Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


 Mobil aloqa tizimlarining kelgusi rivojlanish istiqbollari va


Download 187.14 Kb.
bet15/32
Sana07.08.2023
Hajmi187.14 Kb.
#1665655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш му

1.4. Mobil aloqa tizimlarining kelgusi rivojlanish istiqbollari va 

zamonaviy tendensiyalari
Hozirgi kunda zamonaviy mobil aloqa tizimlari o‟zining rivojlanishida 

haqiqiy “sakrashni” boshidan kechiryapti. Ma‟lumotlarni mobil tarzda uzatishda


o‟sayotgan talab, xususan, tashqi USB–adapterlar, portativ kompyuterlar uchun 
ichiga o‟rnatiladigan еchimlar va iPhone sifat smartfonlarni paydo bo‟lishi
ma‟lumot uzatish tezligini mobil aloqa operatorlari ko‟zda tutganidan ko‟ra ancha 
yuqoriroq ko‟rsatgichlarda va ancha yaqinroq vaqtda talab qilib qolyapdi. Ko‟plab
operatorlar bugun dastlabki 4G tarmoqlarga o‟tish zaruratigaduch kelmoqda. 
Masalan, TeliaSonera, China Mobile, NTT DoCoMo va Vеrzion kabi jahonning
yirik operatorlari LTE tarmoqlarini ishga tushirish va kengaytirish bo‟yicha faol 
ish olib bormoqdalar.
4G texnologiyalaridagi ma‟lumotlarni ulkan hajmlarda uzatishning yangi 

imkoniyatlari mobil kontent еtkazib beruvchilari uchun ham o‟z bizneslarini


kengaytirishga turtki bo‟lyapti. Agar hozirgi kunda bu bozorda asosiy “tovar” 
musiqa, kliplar va oddiy o‟yinlar bo‟lsa, 4Gning paydo bo‟lishi bilan mobil
televideniе, “buyurtmali video” (ingl. “Video on demand”–VOD), “ilg‟or” o‟yinlar 
va shu kabilar dolzarbroq bo‟lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 4G tufayli mobil
videokonferensiyalar (videochatlar) va mobil bir darajali tarmoqlar (ingl. “Peer-to-


peer”) yaratish mumkin bo‟ladi. Screen Digest tadqiqot kompaniyasining
taxminlariga ko‟ra 2011 yilda butun dunyoda mobil televideniе mijozlari soni 
kamida 140 millionga еtadi [7]. Tahlilchilarning fikricha, mobil TV xizmatlari
kelgusida o‟yinlar hatto musiqaga qaraganda ancha katta foyda keltirishi mumkin.


LTE texnologiyasining yaqin yillardagi rivojlanish istiqbollari. LTE
texnologiyasining rivojlanishi faol tarzda davom etmoqda. GSA assosiasiyasining 
hisoblariga ko‟ra, 2011 yilda LTE tarmoqlarini joriy etish bo‟yicha o‟z niyatlarini
bildirgan mobil aloqa operatorlarining soni 60 ta davlatdagi 184 ta kompaniyani 
tashkil etdi [1]. Shuningdek, GSA 2012 yilning oxiriga kelib tijoriy ishlatishda 81



28
ta LTE tarmog‟i bo‟lishini taxmin qilmoqda. GSA hisobotida, shuningdek, LTE 


tizimlarini dastlabki sinovini o‟tkazishga qaror qilgan 20 ta mamlakatdan 54 ta


kompaniya–operatorlar 
ko‟rsatilgan bo‟lib, ular ham keyinchalik tijorat
tarmoqlarini yaratish ehtimolini bildirishgan.
Bu bilan bir paytda, LTE-Advanced deb nomlangan navbatdagi avlod 

standarti spesifikasiyalari ham yaratilmoqda. 3GPP ni 8 chi relizi ustidagi ishlar


yakunini kutmasdan, ko‟plab еtakchi ishlab chiqaruvchilar o‟zlarining LTEni 
qo‟llab–quvvatlaydigan qurilmalarining birinchi tajriba namunalarini taqdim
etdmoqdalar. Masalan, 2007 yilning fevralida Ericsson kompaniyasi dunyoda 
birinchi marta ma‟lumotlarni 144Mbit/s uzatish tezligiga ega LTE jihozining
ishini namoyish etdi. 2007 yilning sentyabrida esa NTT DoCoMo kompaniyasi 
200Mbit/s tezlikni va 100mVt dan ortiq bo‟lmagan iste‟mol quvvatini
ta‟minlaydigan jihozni taqdim etdi. 2008 yilning aprelida LG va Nortel 
korporasiyalari mobil abonentlar 110km/soat. tezligida harakatlanganda 50Mbit/s
o‟tkazish qobiliyatiga ega bo‟lgan LTE uskunasini namoyish qildi. 2008 yilning 
18 sentyabrida T-Mobile mobil operatori va Nortel Networks kompaniyasi
pasayuvchi kanal uchun 170Mbit/s, ko‟tariluvchi kanal uchun esa 50Mbit/s 
tezliklarga erishganligi haqida e‟lon qildilar. Sinovlar o‟rtacha 67km/soat o‟rtacha
tezlikdagi avtomobilda uchta BS ta‟sir hududlarida o‟tkazilgan edi. LTE
texnologiyalarining keyingi rivojlanishi yangi 3GPPni 10
relizi (LTE–Advanced) 

ustida ishlash doirasida davom etadi. Bugungi kunda LTE–Advanced standarti


qoniqtirishi kerak bo‟lgan asosiy talablar shakllanib bo‟lgan [8]. Bu talablar 
to‟rtinchi avlod texnologiyalari oldiga qo‟yilgan talablardir:
- ma‟lumot uzatish maksimal tezligi pasayuvchi radiokanalda 1Gbit/sgacha, 
ko‟tariluvchi radiokanalda esa 500Mbit/sgacha bo‟lishi kerak (bir abonent uchun
o‟rtacha o‟tkazish qobiliyati LTE standartiga nisbatan uch marotaba yuqori);
- o‟tkazish
polosasi 
pasayuvchi
radiokanalda 
70MGs,
ko‟tariluvchi 
radiokanalda esa 40MGs;



29
- spektrdan foydalanishning maksimal samaradorligi pasayuvchi radiokanalda 


30bit/s/Gs, ko‟tariluvchi kanalda esa 15bit/s/Gs (LTEga nisbatan 3 marotaba


yuqori); 
- LTE va boshqa 3GPP tizimlari bilan to‟la moslashish va o‟zaro ishlay olish.
Bu

masalalarni


еchish

uchun
kengroq

kanallardan
foydalanish 
(100MGsgacha) [6], chastotaviy dupleks (FDD) holatida ko‟tariluvchi va
pasayuvchi kanallar orasidagi o‟tkazish polosasini assimetrik ajratish; kodlash va 
xatolarni korreksiyalashning takomillashtirilgan tizimlari; ko‟tariluvchi kanal
uchun OFDMA va SC–FDMA gibrid texnologiyalari, shuningdek, antenna 
tizimlari sohasida ilg‟or еchimlar (MIMO kabi) ko‟zda tutiladi.
Ko‟rinib turibdiki, bugungi kunda LTE texnologiyasi keskin rivojlanish 
bosqichida turibdi. Deyarli har oy standartlarning o‟zida ham o‟zgarishlar amalga
oshmoqda

2
. LTE spesifikasiyalarida ham to‟ldirilmagan joylar, chala ishlar va 


noaniqliklar hali yetarli, shuning uchun tarmoq arxitekturasida ham yangi
hujjatlarni paydo bo‟lishini kutish mumkin. 



Download 187.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling