«Telekommuni katsiya texnologiyalari» yunalishi


Download 460.02 Kb.
bet2/5
Sana13.03.2023
Hajmi460.02 Kb.
#1266187
1   2   3   4   5
Bog'liq
Индивидуал проект

Tadqiqot predmeti. Xonada gaz uskunasi va quvurlarning joylashuvi hamda sizib chiqayotgan gaz turini hisobga olgan holda xususiyatlari qarab chiqiladi.
Loyiha maqsadi. Ishlab chiqarish va uy sharoitida foydalanilayotgan gaz qurilmalari va quvurlaridan sizib chiqqan gaz hidini sezish uskunalarini yaratish.
Loyiha vazifalari. Yuqorida aytilgan maqsadga erishish uchun quyidagilar vazifa sifatida belgilab olindi:

  • Ishlab chiqarish va uy sharoitida foydalanilayotgan gaz qurilmalari ishlash prinsipini o‘rganish;

  • Quvurlaridan va gazning qarovsiz qolishi oqibatida sizib chiqqan gaz hidini sezish uskunalarini foydalaniladigan mexanizmlarini o‘rganish;

  • O’lchanayotgan gazning har qanday agressivligiga qaramasdan sezish imkoniyati saqlanib qoladigan uskunani yaratilishini hisobga olish.

Tadqiqot usullari. Ushbu loyihani amalga oshirishda, kuzatuv va taqqoslash usullaridan foydalanildi.

ARDUINO MIKROKONTROLLERLARI ASOSIDA GAZ SIZIB CHIQQANDA OGOHLANTIRISH BOSHQARISH TIZIMINI
YARATISH

1.1 Arduino Mikrokontrolleri
Arduino Uno kontrolleri ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish, (ulardan 6 tasi KIM(Широтно- Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat (3.5-rasm).




1.1 rasm. Arduino Uno mikrokontrollerining tuzilishi

"Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi eski versiyalariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi.


Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan biri avtomatik tanlanadi. Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan. Bu mikrokontroller 32 kB flesh xotiraga, undan 0.5 kB qismi yuklovchi uchun ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega. 14 ta raqamli chiqishning har biri yoki kirish yoki chiqish uchun sozlash mumkin. Bunda pinMode(), digitalWrite() va digitalRead() funksiyalaridan foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha tok kuchi o'tkazishi mumkin.
Arduino Uno kontrolleriga Arduino dasturi yordamida dastur yaratilinadi. Buning uchun Arduino dasturida menyuda Tools>Board va u yerdan "Arduino Uno" tanlanadi.
Yuqorida aytilganidek, bu kontroller juda ixcham o'lchamlarga ega bo'lib, uning tomonlari 6.9 va 5.3 smga teng. Bu esa o'z navbatida undan foydalanishni yanada yengillashtiradi.





Download 460.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling