Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot


Download 232.68 Kb.
bet2/6
Sana07.04.2023
Hajmi232.68 Kb.
#1339054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-MAVZU

3. Tekislikning xususiy xolatlari.


Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklaridan birortasiga parallel yoki perpendikulyar holda joylashgan bo’lsa, u holda u xususiy vaziyatda berilgan tekislik deb ataladi.


Proyeksiyalar tekisliklardan bittasiga parallel bo’lgan tekisliklar
1. Gorizontal tekislik. Gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel tekislik uning nomi bilan gorizontal tekislik deb ataladi. 3.8-shakl (a,b) larda gorizontal tekislik N ning yaqqol tasviri va epyuri ko’rsatilgan. Gorizontal tekislikning H va V tekisliklar sistemasida faqat bitta frontal izi NV bo’lib, u XX o’qiga parallel bo’ladi. Unda yotgan har qanday shaklning frontal proyeksiyasi tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi, chunki tekislik V ga perpendikulyardir, gorizontal proyeksiyasi esa o’ziga teng bo’lib proyeksiyalanadi. 3.8-shaklda A nuqtaning proyeksiyalari ko’rsatilgan.

a) 3.8-shakl b)

2. Frontal tekislik. Frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel tekislik uning nomi bilan frontal tekislik deb ataladi (3.9-shakl, a,b). Frontal tekislik T ning gorizontal izi TH bo’lib, u



a) 3.9-shakl b)

XX o’qiga parallel joylashadi. Frontal tekislikda yotgan har qanday tekis shaklning gorizontal proyeksiyasi uning gorizontal izi bilan ustma-ust tushadi, frontal nroyeksiyasi esa o’ziga teng bo’lib proyeksiyalanadi.


3. Profil tekislik. Profil proyeksiyalar tekisligi W ga parallel tekislik profil tekislik deyiladi
(3.10-shakl). Profil tekislikning gorizontal va frontal izlari ustma-ust tushib, XX o’qiga perpendikulyar joylashadi, undagi har qanday tekis shaklning frontal va gorizontal proyeksiyasi tekislik izi bilan qo’shilib qoladi, profil proyeksiyasi esa o’ziga teng bo’lib proyeksiyalanadi.



a) 3.10-shakl b)



Download 232.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling