Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi: o`rinbosari: sinf


Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/38
Sana24.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1653342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
7 sinf informatika 2018 yil konspekt (2)

 Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli 
jarayonlar deb ataladi. 
Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari Sizga tanish. Masalan, axborotni 
to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, 
boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida 
formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p 
foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari 
bilan tanishasiz. 
To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. 
Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, 
kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. 


Shu kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin. 
Axborotni qayta ishlash va uzatish 
Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa 
axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta 
ishlash 
axborotlarni 
ko'paytirish 
va 
ko'rinishlarini 
o'zgartirish uchun zarurdir. 
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va 
energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, 
saqlash, bir ko'rinishdan boshqa, kerakli ko'rinishga 
o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin. 
 
 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 
1. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin? 
2. Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring. 
3. Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring. 
4. Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring. 
5. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring. 
6. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring. 
7. O'quvchilar eng ko'p axborot oladigan axborot tashuvchi vositalarga misol keltiring. 
8. Inson uchun axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar 
keltiring. 
9. Texnikada axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling