Техноген indd


Texnik tizimlarning xatoliklarini baholash


Download 1.67 Mb.
bet28/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Texnik tizimlarning xatoliklarini baholash


Xavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari:



    • xavfni baholashda hisoblash-tahlil qilish usulini qо‘llash bilan О‘zbekiston Respublikasidagi me’yoriy hujjatlariga zid bо‘lmagan, barcha rasmiy hujjatlardagi bor hisoblash usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi;

    • barcha kо‘ngilsiz hodisalar va ularning omillarining yuzaga kelish chastotasini aniqlash;

    • kо‘ngilsiz hodisalar oqibatlarini baholash;

    • xavf baholarini umumlashtirish.

Kо‘ngilsiz hodisalarning yuzaga kelish chastotasini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • texnologik tizimning avariyaga moyilligi va ishonchliligi bо‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyekti spetsifikasiga yoki faoliyat turiga taalluqli statistik ma’lumotlar;

  • «hodisalar daraxti», «buzilishlar daraxti»ni mantiqiy tahlil qi- lish usullari, inson-mashina tizimida avariyalarning yuzaga kelishi- ning imitatsiya modellari;

  • ushbu soha mutaxassislarining fikrlarini hisobga olish yо‘li bi- lan olinadigan ekspert baholari.

Oqibatlarni baholash insonlar, mulk va/yoki atrof-muhitga kо‘rsatilishi mumkin bо‘lgan ta’sirlar tahlilini о‘z ichiga oladi. Oqi- batlarni baholash uchun kо‘ngilsiz hodisalar (ishlamay qolishlar, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning buzilishi, yong‘inlar, port- lashlar, zaharli moddalar chiqindilari va h.)ning fizik ta’sirlari ba- holanishi, xavf yuzaga kelishi ehtimoli bо‘lgan obyektlar aniqlani- shi lozim. Avariyalar oqibatlarini tahlil qilishda avariya jarayonlari modellari va о‘rganilayotgan obyektlarning buzilish, shikastlanish mezonlaridan foydalanish, qо‘llanilayotgan modellarning cheklan- ganligini inobatga olish lozim. Shuningdek, imkon qadar oqibatlar kо‘lami va ularning yuzaga kelish chastotasi о‘rtasidagi bog‘liqlik- ni aniqlash lozim.
Avariyalar xavfiga berilgan umumlashtirilgan baho (yoki xavf darajasi) xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan barcha kо‘ngilsiz hodisalarning xavf kо‘rsatkichlarini hi- sobga olgan holda sanoat xavfsizligi holatini aks ettirishi va qu- yidagilarning natijalariga asoslanishi kerak:

  • barcha kо‘ngilsiz hodisalar (avariya ssenariylari)ning о‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ularning xavf kо‘rsatkichlarini integ- rallashtirish;

  • olingan natijalarning noaniqligi va aniqligini tahlil qilish;

  • foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablari va qabul qilsa bо‘ladigan xavf mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish.

Xavf baholarini umumlashtirishda, imkon qadar, olingan natijalarning noaniqligi va aniqligi tahlil qilinishi lozim. Xavf- ni baholash bilan bog‘liq kо‘plab noaniqliklar mavjud. Odatda, uskunalarning ishonchliligi va insonlarning xatolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning tо‘liq bо‘lmasligi, qabul qilinayotgan farazlar va foydalanilayotgan avariyaviy jarayon modellariga yо‘l qо‘yish no- aniqliklarning asosiy manbalari hisoblanadi. Xavfni baholash nati- jalarini tо‘g‘ri talqin qilish uchun noaniqliklarning xususiyatini va ularning sabablarini tо‘g‘ri tushunish lozim. Noaniqliklarning man- balari identifikatsiyalanishi (masalan, «inson omili»), baholanishi va natijalarda kо‘rsatilishi lozim.

    1. Download 1.67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling