Telefon apparatlari


Dasturlashtiriladigan klavishalar


Download 37.22 Kb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi37.22 Kb.
#1427121
1   2   3   4
Bog'liq
TELEFON APPARATLARI

Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining knopqo‘li panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, gURO‘hli terish, qoldirilgan axborotlarni еshitib ko‘rish va b. Svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo‘ng‘iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo‘ng‘iroq qilgan, lekin so‘zlasha olmagan, qizil rang bilan siz
holi qo‘ng‘iroq kilmagan abonent nomerlarini ko‘rsatadi.
Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo‘lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chikayotgan ko‘ng‘iroqlar to‘g‘risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so‘zlashuv vaqtingizdagi kirish qo‘ng‘iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo‘ng‘iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko‘pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.
Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va faniliyasini ko‘rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so‘zlashayotgan paytingizda qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini va faniliyasini displeyda aks еttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250-500 familiyaga mo‘ljallangan apparat ichidagi еlektron telefon kitob ishlatiladi. Qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib qo‘yish mumkin, so‘zlashuv tugagach va liniya bo‘shagandan keyin, yana еslab qolingan nomer bo‘yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining trubkasini ko‘tarish, maxsus knopkani bosish va siz so‘zlashmoqchi bo‘lgan faniliyani aytish etarlidir. Nutqni tanlovchi sozlangan qurilma aytilgan faniliyani kodlaydi, agar bu faniliya apparat ichidagi telefon kitobida joylashgan bo‘lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan ulanishni bajarish uchun tizimga beradi.
Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi ro‘yxatni displeyda ko‘rib chiqish yo‘li bilan abonent faniliyasi bo‘yicha kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga oshirilishi mumkin.

Download 37.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling