«Telekommuni katsiya texnologiyalari» yunalishi


rasm. Arduiono Uno kontrolleri o’lchami


Download 460.02 Kb.
bet3/5
Sana13.03.2023
Hajmi460.02 Kb.
#1266187
1   2   3   4   5
Bog'liq
Индивидуал проект

1.2 rasm. Arduiono Uno kontrolleri o’lchami

Shunday qilib, Arduino Uno kontrolleri dasturlashni endi o'rganayotgan yosh dasturchilar uchun, ko'p yillik dasturlash bo'yicha tajribaga ega dasturchilarga juda kerakli bo'lishi mumkin. Chunki uning yordamida zamonaviy kompyuterlarning ishlash prinsiplarini o'rganish va kompyuterlarda tezkor xotira, doimiy xotira va protsessorlar nima vazifalarni bajarishini tushunish uchun yordam beradi.



3.2 Gaz datchigining xususiyatlari va arduinoga ulanish sxemasi
Ushbu bo’limda turli zararli gazlarni Arduino mikrokontrollerlari yordamida aniqlash tizimi haqida ma’lumot berilgan bo’lib, ushbu tizimdan gaz bilan ishlaydigan istalgan yopiq hududlar, jumladan sanoat, uy, avtomobi saloni va shu kabi boshqa yopiq hududlar havfsizlik tizimini shakllantirish uchun foydalanish mumkin. Asosiy maqsad Arduino mikrokontrollerlari va gaz datchilari asosida gaz detektorlarini shakllantirishdan iborat bo’lib, bunga ko’ra utan, metan, propan va is gazi kabi inson organizmiga zararli bo’lgan gazlar aniqlanadi va ogoxlantirish signali beriladi.
Tizimning blok diagrammasi

3.1-rasm: Gazlarni aniqlash tizimi blok diagrammasi


Ushbu tizim orqali metan, propan va is gazini aniqlash uchun datchiklar o’rnatilgan. Sizib chiquvchi gaz aniqlanganda datchik dasturlanuvchi kontrollerga signal yuboradi. Aniqlangan analog signallar o’z navbatida dasturlanuvchi controller ichida joylashgan maxsus analog-raqamli signal o’zgartgichli qurilma orqali raqamli signalga o’zgartiriladi va aniqlanayotgan gaz nomlari displeyda tuzilgan dasturga binoan foizlarda aks ettiriladi.




MQ-2 suyultirilgan propan gazini aniqlash datchigi:
Ushbu datchikdan uy yoki ish joylarida, shuningdek suyultirilgan yoki siqilgan gazlar bilan harakatlanadigan transport vositalarida uchraydigan gaz sizib chiqish holatlari uchun ogohlantirish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Ushbu datchik yordamida ogohlantirish signali berish yoki ekranda gazning havodagi miqdorini foizlarda ko’rsatish imkoniyatini yaratish mumkin. MQ-2 datchigining sezgirligi yuqori bo’lib, gaz bilan kontaktga kirishganda gaz konsentrasiyasi ortishi bilan uning o’tkazuvchanligi ham ortib boradi. Ushbu blok ogohlantirish sxemasiga ulash uchun qo’lay bo’lib, u orqali ogohlantirish signali berish va gazning konsentrasiyasini ko’rish mumkin. Ushbu datchik yetarlicha muddat uchun gazlarning sizib chiqishini seza oladi. Gaz sizib chiqishni boshlashi bilan datchikning o’tkazuvchanligi va konsentrasiyasi ham ortib boradi.


3.2-rasm: MQ-2 datchigi


MQ-2 gaz datchigi zaharli gazlarni aniqlash bilan bir qatorda suyulturilgan gazlar uchun ham aniq qiymatlarni bera oladi, ya’ni ularni ham yuqori aniqlik bilan seza oladi. Shuningdek ushbu datchik orqali mavjud tabiiy gazlarni ham aniqlash mumkin bo’lib, iqtisodiy jihatdan samarador va qulay hisoblanadi.





Download 460.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling