Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet61/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Rektifikatsiya uskunalarining sxemasi
Davriy rejimda ishlovchi rektifikatsiya uskunalari kichik ishlab chiqarish obyektlarida (masalan, vino punktlarida) qo‘llaniladi.
Haydash kubiga 1 yuklangan dastlabki aralashma apparat ichi- ga o‘rnatilgan zmeevik vositasida, suv bug‘i yordamida, qaynash
haroratigacha qizdiriladi. Qaynash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘lar rektifikatsiya kolonnasi 2 tubidagi oxirgi tarelkaning pastki qismi- ga o‘tadi. Bug‘ kolonna bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi. Deflegmatorda 3 kon- densatlangan distillyatning bir qismi (flegma) kolonnaga qaytarila- di. Flegma kolonnaning eng yuqorisida joylashgan birinchi tarelka- ga beriladi va u kelgusida tarelkadan tarelkaga quyilib, quyi tomon harakatlanadi. Bu paytda suyuqlik fazasi o‘z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi.
Bug‘ va suyuqlik fazalarining ko‘p marotabalik kontakti natija- sida bug‘ fazasi yuqoriga ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan kom- ponent bilan to‘yinib boradi, pastga tomon harakat qilayotgan su- yuqlik tarkibida esa qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
Kolonnaning yuqori qismidan yengil uchuvchan komponentga boy bug‘lar diflegmatorga o‘tadi va u yerda to‘la yoki qisman kon- densatsiyaga uchraydi.
Kondensatsiyalanish jarayonida hosil bo‘lgan suyuqlik ajratgich 4 yordamida ikki qismga, distillyat va flegmaga ajratiladi.
Kolonnaning yuqori qismida ko‘tarilayotgan bug‘ning tarkibi yengil uchuvchan komponent bilan boyib boradi, natijada tarkibi toza yengil uchuvchan komponentga yaqin bo‘lgan bug‘lar defleg- matorga 4 beriladi. Kolonnaning quyi qismida pastga tomon yo‘nal- gan suyuqlik tarkibidan yengil uchuvchan komponent maksimal miqdorda ajratib olinadi. Shu sababdan, kolonnaning tubidan qay- natgichga 8 o‘tayotgan suyuqlikning tarkibi asosan, qiyin uchuv- chan komponentdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, kolonnaning yuqori qismi bug‘ tarkibini boyi- tuvchi qism, kolonnaning quyi qismi esa suyuqlikdan yengil uchuv- chan komponentni maksimal darajada ajratuvchi qism deb ataladi.
Kolonna tubiga yoki undan tashqariga o‘rnatilgan qaynatkichda 8 hosil bo‘layotgan binar aralashma bug‘lari oqimi kolonna bo‘y- lab pastdan yuqoriga harakat qiladi. Suyuqlik esa kolonna tepasidan quyi tomonga harakat qiladi.
Kolonnadan chiqayotgan bug‘lar sovuq suv bilan sovitiluvchi deflegmatorda 4 to‘la yoki qisman kondensatsiyalanadi. Hosil bo‘l- gan suyuqlik ajratgichda 5 ikki qismga ajraladi. Birinchi qism (fleg- ma) kolonnaning uzluksiz rejimda ishlovchi rektifikatsiya uskuna- sining prinsipial sxemasi:

      1. dastlabki aralashma, kub qoldig‘i va rektifikat uchun sig‘imli idishlar;

      2. birlamchi aralashmani qizdiruvchi apparat; 3-rektifikatsiya kolonnasi;

  1. deflegmator;

  2. flegma ajratkich;

  3. rektifikat va kub qoldig‘ini sovutish apparatlari; 7-nasoslar;

8-qaynatkich.
Rektifikatsiya kolonnalari, konstruktiv tuzilishiga ko‘ra, asosan, pog‘ona kontaktli (tarelkali) va uzluksiz kontaktli (plyonkali va na- sadkali) kolonnalar guruhiga ajratiladi.
Ishchi qismlarining (tarelka va nasadkalarning) tuzilishiga ko‘ra, rektifikatsiya kolonnalari absorbsiya qurilmalariga o‘xshab ketadi.
Rektifikatsiya kolonnalarini hisoblash uslublari ham turdosh tipdagi absorbsiya qurilmalarini hisoblash uslublaridan deyarli farq qilmaydi.
Rektifikatsiya kolonnasini hisoblash paytida dastlab uning yuqo- ri va quyi kolonnalari alohida hisoblanadi, so‘ngra uning umumiy ishchi balandligi aniqlanadi. Rektifikatsiya kolonnalari, absorber- lardan farqli ravishda, qo‘shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, so- vitgich) bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, atrof-muhitga tarqaladigan issiqlikning yo‘qolishini kamaytirish uchun rektifikat- sion kolonnalar issiqlikni himoyalovchi material qatlami bilan qop- lanadi.
Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan rektifikatsiya kolonnalari asosan, qalpoqchali tipda ishlangan kontakt tarelkalari bilan ta’min- lanadi.
Tarelkalar oralig‘idagi masofa hisoblanadi. Odatda, bu qiymat, dastlabki aralashmaning xossalariga ko‘ra, 200; 300; 400; 500 va 600 mm bo‘lishi mumkin.
Rektifiksiya uskunalari ishining samaradorligi ko‘p jihatdan jarayonni optimal gidrodinamik rejimlarda olib borish va energiya (issiqlik energiyasi) resurslarini tejashga bog‘liq bo‘ladi.
Energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagi ishlarni bajarish tavsiya etiladi:

  • apparatlarni issiqlikni himoya qiluvchi material qatlami bilan qoplash;

  • jarayonni optimal flegma soni bilan olib borish;

  • ikkilamchi issiqlik oqimlaridan samarali foydalanish (masalan, dastlabki aralashmani qaynash haroratiga yaqin bo‘lgan haroratlar- gacha qizdirish uchun);

  • mumkin bo‘lgan sharoitlarda qurilma kubidagi suyuqlikni bug‘latish uchun yuqori haroratli suv bug‘ini ochiq usulda berish;

  • issiqlik nasosini qo‘llash;

  • ayrim sharoitlarda, masalan, azeotrop aralashmalarni rektifi- katsiyalash paytida, ko‘p bosqichli (kolonnali) uskunalardan foy- dalanish.

Rektifikatsiya uskunalari o‘lchov-nazorat asboblari va boshqa- ruv sistemalari bilan ta’minlanadi. Bu esa uskunada kechayotgan jarayonlarni avtomatik tarzda boshqarish imkonini beradi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling