Текст абзаца


"Sho'rtan"  gaz-kimyo majmuasi


Download 4.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.08.2023
Hajmi4.52 Mb.
#1664461
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
eldor praktika

"Sho'rtan"
 gaz-kimyo majmuasi


2004 yil O‘zbekiston Respublikasi bilan tarkibi Rossiyaning Lukoyl neft
kompaniyasi hamda «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasidan iborat
investorlar konsorsiumi o‘rtasida Qandim konlari guruhi uchastkasi,
Xauzak, Shodi uchastkalari va Qo‘ng‘irot uchastkalari bo‘yicha 35 yil
muddatga (mega-loyiha) mahsulotni taqsimlash Kelishuvi (SRP) imzolandi.
2002 yil tomonlar o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish
maqsadida «Gazprom» OAJ hamda «O‘zbekneftgaz» MXK gaz sohasida
strategik hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv imzolandi. Shaxpaxta konida
qoldiq zahiralarni konservasiyadan chiqarish va o‘zlashtirish bo‘yicha pilot
loyihasini respublikada amalga oshirish O‘zbekiston neft-gaz sektorida
«Gazprom»ni keyingi faoliyati rivojlanishiga imkon berdi. 2014 yil 14
aprelda «Shaxpaxta konini ishlash» loyihasi bo‘yicha «O‘zbekneftgaz»
MXK bilan «Zarubejneftegaz» YoAJ , «Gazprom» OAJ va «Gas Project
Development Central Asia AG» (Shveysariya) tarkibdan iborat konsorsium
o‘rtasida mahsulotni taqsimlash Kelishuvi (SRP) imzolandi.
2011 yil «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasida O‘zbekiston-Koreya
«KO-UNG CYLINDER» MChJ qo‘shma korxonasi tashkil qilindi.
Korxona yiliga maksimal quvvatda 120 000 donagacha gaz balloni ishlab
chiqarishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 avgust 2006 yildagi «Orol
Dengizining O‘bekiston qismini geologik jihatdan o‘rganish va keyinchalik
yangi 
ochiladigan 
uglevodorod 
konlarini 
mahsulotni 
taqsimlash
to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida qazish» PQ-457 son Qaroriga muvofiq
30.08.2006 yil O‘zbekiston Respublikasi va CNPC (XXR), KNOC
(Koreya), LUKOIL Overseas Holding Ltd (RF), PETRONAS Carigali
Overseas SDN BHD (Malayziya), «O‘zbekneftgaz» MXK tarkibdan iborat
investorlar Konsorsiumi o‘rtasida Orol Dengizining O‘bekiston qismi
bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Kelishuv imzolandi va u 30
yanvar 2007 yil kuchga kirdi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida ishlab
chiqariladigan sun'iy suyuq yoqilg‘i


Loyihaning umumiy qiymati – 3985 mln. doll. Ishlab chiqarishning yillik
o‘rtacha loyihaviy quvvati 863 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 304 ming tonna
kerosin, 393 ming tonna nafta, 11 ming tonna suyultirilgan gazdan iborat.
Loyiha «Sasol» (JAR) va «Petronas» (Malayziya) kompaniyalari bilan
hamkorlikda amalga oshirilmoqda. U nodir texnologiya asosida sun'iy
suyuq yoqilg‘i olish va gazni qayta ishlash bo‘yicha dunyodagi eng yirik
loyiha hisoblanadi.
Muborak GQIZ UShK qoshidagi gaz-kimyo majmuasining qurilishi
Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard dollardan ortiq, ishlab chiqarishning
loyihaviy quvvati – 492 ming tonna polietilen, 66 ming tonna gaz
kondensati va 53 ming tonna pirobenzindan iborat. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga 19-
20 avgust 2014 yildagi tashrifi davomida «Muborak GQIZ» UShKda gaz-
kimyo majmuasini qurish loyihasini hamkorlikda amalga oshirish
to‘g‘risidagi Kelishuv imzolandi.
“O‘zbekiston-Xitoy” transmilliy magistral gaz quvuri
2007 yil O‘zbekiston yirik masshtabdagi, dunyodagi eng uzun (7000 km)
Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy xalqaro gaz uzatish quvuri
qurilishi loyihasiga qo‘shildi. 
O‘zbekiston qismidagi gaz uzatish quvurining (530 km) loyihasini qurish va
foydalanish uchun «O‘zbekneftgaz» MXK bilan CNPC o‘rtasida «Asia
Trans Gas» Qo‘shma korxonasi tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga 19-20 avgust
2014 yildagi tashrifi davomida «O‘zbekneftgaz» MXK bilan CNPC
o‘rtasida «O‘zbekiston-XXR» gaz uzatish quvurining 4-tarmog‘ini qurish va
foydalanish prinsiplari to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.
011 yil «Navoiy» erkin industrial iqtisodiy zonasida «ARISTON-Thermo
UTG» O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi tashkil qilindi. 2013 yil
iyulidan boshlab bu yerda gaz bilan isitish va suvni isitish zamonaviy
«ARISTON BS II FF» savdo markasidagi qozonlarini ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi.


“Angren” maxsus industrial hududidagi neft va gaz sohasining yangi
quvvatlari
Chet el investorlarini jalb qilgan holda «Angren» maxsus industrial zonasi
hududida ishlatilgan texnik moylarni yig‘ish va qayta ishlashning
tugallangan texnologik siklini qo‘llash orqali bazaviy va motor moylari
zamonaviy ishlab chiqarishini tashkil qilish.
Investisiyalarning umumiy qiymati 15 mln AQSh dollariga teng.
«O‘zneftmahsulot» aksionerlik kompaniyasi (AK) ulushi - 49%. «Prista
Recycling EAD» (Bolgariya) kompaniyasi ulushi – 51%.
Tashkil etilayotgan «Uz-Prista Recycling» MChJ qo‘shma korxonasining
xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoji 100% quvvat bilan bir yil davomida 7920 soat
ishlashni hisobga olgan holda – 44,55 mln. litrga teng.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 iyul 2011 yildagi « Toshkent
shahrida I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat Universiteti
filiali faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida» PQ-1569-son
Qarori, ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri 29 iyul 2011 yil 06/1-488 son bilan tasdiqlagan
Reja, O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Kabinetinig 14 oktyabr 2011
yildagi 
282-son «I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining
Toshkent shahridagi filiali qoshida maxsus akademik lisey faoliyatini
tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaroriga muvofiq 2012 yil
neft-gaz sohasida yana bir o‘quv muassasa - I.M.Gubkin nomidagi Rossiya
Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida
maxsus akademik lisey tashkil qilindi.
Sohadagi keng ko‘lamli investisiyalar, izchil institusional transformasiyalar
O‘zbekistonni yoqilg‘i-energetika sohasida mustaqil bo‘lishi uchun asos
yaratdi va bu o‘z navbatida aholi, sanoat, transport va uy-joy kommunal
xizmatlari yehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.


Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish va Farg‘ona neftni qayta
ishlash zavodini rekonstruksiya qilish, mintaqadagi yeng yirik bo‘lgan
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi, Surgil koni asosida Ustyurt gaz-
kimyo majmuasini qurish va shu kabi har biri tarixiy ahamiyatga yega
bo‘lgan bir qator obyekt loyihalarini alohida ta'kidlab o‘tish joizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2019 yildagi "Iqtisodiyotni
va aholini yenergiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, moliyaviy sog‘liqni
saqlash va neft-gaz sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq "Muborakneftgaz" MChJ,
"Sho‘rtanneftgaz" MChJ, "Ustyurtgaz" MChJ, "Gazli neft gaz qazib
chiqarish" 
MChJ, 
"Muborak 
gazni 
qayta 
ishlash" 
MChJ 
lar
"O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga birlashtirildi.
Bugungi kunda "O‘zbekneftgaz" AJ 50 dan ortiq korxonalarni, shu
jumladan 13 ta qo‘shma korxona, uglevodorodlarni qazib olish bo‘yicha 10
ta yirik korxonalarni, shuningdek, bir qator nazorat ostida bo‘lgan
korxonalarni 
birlashtirgan 
zamonaviy 
ko‘p 
pog‘onali 
vertikal
integrallashgan kompaniya hisoblanadi.



Download 4.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling