Текст абзаца


Aksiyadorli jamiyati tarixi


Download 4.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana01.08.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1664461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
eldor praktika

Aksiyadorli jamiyati tarixi
Neft qazib olishdagi bir asrdan ortiq tajriba:
Neftni sanoatlashgan tarzda qazib olish ishlari O‘zbekistonda 1885 yilda
boshlangan. Neft Farg‘ona vodiysida joylashgan Chimion qishlog‘i
yaqinidagi ikki burg‘ qudug‘idan qazib olinar edi. 1900 yilda ushbu
mintaqada jiddiy razvedka ishlari boshlandi va 1904 yilda 270 metrdan
ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqdi;
Uglevodorodlar xom ashyosini qayta ishlashdagi bir asrlik tajriba:
1906 yilda Farg‘ona viloyatida neft haydash zavodi qurilib, u davriy
harakat qiluvchi bitta ikki kubali qurilmadan iborat edi. Neft konidan
qazilma boylik ot-ulov transportida tashilar edi. Neftning sifati esa
termometr va areometr yordamida aniqlanar edi. Qayta ishlash natijasida
olinadigan asosiy mahsulotlar chiroq kerosini va isitish mazuti edi. O‘sha
zamonda keraksiz benzin zavod hududi tashqarisidagi chuqurlarda yoqib
yo‘q qilinar edi. 1915-1916 yillarda, O‘rta Osiyoda ichki yonuv dvigateli
yordamida harakatlanadigan avtomobillar paydo bo‘lgandan keyingina
benzin foydali mahsulotga aylandi. Mahsulot Afg‘oniston va Xitoyga temir
yo‘l va ot-ulov transportida eksport qilinar edi. 


1907 yilda zavodni aka-uka Nobellar sotib olishdi va uning bosqichma-
bosqich rekonstruksiyasini boshlashdi. O‘sha yilning o‘zida Chimion
konidan zavodgacha tortilgan to‘rt dyuymli neft quvuridan foydalana
boshlandi hamda rezervuar parki qurildi. 1940 yilga kelib zavod o‘z
laboratoriyasiga ega bo‘ldi, texnologik jarayon sifat jihatidan yuksaldi,
yillik ishlab chiqarish quvvati 176 ming tonnaga yetdi.
Gaz qazib olishdagi yarim asrdan ortiq tajriba:
Birinchi gaz 1953 yil Qizilqum cho‘lidagi Setalantepa konidan qazib olindi.
1962 yilda noyob Gazli koni ishga tushirilgandan keyin Buxoro — Ural va
O‘rta Osiyo — Markaz transkontinental' gaz quvuryo‘llari o‘tkazildi.
1997 yil tarkibi «Teknip» (Fransiya), «Marubeni», «Djey Dji-Si»
(Yaponiya) kompaniyalardan iborat konsorsium bilan hamkorlikda Buxoro
neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1999 yil «Dresser-Rend» (AQSh) kompaniyasining kompressorlari asosida
«BSI Indastriz»(AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda Xo‘jaobod yer
ostida gazni saqlash ombori foydalanishga topshirildi.
2001 yilda tarkibiga «Misui», «Toyo injiniring», «Nisho Ivai» va «ABB
Soimi» (Italiya) kompaniyalari kirgan, «ABB Lummus Global» (AQSh)
kompaniyasi yetakchiligidagi konsorsium bilan hamkorlikda Sho‘rtan gaz-
kimyo majmuasining qurilishi amalga oshirildi.
Sho‘rtan konida gazni siqish kompressor stansiyasi qurilish loyihasi
«Beytman» (Isroil) inijiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga
oshirildi va ob'ekt 2003 yil foydalanishga topshirildi.

Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling