Tekislikning berilishi reja: Tekislikning berilishi haqida umumiy ma’lumot


Proyeksiyalar tekisliklaridan bittasiga


Download 232.68 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi232.68 Kb.
#1339054
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-MAVZU

Proyeksiyalar tekisliklaridan bittasiga perpendikulyar bo’lgan tekisliklar
Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekisliklar proyeksiyalovchi tekisliklar deyiladi.
1. Gorizontal proyeksiyalovchi tekislik. Gorizontal proyeksiyalar tekisligi H ga perpendikulyar bo’lgan tekislik gorizontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. "Proyeksiyalovchi" so’zi uning H ga proyeksiyalovchi nurlarga parallelligidan kelib chiqqandir. Gorizontal proyeksiyalovchi tekislikning frontal izi XX o’qiga perpendikulyar bo’lib gorizontal izi esa ixtiyoriy vaziyatda joylashishi mumkin. Gorizontal proyeksiyalovchi tekislikda yotgan har qanday tekis shaklning gorizontal proyeksiyasi uning gorizontal izi bilan ustma-ust tushadi (3.11-shakl, a, b). Tekislikning

a) 3.11-shakl b)


gorizontal TH izining XX o’qi bilan hosil qilgan  burchagi T(TH,TV) tekislikning frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan hosil qilgan burchagining haqiqiy kattaligiga teng.
2. Frontal proyeksiyalovchi tekislik. Frontal proyeksiyalar tekisligi V ga perpendikulyar bo’lgan tekislik frontal proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Frontal proyeksiyalovchi tekislikning gorizontal NH izi XX o’qiga perpendikulyar bo’ladi (3.12-shakl, a,b). Uning frontal NV izi esa ixtiyoriy yo’nalishda bo’ladi. Tekislik frontal NV izining XX o’qi bilan hosil qilgan  burchagi N(NH, NV) tekislikning gorizontal proyeksiyalar tekisligi H bilan hosil qilgan burchagi bo’ladi. Frontal proyeksiyalovchi tekislikda yotuvchi har qanday tekis shaklning frontal proyeksiyasi tekislikning NV izi bilan ustma-ust tushadi. 3.12-shakl, a), b) da tekislikdagi D nuqtaning D2 proyeksiyasi NV ga tegishli.




  1. 3.12-shakl b)

3. Profil proyeksiyalovchi tekislik. Profil proyeksiyalar tekisligi W ga perpendikulyar bo’lgan tekislik profil proyeksiyalovchi tekislik deyiladi. Bunday tekislikning gorizontal SH va frontal SV izlari XX o’qiga parallel, SH  XX, SV  XX bo’lib, uning profil izi ixtiyoriy yo’nalishda bo’lishi mumkin (3.13-shakl, a, b). Tekislik profil SW izining OY o’qi bilan hosil qilgan  burchagi S tekislikning H tekislik bilan, SW ning OZ o’qi bilan hosil qilgan  burchagi esa, tekislikning V bilan hosil qilgan burchagiga teng. Bu tekislikda yotuvchi har qanday tekis shaklning profil proyeksiyasi SW bilan qo’shilib qoladi. 3.13-shakl a), b) da E nuqtaning E3 proyeksiyasi SW ga tegishli.



a) 3.13-shakl b)



Download 232.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling