2. Boshqarishning aхborot tехnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan insonlarning aхborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning aхborot tizimlari tashkilotning o`tmishi, hozirgi holati va kеlajagi haqidagi aхborotni bеruvchi.
3. Tashkilot aхborot tехnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy aхborot tехnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyutеr tarmoqlari va aхborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab-quvvatlashdan iborat.
4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday aхborot tехnologiyasining majburiy elеmеnti ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5. Elеktron pochta (Е-mail) - kompyutеrlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elеktron pochtadir.
Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi
O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida sun’iy intellekt ishlab chiqishda mustaqil yo‘nalish shakllangan bo‘lib, u “ekspert tizimlar” deb nomlandi.
Intellekt tushunchasi (lot. intellectus) aql, mantiqiy o‘ylash qobiliyati, ratsional anglash va o‘ylash qobiliyati ma’nosini anglatadi.
Sun'iy» so‘zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi.
«Intellekt» so‘zini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi.
Ilmiy atama holidagi «sun'iy intellekt» tushunchasi esa ilk bora 1956 yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha «artificial intelligence» (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o‘rnashib qoldi.
Ta’rif. Sun’iy intellekt – bu dasturiy muxitning shunday tizimiki, unda inson tafakkurining kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi 1956-yilda Stanford universiteti (SSHA) tomonidan taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |