Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet51/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Gazlarni gazgolderlarda saqlash. Gazgolderlar joylashgan maydonda havodan og‘ir gaz to‘planadigan notekisliklar va havo yaxshi o‘tmaydigan joylari bo‘lmasligi lozim.
Gazgolderning barcha qismlarining (korpus, qalpoq, tamba va h.k) zichligini kuzatib turish lozim. Qalpoq yoki uning alohida bo‘linmalarining mexanik shikastlanish va qiyshayishiga yo‘l qo‘y- maslik, yo‘naltiruvchi roliklari doimiy moylab turilishini kuzatish zarur.
Gazgolder va bir guruh gazgolderning boshqaruvchi va saqlov- chi yopib-ochadigan moslamasi holatini doimiy nazoratga olish.
Yilning sovuq vaqtida binodan tashqarida joylashgan gazgolder- larning gidravlik tambasi va havzasi osti doim isitilishini kuzatish lozim. Tambani, shuningdek, gazgolder korpusini uning tekshirili- shida qizdirish uchun faqat suv bug‘ini qo‘llash lozim.
Gazgolderlarda suvning muzlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Gazgol- derning soz ishlashini ko‘rsatuvchi signalizatsiya qurilmasi (qalpoq-
ning qiyshayishi, gazning minimal miqdori, vakuumning yo‘qligi va boshqalar haqida signal berish) hamda gazni gazgolderga uning oxi- rigacha to‘ldirilganidan so‘ng gaz uzatishni to‘xtatuvchi va qalpog‘i oxirgi pastki holatigacha pasayganida gaz sarfini to‘xtatuvchi avto- matlashtirilgan qurilmasi ostidan doimiy nazorat o‘rnatilishi lozim. Qalpoqning gidravlik tambasidagi va havzada suv miqdorining bel- gilangan me’yordan pasayishiga yo‘l qo‘ymasdan kuzatish lozim. Suv yutilish liniyasi ishining sozligini tekshirish.
Gazgolderdan gazning sirqib chiqishi holatida, darhol sababi- ni aniqlab, uni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozim. Agarda gaz sirqib chiqishini tezda bartaraf etishining iloji bo‘lmasa, uning gaz- golderga uzatilishini to‘xtatish, qolganini boshqa sig‘imga o‘tka- zish, gaz sirqib chiqish oqibatlarini bartaraf etish lozim.
Gazgolder yoki gaz quvurining ichki devorchalarida sulfidli qat- lamlar (temir sulfidi) mavjud bo‘lsa, ularni tozalash vaqtida insho- otning devorchalarida temir sulfidlar o‘z-o‘zidan yonishining oldini olish uchun doimiy ravishda namlab turish lozim.
Inshootlarning devorchalaridan olingan qatlamlar temir idishga solinib, yo‘qotish uchun chiqariladi.
Yong‘in chiqqanda gazgolderga gazning yetkazilishini to‘x- tatish, (gazpuflagichlarni to‘xtatish, shiberlarni yopish, gidravlik tambalarga suv quyish va h.k), yong‘in o‘chirish xizmatini chaqi- rish, gazgolderning devorchalarini hamda tuzilmalarni tutib turuv- chi qismlari qizib ketishini jadallik bilan sovitish lozim. Zaruriyat bo‘lsa, qoldiq gazni ketkizib, gazgolderga inert gazini yuborish, shuningdek, avariyaning xususiyatidan kelib chiqib, boshqa kerakli choralarni ko‘rish lozim.
Gazgolder parki va alohida turgan gazgolder belgilangan qoida- larga muvofiq birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minla- nishi lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) asosiy omborxo- nalari, loyihaga muvofiq, aholi yashash joylaridan tashqarida sha- molga teskari tomonda joylashishi lozim.
Ushbu omborxonalarning kirish joylarida ogohlantiruvchi yo- zuvlar bo‘lishi shart.
Omborxonalar uchun KTZM saqlash va tarqatish tartibi hamda yong‘in chiqqan holatlardagi harakatlar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Yo‘riqnoma yong‘in xavfsizligi xiz- mati bilan kelishilgan holda bo‘lishi lozim.
Bazaviy omborlarda KTZMlarni saqlashni bir-biridan yong‘in- ga qarshi uzilishlar masofasida joylashgan va o‘z navbatida, bir-bi- ridan to‘liq ajratilgan seksiya yoki bo‘lmalarga bo‘lingan bir nechta binolarda alohida – alohida qilib joylashtirish zarur. Har bir bo‘lma yelvizakli shamollatishga ega bo‘lishi lozim.
Bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishuvchi KTZMlarni (sianli bi- rikmalar va kislotalar, sianli birikmalar va xlorpikrin va b.) bitta xonada saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatilgan KTZMlarni bit- ta omborxonaning butunlay bir-biridan ajratilgan, binoning qara- ma-qarshi tomonidan mustaqil kirish yo‘liga ega bo‘lgan bo‘lmala- rida (seksiyalarida) saqlashga ruxsat etiladi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling