Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi: o`rinbosari: sinf


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/38
Sana24.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1653342
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
7 sinf informatika 2018 yil konspekt (2)

Axborot texnologiyalari haqida 


Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, 
ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror 
vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas. 
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi 
jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik 
vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. 
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan 
tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda 
axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. 
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan 
foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. 
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga 
usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi. 
Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, 
ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, 
o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test 
o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki 
boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-
sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va 
aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan. 
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari 
aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi. 
Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye 
va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini 
to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling