Intellekt – bu maqsadga erishishda zarur bo’ladigan faktlar va metodlar to’plamidan iborat. Maqsadga erishish – bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo’llashdan iborat.
Sun’iy intelekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko’rib chiqishimiz mumkin:
XX asrning 70 yillari masalalarni yechish metodlarini izlash va ularni universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi.
XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy metodlarini izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo’llash usullarini qidirish bilan xarakterlanadi.
XX asrning 90 yillari bir qancha fan sohalari bo’yicha maxsus dasturlarni yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo’llanishi bilan xarakterlanadi.
Ta’rif. Ma’lum fan sohasidagi sun’iy intelekt tizimi ekspert deb ataladi.
Ekspert tizim (ET) – bu aniq fan sohasidagi mutaxassislarning bilimlari to’plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsultatsiya uchun empirik tajribasini tirajlashtirvchi (nusxasi yozish) murakkab dasturlar kompleksi.
Bilimlar injeneri – bu sun’iy intelekt tizimini ishlab chiqishdagi ko’nikmaga ega va ekspert tizimni qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so’raydi va bilimlar injeneri dagi bilimlarni tashkillashtiradi.
Instrumental muxitni loyixalashga ekspert tizim dasturlash tili va qo’llab quvvatlovchi muxit (u orqali foydalanuvchi ekspert tizim bilan o’zaro ta’sirlashadi) dan iborat.
Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog’langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (ob’ektlar) majmuasi tushuniladi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari (AT) ma‘lum kritеriyalarga ko‘ra bir nеchta turlarga ajratiladi (1-rasm). Avtomatlashtirish ko‘ra axborot tizimlari qo‘lda bajariladigan avtomatlashtirilgan va avtomat tizimlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |