Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik. Sanoat obyektlarini xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflash
Tayanch so‘z va iboralar: Yong‘in xavfi, modda va materiallarning agregat holati, alangalanish, konsentratsion chegaralar, yonmaydigan moddalar, qiyin yonuvchan moddalar, yonuvchan moddalar, yengil alan- galanuvchi suyuqliklar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar, gaz ballo- ni, gazgolder, rezervuar.
Nazorat savollari Moddalarning yong‘in xavfi qanday baholanadi? Yong‘in xavfi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich sifatida qanday omillar hisobga olinadi? Yong‘in xavfi bo‘yicha modda va materiallar qanday turlarga bo‘li- nadi? Yonmaydigan moddalar deb qanday moddalarga aytiladi? Qiyin yonuvchan moddalar deb qanday moddalarga aytiladi? Yonuvchan moddalar deb qanday moddalarga aytiladi? Moddalarning yonish va portlash xavflilik xususiyatlari ko‘rsatki- chlarini sanab bering? Yengil alangalanuvchi suyuqliklarga qanday suyuqliklar kiradi? Alangalanish harorati deb nimaga aytiladi? Chaqnash harorati deb nimaga aytiladi? Neft va neft mahsulotlari omborini loyihalashda qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talabalari qaysi me’yoriy hujjatda keltirilgan? Kimyoviy moddalar omboriga nisbatan qanday talablar qo‘yiladi? Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Gaz ballonlarini saqlashda va ishlatishda yong‘in xavfsizligi talab- lari nimalardan iborat? Gazlarni gazgolderlarda saqlashda yong‘in xavfsizligi talablari ni- malardan iborat? VIII BOB. XAVFLARNI TAHLIL QILISHDA SANOAT XAVFSIZLIGINING HUQUQIY JIHATLARISanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik. Sanoat obyektlarini xavflilik darajasiga ko‘ra tasniflash Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlari- ni, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini va aholini sano- at xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsiz- ligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu Qonunning 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xavfli moddalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqo- ri normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadi- gan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyek- tidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tash- kilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shu- ningdek, avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgаn choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyek- tini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihoz- lash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydala- nuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq fa- oliyatga litsenziya olish uchun murojaaт qilingan, sanoat xavfsizli- gi deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o‘zgargan yoki sanoat xavfsizli- gi talablari o‘zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot- ning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Va- zirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat or- ganlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling