Техноген indd
Simob bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralari
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oson alangalanuvchi yoki yonuvchi suyukliklar bilan ish- lash.
Simob bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralari. Laboratori- yada metall holidagi simob va uning tuzlari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Simob bug‘i zaharli bo‘lib, undan nafas olinsa, odamning nerv sistemasi zaharlanadi, agarda simob bug‘i organizmga tushsa, jigar va buyrakda simob to‘planib qolib, bu organlarni zaharlaydi. Simobni polga hech ham to‘kib yubormaslik kerak. Pol tirqishidan, stollar tagida simob bug‘lanib havoni ifloslantiradi. Imkoni boricha simobning ochiq yuza qismini kamaytirish lozim, chunki qancha yuzasi qisqarsa, shunchalik simobning bug‘lanishi kamayadi. Si- mob kavsharlangan shisha ampulalarda saqlanadi. Simob bilan ish olib boriladigan xona va stollarni yaxshisi, linoleum bilan qoplash kerak. To‘kilgan simobni to‘plash juda qiyin.
Simobni to‘plash uchun quyidagi pipetkalar taklif etiladi. a) pipetkaga grusha (rezina qopcha) yoki suv nasosi ulanib si- mob tomchilari yig‘iladi: Simobdan zaharlanishning oldini olish vositalaridan biri uni iloji boricha kam ishlatish ekanligini unutmas- lik kerak. Simobning o‘rniga Vud qotishmasi yoki silikon moyini ishlatish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, simob ishlatiladigan tajribalar- da simobli idish patnisda turishi kerak. Simobni ochiq idishga solib, faqat mo‘rili shkafda qizdirish mumkin. Mabodo to‘kilgan simobni mexanik vositalar bilan to‘liq to‘plab bo‘lmasa, zararlangan joyning yuzasi 5% li mono yoki dixloramin eritmasi bilan yuviladi. Shuning- dek, simob bilan zararlangan joy xlorid kislota bilan ho‘llanadi: 1% li kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish yoki shu joyga yod bilan to‘yintirilgan aktivlangan ko‘mir sepish tavsiya etiladi. Oson alangalanuvchi yoki yonuvchi suyukliklar bilan ish- lash. Oson o‘t oluvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan ishlashda qu- yidagi ehtiyot choralariga rioya qilish kerak: Xonada yong‘inga qarshi vositalar, ya’ni o‘t o‘chirgich, che- lak, qumli yashiklar yoki qoplar, odeyal yoki namat bo‘lishi kerak. O‘t o‘chirish shlangi qayerda ekanini va xona ichida bo‘lsa, undan qanday foydalanishni bilish lozim. Yonuvchi va ayniqsa, oson o‘t oluvchi suyuqliklar (karbon (IV)-sulfid, efir, benzol, benzin, ligroin va shu kabilar) bilan ish olib borishda ehtiyot choralariga qattiq rioya qilish kerak: Stol ustida ko‘p miqdorda yonilg‘i moddalarni (bir litrdan or- tiq) saqlamang. To‘kmang; v) Olov yaqiniga qo‘ymang; g) Ozroq kerak bo‘lsa, faqat olovdan uzoqroq joyda quyib oling; d) Ko‘p miqdorda quyib olinadigan bo‘lsa, xonadagi yonib tur- gan barcha issiqlik va elektr asboblarni o‘chirib qo‘ying; ye) Rakovinaga tashlamang; j) Ochiq olovda yoki idishlardagi suyuqlikni og‘zi yopiladigan idishga quyib, teskari sovitgich o‘rnitiladigan suv hammomida isi- ting. Oson o‘t olib ketadigan suyuqlikning anchaginasi tasodifan to‘kilib ketsa, ishga quyidagicha kirishish zarur; Xonada yonib turgan hamma gorelkalarni, elektr isitkichlarni darhol o‘chiring; Eshikni bekitib, deraza yoki fortochkalarni ochib yuboring; v) To‘kilgan suyuqlikni sochiqqa yoki lattaga shimdirib olib, uni kengroq idishga siqing va chiqqan suyuqlikni sklyankaga quyib, og‘zini probka bilan berkiting; g) To‘kilgan suyuqlik hidi xonadan batamom chiqib ketganidan keyingina deraza va fortochkalarni berkiting. Kolba sinib ketsa yoki boshqa sababga ko‘ra yonuvchi suyuq- lik o‘t olib ketsa, sarosimaga tushmay ohistalik bilan: Gorelkani o‘chiring; Ichida o‘t oladigan modda bor idishlarni chetroqqa olib qo‘ying; v) Alanga ustiga sochiq yopib berkiting; g) O‘chmasa, qum seping; d) O‘chmasa, o‘t o‘chirgichdan foydalaning; ye) O‘chmasa, o‘t o‘chiruvchilarni chaqiring; Spirt va suvda eriydigan yonuvchi suyuqliklarga suv sepib o‘chi- rish mumkin emas. Agar biror odamning ko‘ylagi yonib ketsa: Chopmang; Alangani o‘chirish uchun ko‘ylagi yonayotgan odamni na- mat, odyal, palto va shu kabilar bilan o‘rang. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling