Telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari


III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik


Download 158.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi158.9 Kb.
#1044539
1   2   3
Bog'liq
139 21.05.2012

III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik 


13. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish 
choralari qo‘llanadi: 
ogohlantirish; 
ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish; 
ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati 
o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish. 
Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-
qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi. 
14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog 
xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida 
bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining (fakultetning) 
direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa - kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari 
buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.
15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida (fakultetda) 
tuziladigan direktor (dekan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta’lim 
oluvchining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar 
(talabalar) majlisida muhokama qilinadi. 
16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori (fakultet 
dekani) va uning o‘rinbosarlari nazorat qiladi. 
IV. Yakunlovchi qoidalar 
17. Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan telefonlarning saqlanishi uchun 
javob bermaydi, ushbu Nizomning 
14-bandida 
nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib 
qo‘yilishi hollari bundan mustasno. 
18. Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo‘ydirilgan holda har bir ta’lim oluvchiga va uning 
ota-onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta’lim muassasalarida esa tegishli ravishda 
har bir talabaga yetkaziladi. 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 229-modda) 

Download 158.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling