Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi: o`rinbosari: sinf


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/38
Sana24.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1653342
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
7 sinf informatika 2018 yil konspekt (2)

Internet va WWW 
Internet - dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter 
tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. 
Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON 
CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni 
uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha 
paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul 
qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga 
soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. 
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem 
deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli 
faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz 
ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. 


Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda 
zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa 
bog'lash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan 
ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar 
bilan bog'liq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida 
saqlay olishidir. 
1992-93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis 
masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb 
nomlangan. 
World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar 
Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali 
usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web 
Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi. 
Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida 
World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World 
Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan 
iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun 
foydalanuvchilar e'tibonni juda tez qozondi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling