati) hisobga olinishi shart. Shuninig uchun ishonchlilik va transport vositasi ish qobiliyatining pasayishini ol- dindan aytib berish masalalariga e’tibor berish kerak.



    1. Download 1.67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling