Tekshirdi : Xajiyeva n toshkent 2023 Mavzu: Stress va frustratsiya Reja
Download 28.98 Kb.
|
mustaqil ish Stress va frustratsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Stress va frustratsiya Reja: Stress haqida tushuncha Frustratsiya nima Xulosa
- Stress
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MUSTAQIL ISH Mavzu: Stress va frustratsiya Bajardi: To’lqinov Sardorxon Tekshirdi : Xajiyeva N Toshkent 2023 Mavzu: Stress va frustratsiya Reja: Stress haqida tushuncha Frustratsiya nima? Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida); Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli kasallik jarayonlari yuzaga keladi. Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda («foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar). Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin. Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi. Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi. SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi. Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. surunkali shopogoliklardir. Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik kabi jiddiydir. Download 28.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling