“Tekshirildi”
3-son ixtisoslashgan maktab
O’TIBDO’_________ A.Bayturayev
“____”______________2022 y.
Mavzu: UCHBURCHAKLAR O’XSHASHLIGINING
IKKINCHI ALOMATI
Darsning maqsadi: Uchburchaklar o’xshashligining ikkimchi alomati haqida ma’lumot berish. Masalalar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Uchburchaklar o’xshashligining ikkimchi alomati
Teorema. (Uchburchaklar o’xshashligining TBT alomati). Agar bir uchburchakning ikki tomoni ikkinchi uchburchakning ikki tomoniga proporsional va bu tomonlar hosil qilgan burchaklar teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’xshash bo’ladi (1-rasm).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol, masala va topshiriqlar.
Uchburchaklar o’xsahshligining ta’rifi va TBT alomatini o’zaro solishtiring.
Uchburchaklar o’xshashligining TBT alomatini isbotlang.
Uchidagi burchaklari teng bo’lgan teng yonli uchburchaklarning o’xshashligini a) BB; b) TBT alomatdn foydalanib isbotlang.
5. AC va BD nurlar O nuqtada kesishadi. Agar AO : CO = BO : DO = 3, AB = 7 sm bo’lsa, CD kesmani hamda AOB va COD uchburchaklar yuzlari nisbatini toping.
7. Agar bir to’g’ri burchakli uchburchakning katetlari ikkinchi to’g’ri burchakli uchburchakning mos katetlariga proporsional bo’lsa, bu uchburchaklar o’xshash bo’lishini isbotlang.
8. ABC uchburchakda AB = 15 m, AC = 20 m, BC = 32 m. Uchburchakning AB tomoniga AD = 9 kesma, AC tomoniga esa AE = 12 m kesma qo’yildi. DE kesmani toping.
9. Katetlari 3 dm va 4 dm bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchak bilan bir kateti 8 dm va gipotenuzasi 10 dm bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchak o’xshash bo’lishini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |