Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf informatika 2018 yil konspekt
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o'rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni 28 =256 ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi. KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin: 01001011 01001001 01010100 01001111 01000010
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi. ASCII kodlash jadvali
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. Savollar: Ikkilikda kodlash nima uchun kerak? Sakkiz bit orqali qancha belgi va harfni kodlash mumkin? ASCII jadvali haqida gapirib bering. Grafik axborotlarni kodlash mumkinmi? Ikki, uch va to'rt bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin va bu qanday amalga oshiriladi? Tovushni kodlash mumkinmi? Mumkin bo'lsa, tovushni qanday qilib raqamlarga o'tkazish mumkin? V. Uyga vazifa "Kelajak yoshlar qo'lida" iborasida necha bayt axborot borligini hisoblang va uni axborotning boshqa o'lchov birliklarida ifodalang. (23 bayt=23*8=184 bit) Agar axborot 14 Mbt hajmga ega bo'lsa, u qancha bit, bayt va Kbt ekanligini hisoblang. 14 Mbt=14 336 Kbt=14 680 064 bayt.
Mavzu: Amaliy ish Darsning maqsadi Axborotni kompyuterda tasvirlash haqida o`quvchilara tushuncha berish va unda amallar bajarishni o`rgatish Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Axborotni kompyuterda tasvirlash haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash.
Nazorat ishi topshiriqlari 1. ASCII kodlash jadvali foydalanib, “MUSTAHKAM OILA YILI” jumlasini o`n oltilikda kodlang.
2. a) O`nlik sanoq sistemasidagi 5310 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 5310 = 1101012 b) Ikkilik sanoq sistemasidagi 10111012 sonini o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazing. Javob: 10111012 = 9310 3. Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring: a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458 b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112 4. Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring: a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102 5. Bir kitobda 640 ta sahifa bo`lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo`lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bilan uzatilganda necha daqiqa vaqt sarflanadi? Yechilishi: Kitobdagi axborot hajmi: 640*32*72= 1 474 560 bayt = 1440 Kbt. Sarflanadigan vaqt: 1440 kbt:24Kbt/sek=60 sek=1daqiqa
Takrorlash. Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Axborot texnologiyalari Darsning maqsadi Ahborot texnologiyalari haqida o`quvchilara tushuncha berish va unda amallar bajarishni takrorlash Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Ahborot texnologiyalari haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: Triada kodlash usulidan foydalanib, o`tkazishni bajaring: a) 1111001012 = ?8 111`100`1012 = 7458 b) 65478=?2 65478 = 110`101`100`1112 Tetrada kodlash usulidan foydalanib o`tkazishni bajaring: a) 10110110112 = ?16 10`1101`10112 = 2DB b) 1DAE16 = ?2 1DAE16 = 1`1101`1010`11102
"Texnologiya" so'zi yunoncha (grekcha) "techne" — san'at, mohirlik, hunar va "logos" — fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarni ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi. Axborot texnologiyalari haqida Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas. Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi. Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi. Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz? Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi V. Uyga vazifa: Mavzuni o`rganish. Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Axborotli olam muammalari va internet Darsning maqsadi Axborotli olam muammalari va internet haqida o`quvchilara tushuncha berish va unda amallar bajarishni takrorlash Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Axborotli olam muammalari va internet haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya 2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi 3 TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash.
Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz? Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi? III. Yangi mavzuni o`rganish: Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma'lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi. Internet tarixi O'zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqida turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq)ning tashkil etilishi bilan hal etildi. Internet "sovuq urush" mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i asos bo'lgan.
ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Awaliga bu tarmoq maxfiv hisoblanean Kevinrhalik so'ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog'iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi bo'yicha kengash" tomonidan boshqariladi. Internet va WWW Internet - dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bog'lash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Internetning kompyuterlar bilan bog'liq bo'lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o'zi haqidagi ma'lumotlarni ham o'zida saqlay olishidir. 1992-93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan. World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi. Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia - rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun foydalanuvchilar e'tibonni juda tez qozondi.
1. Internet deganda nimani tushunasiz? 2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering. 3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz? V. Uyga vazifa: Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Darsning maqsadi: Internetda ishlashni ta`minlovchi dasturlar haqida o`quvchilara tushuncha berish. Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Internetda ishlashni ta`minlovchi dasturlar haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: 1. Internet deganda nimani tushunasiz? 2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering. 3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz? III. Yangi mavzuni o`rganish. Internet - axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma'lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz. Web-brauzerlar Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint — grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta 'mintash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper. Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida braiizerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz. Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko'rish; Web-sahifani diskka yozib qo'yish (saqlash). WWWdagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish. Internet Explorer dasturi interfeysi Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi: Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida; Tez ishga tushirish panelidagi piktogrammasi yordamida. Quyidagi ketma-ketlikdagi buyraqlami bajarish orqali amalga oshiriladi: [Пуск]=>[Программы]=>[Internet Explorer] Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun [x] piktogrammasini yoki fayl menyusining [Закрыть]- ya'ni yopish buyrug'ini tanlash yoki [Alt] +[F4] tugmalarini birga bosish yetarli. Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko'rinishdagi oyna chiladi: IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qanday dasturlar bor? 2. Web-brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering. 3. Birinchi Web-brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan? 4. Nima sababdan Internet Explorer boshqa brauzerlarga nisbatan ko'proq qo'llaniladi? 5. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko'rsatib bering. V. Uyga vazifa Mashqlar 1. Chap ustundagi so'zlarni o'ng ustundagi jumlalarga moslab qo'ying.
2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi mos keladigan so'zlarni joylashtirib ko'chiring.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Internetda axborotlarni izlash Darsning maqsadi: Internetda ma`lumotlarni izlash haqida o`quvchilara tushuncha berish. Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Internetda ma`lumotlarni izlash haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: 1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qanday dasturlar bor? 2. Web-brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering. 3. Birinchi Web-brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan? 4. Nima sababdan Internet Explorer boshqa brauzerlarga nisbatan ko'proq qo'llaniladi? 5. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko'rsatib bering. III. Yangi mavzuni o`rganish. Axborot hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekan, uni Internetdan kerakli vaqtda, zarur miqdorda, qisqa vaqt ichida olib turishirniz kerak bo'ladi. Lekin, Internetdan axborotni qisqa vaqt ichida olish muammosi ham bor. Bu darsda shu muammoni hal etish usullaridan birini ko'rib chiqamiz. Qidiruv tizimlari Internet — bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Qidiruv tizimi — maxsus Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog'idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko'rib chiqamiz. Qidiruv tizimida ishlash Ramblerni ishga tushirish uchun, avval Internet Explorerni ishga tushiramiz. Brauzerning adreslar satriga Rambler qidiruv tizimining adresi - www.rambler.ru ni kiritib Enter tugmasini bosamiz. Brauzer ma'lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Web-sahifasi chiqadi: Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim.U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Agar biror maqola kerak bo'lsa, Rambler qidiruv satriga shu maqola nomi, yoki maqolada uchrashi mumkin bo'lgan so'z yoki jumla, ya'ni kalit so'z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Agar biror dasturni topish kerak bo'lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi. Masalan. WindowsXP operatsion sistemasi uchun Laserjet 1300 printerining drayveri kerak bo'lsa, qidiruv satriga "WindowsXP uchun Laserjet 1300 drayveri" (драйвер Laserjet 1300 для WindowsXP) deb yoziladi. Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog'idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi. Natijada Web-brauzer ma'lurnotlar maydoniga bir necha (o'nlab yoki yuzlab) hujjatlarnirig gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifiga ko'ra aniqlab olinadi. Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash mumkin. Buning uchun Ramblerning bo'limlar ro'yxatida kerakli bo'lim tanlanadi. Bu ish tanlangan bo'lim nomi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Shuni aytish joizki, ro'yxatda umumiy bo'lirnlar berilgan. Masalan, "Sport", "Yangiliklar", "O'yinlar", "Kinozal" va hokazo. Bo'lim tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Intemetning faqat tanlangan bo'limga tegishli hujjatlari ichidan izlahadi.
Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak? Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so'zlab bering. Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz? Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak? Axborot qidiruv tizimlarida bo'iimlardan nima uchun foydalaniladi? Agar qidiruv tizimi bir nechta hujjatni topsa, ulardan keraklisini qanday aniqlash mumkun? Axborot qidiruv tizimi yordamida O'zbekiston davlati haqida ma'lumot toping. Axborot qidimv tizimi yordamida Internetdan sportga oid yangiliklarni toping. Internetdan kompyuterlarga oid yangiliklarni toping. V. Uyga vazifa Mavzuni o`rganish Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Elektron pochta Darsning maqsadi: Elektron pochta haqida o`quvchilara tushuncha berish . Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Elektron pochta haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni. bilish kerak? Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so'zlab bering. Qanday qidiruv tizimlari adresini bilasiz? Axborot qidiruv tizimlarida qidiruv satri nima uchun kerak? Axborot qidiruv tizimlarida bo'iimlardan nima uchun foydalaniladi? III. Yangi mavzuni o`rganish. Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo'yilgan tayyor ma'lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma'lumot almashish, ya'ni "gaplashish" hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi. Pochta haqida Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo'lmaydi. Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o'z elektron cdreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: 1. Chap ustundagi so'zlarni o'ng ustundagi jumlalarga moslab qo'ying.
2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi kerakli so'zlarni joylashtirib ko`chiring.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Axborotlarni himoyalash va antivirus haqida Darsning maqsadi: Ahborotlarni himoyalash va antivirus haqida o`quvchilara tushuncha berish . Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Ahborotlarni himoyalash va antivirus haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya 2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi 3 TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash.
Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada? Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor? Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz? Outlook Express dasturining menyulari va ularning asosiy vazifalari haqida so'zlab bering. III. Yangi mavzuni o`rganish Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o'z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko'ziab axborotni "o'g'iriash", "buzish", "keraksizma'lumotgato'ldirish", axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir. Viruslar ta'siri Hozirgi kunda kompyuter tizimlariga o'z malakasini osliirish yoki shunchaki “hazillashib” buzg'unchilik qilayotgan “yosh dasturchilar” ko'proq zarar yetkazadi. Chunki, ular juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Ularning ba'zilari kimgadir zarar yetkazayotganini bilmaydi ham. Internet orqali yetkazilishi mumkin bo'lgan asosiy zararlar:
Tarmoqqa ulangan vaqtingizda kompyuteringizga ruxsatsiz “kirish” va uni sizning manfaatingizga zid tarzda masofadan boshqarish; Internetda uzatilayotgan axborotlarni yo`lda ushlab olinib, ulardan nusxa olish yoki o'zgartirish; Turli virus (kompyuter xotirasidagi ma'lumotlarni o'chirish, o'zgartirish kabi ishlarni bajaruvchi va boshqa dastur tarkibiga qo'shilib olish, "yuqish" xususiyatiga ega bo'lgan maxsus dastur) dasturlarini Web-sahifalarga “yashirib qo'yish”; Turli davlat tashkilotlari va xususiy korxonaiarga tegishli axborotlarni o'g'irlash va raqobatchi tashkilotlarga sotish yoki ma’lum miqdorda tolov talab qilish; Jamiyat mafkurasi va ma'naviyatiga zid axborotlarni Internetda e'lon qilish. Ba'zi virus dasturlarining nomidan ham bajaradigan ishini tushinib olish mumkin. Masalan, Black Hole (qora tuynuk, ya'ni ekranning chap burchagidan qora tuynuk ochadi), Black Friday (qora juma, juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), Friday 13 (o'n uchinchi juma, ya'ni 13-sana juma kunlari ishlanayotgan fayllarni o'chiradi), "sekin ta'sir qiluvchi virus" (kompyuter ishini bir necha yuz marotabalab sun'iy sekinlashtirib yuboradi) va hokazo. Viruslardan himoyalamsh Bunday xavflarning oldini olishning bir qancha chora-tadbirlari mavjud. Ularga rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasa-da, sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida ushbu chora-tadbirlarning asosiylari keltirilgan: Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish; Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish; Ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish; Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish. Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko'rish maqsadida o'g'irlashga arziydigan qimmatli axborot bo`lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o'chirib yuborish yoki foydalanib bo'lmaydigan darajada o'zgartirib yuborishga qodir. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter xavfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bog'liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko'chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muhim ma'lumotlarni o'chirish, sistema fayllarini “buzish” kabi ishlarni bajarish xususiyatiga ega bo'lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar. Axborotlarni himoya qilish nima uchun kerak? Internet orqali kompyuter va uning axborot resurslariga qanday zarar yetkazilishi mumkin? Viruslarning qanday guruhlari bor? Fayi viruslari qanday “ko'payadi”? Axborot xavfsizligi va “elektron jinoyatchi”lardan himoyalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar haqida so'zlab bering. Kriptografiya deganda nimani tushunasiz? Kompyuter viruslari yaratilishiga kim turtki bo`lgan? Kompyuter viruslariga qarshi qanday kurashish mumkin? Boot-viruslar haqida so`zlab bering. V. Uyga vazifa. Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dirеktor O’qituvchi:____________________ o`rinbosari:_________________
Mavzu: Nazorat ishi Maqsad: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash. I. Tashkiliy davr II. Nazorat ishi topshiriqlarini bajarish. 1. Informatika faniga qachon asos solindi? A) XX asrning 60-yillarida. B) XX asrning 40-yillarida. C) XX asrning 50-yillarida. D) XX asr boshida. 2. „Informatsiya" so'zining ma’nosi? A) lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, „avtomatlashtirish” degan ma'noni anglatadi. B) lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, „ma'lumot”, „tushuntirish”, „tavsiflash” degan ma'nolari anglatadi. C) lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, „hujjatlashtirish” degan ma'nolari anglatadi. D) to`g`ri javob berilmagan 3. “Axborot” deganda nimani tushunamiz ? A) barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta'sirini, bog'liqlik darajasini. B) kindalik axborotlar C) eshitgan voqealarimiz D) ko`rgan hodisalarimiz. 4. Axborot qanday shakllarda uchrashi mumkin? 1. matn, 2. rasm, 3. chizma, 4.ovoz signallari; 5. radioto'lqinlar; A) 1,2,3; B) 1,2,3,4,5; C) 1,2,3,5; D) 1,4,5; 5. Axborot asosan qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak? A) aniqlik, ishonchlilik, cheksizlik; B) takrorlanuvchanlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik C) aniqlik, ishonchlilik, ma’lum darajada qimmatlilik; D) aniqlik, ishonchlilik, alohidalik 6. Axborotlar shakliga ko`ra qanday turlarga bo`linadi? A) uzluksiz, uzlukli B) chekli, cheksiz C) tovush, matn D) rasm, chizma 7. Axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtirish jarayoni nima deb ataladi? A) axborotni to`plash B) axborotni kodlash C) axborotni uzatish D) to`g`ri javob berilmagan 8. Analog axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 9. Diskret axborotlar … bo`ladi. A) Uzluksiz B) Uzlukli C) A va B D) to`g`ri javob berilmagan 10. Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar: … 1. axborotlarni to`plash; 2. axborotlarni qayta ishlash; 3. axborotlarni uzatish. A) 1 B) 2 C) 2va 3 D) 1,2,3 11. Rim raqamlarida 2008 soni qanday yoziladi? A) MM00VIII B)MMVIII C) LLVIII D) CCVIII 12. Ayirishni bajaring: 10102 - 1012 A) 9092 B) 1012 C) 112 D) 1102 13. O`nlik sanoq sistemasidagi 15 sonini ikkilik sanoq sistemasida yozing. A)10112 B) 11112 C) 11012 D) 10012 14. Dastlabki Web-brauzer qachon, kim tomoni-dan yaratilgan? A) 1990 yil, T. Brauzer-Li B) 1990 yil, T. Berners-Li C) 1992 yil, B. Geytis D) 1991 yil, P. Norton 15. Web-sahifalar adreslari hamisha qaysi yozuv-dan boshlanadi? A) html:// B) htpp:// C) http:// D) www:// E) @://
16. Elektron pochta adresida Web-sahifa adresidan farqli qanday belgi bor? A) @ B) // C) # D) * E) hech qanday 17. Elektron pochtadan qaysi dastur yordamida foydalaniladi? A) Internet-Explorer B) Outlook-Express C) E_mail D) MS Access E) Word 18. Keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo’lgan dastur muallifi? A) Igor Danilov B) Fred Koen C) Kasperskiy D) Aniq emas 19. Kompyuter viruslari shartli ravishda qanday guruhlarga ajratiladi? A) fayl viruslari; Boot-viruslar; havfli viruslar; tarmoq viruslari. B) fayl viruslari; yangi viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. C) tezkor viruslar; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. D) fayl viruslari; Boot-viruslar; makrovinislar; tarmoq viruslari. 20. Kompyuterdagi ma’lumotlarni viruslarda himoya qiluvchi dasturlar … deb ataladi. A) himoya dasturlari B) brauzerlar C) antiviruslar D) doktorlaz Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling