Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot


Download 232.68 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi232.68 Kb.
#1339054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-MAVZU

5. Tekislikning maxsus chiziqlari.

Tekislik ustida ikki parametrli (2) to’g’ri chiziqlar to’plami mavjud bo’lib, bu to’g’ri chiziqlarning shunday holatda joylashganlari borki, ular yordamisiz metrik va pozitsion masalalarni yechib bo’lmaydi. Bu to’g’ri chiziqlar, ya’ni ixtiyoriy tekislikka tegishli bo’lib biror proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq shu tekislikning maxsus chizig’i deyiladi.


1. Tekislikning gorizontal chiziqlari. Tekislikka tegishli bo’lib, gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq, tekislikning gorizontal chizig’i, yoki qisqacha gorizontali deyiladi.
3.17-shakl, a),b) larda umumiy vaziyatdagi P(PH,PV) tekislikning gorizontali h(h1,h2) ko’rsatilgan. Tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi hamma vaqt XX o’qiga parallel (h2XX), uning gorizontal h1 proyeksiyasi esa tekislikning gorizontal izi PH ga (h1PH) parallel bo’ladi. Chunki, agar tekislik ustidagi ixtiyoriy, masalan 3.17-shakl a) da 1 nuqtadan gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga parallel qilib N tekislik o’tkazsak, uning frontal izi XX o’qiga parallel bo’ladi. Bu tekislikda yotuvchi har qanday shaklning frontal proyeksiyasi NV iz bilan qo’shilib qoladi, ya’ni h2NV. O’zaro parallel H va N tekisliklarni uchinchi P tekislik kesgani uchun ularning o’zaro kesishish chiziqlari PV va h lar ham parallel bo’ladi. Bundan h1PH ekanligi kelib chiqadi (3.17-shakl, b).
Demak, tekislik ustida bir parametrli (1) gorizontallar to’plami mavjuddir. 3.17-shakl, v) da umumiy vaziyatdagi ABC(A1B1C1;A2B2C2) uchburchak tekisligining gorizontalini o’tkazish keltirilgan. Bunda uchburchakning ixtiyoriy uchi, masalan A(A1;A2) ning frontal proyeksiyasi A2 dan XX o’qiga parallel, ya’ni gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib, CB tomonning frontal proyeksiyasi B2C2 da 12 nuqta aniqlanadi va bog’lovchi chiziq orqali 1 nuqtaning gorizontal proyeksiyasi 11 aniqlanib, A1 bilan tutashtiriladi. Natijada A1(A111;A212) tekislikning gorizontaliga ega bo’lamiz.

a) b) v)
3.17-shakl
2. Tekislikning frontal chiziqlari. Tekislikka tegishli bo’lib, frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq tekislikning frontal chizig’i yoki qisqachi frontali deyiladi.
3.18-shakl, a), b) da umumiy vaziyatdagi P(PH;PV) tekislikning frontali f(f1;f2) ko’rsatilgan. Tekislik frontalining gorizontal f1 proyeksiyasi doimo XX o’qiga parallel (f1XX) bo’lib, uning frontal proyeksiyasi f2 esa, tekislikning frontal PV iziga parallel bo’ladi. 3.18-shakl, v) da umumiy vaziyatdagi ABC(A1B1C1;A2B2C2) uchburchak tekisligining frontalini o’tkazish ko’rsatilgan. Demak, tekislik ustida bir parametrli (1) frontallar to’plami mavjud bo’ladi.
a) b) v)
3.18-shakl

3. Tekislikning profil chiziqlari. Tekislikka tegishli bo’lib, profil proyeksiyalar tekisligi W ga parallel bo’lgan to’g’ri chiziq, tekislikning profil chizig’i yoki qisqacha profili deyiladi.
3.19-shakl, a), b) da umumiy vaziyatdagi Q(QH;QV;QW) tekislikning profili p(p1;p2;p3) ko’rsatilgan. Tekislik profilining gorizontal proyeksiyasi p1 va frontal proyeksiyasi p2 bitta OX o’qiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziqda yotadi.

a) 3.19-shakl b)


Tekislik profilining profil proyeksiyasi p3 esa, tekislikning profil izi PW ga parallel bo’ladi. Tekislikda bir parametrli (1) profil chiziqlar to’plami mavjuddir.



Download 232.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling