Техноген indd
Sorbsiya jarayonlarining texnik tizimlari ishonchliligi
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absorbsiya jarayonini olib borish usullari
- Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalar- da tasvirlash
Sorbsiya jarayonlarining texnik tizimlari ishonchliligiGaz yoki bug‘larning, gaz yoki bug‘li aralashmalardagi kompo- nentlarning suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug‘ absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa absor- bent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo‘lib, gaz yoki bug‘ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi. Absorbtiv va absorbentlarning o‘zaro ta’siriga qarab, absorbsi- ya jarayoni ikkiga bo‘linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikmada yangi modda hosil bo‘lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyi- ladi, ya’ni kimyoviy absorbsiya. Ma’lumki, fizik absorbsiya ko‘рincha qaytar jarayon bo‘lgani sababli, suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo‘ladi. Bun- day jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish yutilgan gazni sof hol- da ajratib olish va absorbentni ko‘p marta qayta ishlatish imkoni- ni beradi. Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi. Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murak- kab emas. Shuning uchun kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda boshqa sanoatlarda absorberlar ko‘p ishlatiladi. Absorbsiya jarayonini olib borish usullari Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tash- kil etishda quyidagi prinsiрial chizmalar qo‘llaniladi: parallel yo‘nalishli; qarama-qarshi yo‘nalishli; bir pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali; ko‘p pog‘onali, qisman resirkulyatsiyali. 5- rasm. Absorbsiya chizmalari va jarayonni y-x koordinatalar- da tasvirlash: a – parallel; b – qarama-qarshi; d – absorbent resirkulyatsiyasi bilan; e – absobtiv resirkulyatsiyasi bilan. 5- a rasmda parallel yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan. Bunda gaz oqimi va absorbent parallel (bir xil) yo‘nalishda harakatlanadi. Ab- sorberga kirishda absorbtiv konsentratsiyasi katta bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi past bo‘lgan suyuq faza bilan to‘qna- shuvda bo‘lsa, qurilmadan chiqishda esa absorbtiv konsentratsiyasi kichik bo‘lgan gaz faza, absorbtiv konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. 5- b rasmda qarama-qarshi yo‘nalishli chizma ko‘rsatilgan. Ushbu chizmali absorberlarning bir uchida absorbtiv konsent- ratsiyasi yuqori gaz va suyuqlik to‘qnashuvda bo‘lsa, ikkinchi uchi- da esa konsentratsiyalari past fazalar o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Qarama-qarshi yo‘nalishli chizmalarda parallel yo‘nalishliligi- ga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo‘ladi. Lekin jarayonning o‘rtacha harakatga keltiruvchi kuchi pa- rallel yo‘nalishliligiga nisbatan kam bo‘lgani uchun qarama-qarshi yo‘nalishli absorberning gabarit o‘lchamlari katta bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling