Tехnologiya bu sun`iy ob`yеktlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Aхborot tехnologiyasi


Download 0.77 Mb.
bet11/28
Sana19.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1621952
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
TAQDIMOT QO\'LLANMA

Immitatsion modellashtirish - bu sun`iy eksperiment bo`lib, u real qurilma ustida tabiiy sinov o`tkazish o`rniga matematik modellar ustida tajriba o`tkazishdir.
Deskriptiv modellar (ularni ko`pincha boshqarishsiz modellar deyishadi) haqiqiy mavjud jarayon, ob`ektlarni ularga aralashmasdan tasvirlash uchun ishlab chiqiladi.
Optimal modellar ijtimoiy-huquqiy, iqtisodiy va boshqa tizimlar boshqaruvini takomillashtirishning amaliy masalalarni echishga mo`ljallangan.
Oddiy modellar kundalik hayotdagi (kun tartibi, poezdlarning harakatlanish jadvali, oshxonadagi menyu va h.k.) bilimlarni olish va uzatish uchun xizmat qiladi. Badiiy modellar san`at asarlarini aks ettiradi.
Ob`ekt xossalari haqida axborotlar olish maqsadida modellarni yaratish va o`rganish jarayoni modellashtirish deyiladi.
Komp`yuterli modellashtirish murakkab tizimlarni o`rganishning samarali usullaridan biridir. Ko`pincha komp`yuter modellari oddiy va tadqiqotga qulay hamda ular, real eksperimentlar o`tkazilishi murakkab bo`lganda yoki oldindan aytib bo`lmaydigan natijalar beradigan hollarda, hisoblash tajribalarini o`tkazish imkonini beradi.
Komp`yuterli modellashtirish (matematik modellash va hisoblash tajribasi) hodisaning aniq tabiatidan mavhumlashtirishni, avval sifat so`ngra miqdorli modelni qurishni talab qiladi. Undan keyin komp`yuterda qator hisoblash tajribalarini o`tkaziladi, natijalar talqin qilinadi, o`rganilayotgan ob`ektning xulqi bilan modellashtirish natijalarini taqqoslanadi, modelga navbatdagi aniqliklar kiritiladi va h.k.
Komp`yuterli modellashtirishning asosiy bosqichlariga:

  • masalaning qo`yilishi, modellashtirish ob`ektini aniqlash;

  • kontseptual modelni ishlab chiqish, tizimning asosiy tashkil etuvchilarini va ular orasidagi elementar o`zaro ta`sirlarni aniqlash;

  • formallashtirish, ya`ni matematik modelga o`tish; algoritmni yaratish va dasturni yozish;


  • Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling