Техноген indd


Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar


Download 1.67 Mb.
bet29/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar


ishlab chiqish

Xavfni kamaytirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tah- lilining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Tavsiyalarda xavfni ba- holash natijalari bо‘yicha asoslangan xavfni kamaytirish choralari kо‘rsatiladi.


Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlar texnik va (yoki) tash- kiliy xususiyatga ega bо‘lishi mumkin. Chora-tadbir turini tanlashda xavfga ta’sir kо‘rsatish choralarining amaliyligi va ishonchliligiga berilgan umumiy baho, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar kо‘lami hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi.
Tashkiliy choralar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydala- nish bosqichida xavfni kamaytirish bо‘yicha yirik texnik choralar qabul qilishda cheklagan imkoniyatlarning о‘rnini bosishi mumkin. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, resurslarning cheklanishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, bi- rinchi navbatda, sodda va eng kam sarf-xarajat talab etiladigan tav- siyalar, shuningdek, istiqboldagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi
nazarda tutilishi lozim.
Kо‘p hollarda xavfsizlikni ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar, odatda, avariyalarning oldini olish chora-tadbirlari hisoblanadi. Tatbiq etish rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tad- birlarini tanlashda quyidagilar ustuvorlikka ega:

  1. Avariya vaziyatlarining yuzaga kelish ehtimolini kamaytirish- ga doir chora-tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi:

  • noxush hodisalarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar;

  • noxush hodisalarning avariya vaziyatini yuzaga keltirish ehti- molini kamaytirishga doir chora-tadbirlar.

  1. Avariya oqibatlarini yumshatishga doir chora-tadbirlar. Ular, о‘z navbatida, quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni о‘z ichiga oladi:

  • xavfli obyektni loyihalashda kо‘zda tutiladigan chora-tadbirlar (masalan, tutib turuvchi konstruksiyalarni, qulf armaturani tanlash);

  • avariyadan himoyalash va nazorat tizimlariga taalluqli cho- ra-tadbirlar (masalan, gaz analizatorlaridan foydalanish);

  • foydalanuvchi tashkilotning avariya oqibatlarini lokallashtirish va bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar.

Xavfni kamaytirish bо‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar- ni asoslash va ularning samaradorligini baholash zarur bо‘lganda ularni optimallashtirishning ikkita muqobil maqsadi kо‘zda tutilishi tavsiya etiladi:

  1. berilgan vositalar yordamida xavfli ishlab chiqarish obyek- tidan foydalanish xavfining maksimal kamayishini ta’minlash;

  2. minimal sarf-xarajatlar bilan xavfni qabul qilsa bо‘ladigan darajagacha kamaytirishni ta’minlash.

Ajratilgan vositalar yoki resurslarning cheklanganligi sharoitida xavfni kamaytirish bо‘yicha chora-tadbirlarning bajarishdagi ustu- vorligini aniqlash uchun quyidagilar bajarilishi lozim:

  • belgilangan moliyalashtirish hajmlari doirasida amalga oshiri- lishi mumkin bо‘lgan chora-tadbirlar majmuini aniqlash;

  • bu chora-tadbirlarni «samaradorlik-xarajatlar» kо‘rsatkichi bо‘yicha ajratish;

    • taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning sama- radorligini baholash.




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling