Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари


G texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq muammolar


Download 187.14 Kb.
bet16/32
Sana07.08.2023
Hajmi187.14 Kb.
#1665655
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш му

4G texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq muammolar. 4G
texnologiyalarining shiddatli rivojlanishiga qaramasdan, ekspertlar ularni ishga 
tushirishda bir qancha to‟siqlar bo‟lishini ta‟kidlashmoqda.
Birinchidan, ko‟plab operatorlar uchun yangi chastotalar spektrini 
lisenziyalash kerak bo‟ladi, chunki 3G texnologiyalarida signalni uzatish va qabul
qilish uchun 5MGs polosalar yetarli bo‟lsa, LTE va WiMAX texnologiyalaridagi 
tezlik afzalliklariga erishish uchun kamida ikki marta keng polosalar talab qilinadi.
Ikkinchidan, shu narsa ko‟zda tutilmoqdaki, to‟rtinchi avlod tarmoqlarini 
ishga tushirishda kapital xarajatlar 2G tarmoqlaridagi, yoki hatto 3G
tarmoqlaridagi xarajatlarga nisabatan ancha katta bo‟ladi. Bu hol asosan shunday 
tushuntiriladiki, hozirgi kunda foydalanilayotgan tranzit (magistral) kanallar
cheklangan o‟tkazish qobilyatiga ega (1,5–2 Mbit/s), ya‟ni qo‟shimcha bu 
kanallarni modernizasiyalash ham talab qilinadi.
2
2010 yilning oktabrida ХТI rasmiy ravishda LTE-Advanced standartini IMT-Advanced, ya‟ni 4G texnologiyasi 

sifatida qabul qildi.





30
Yana bir muammo shundaki, ko‟plab investorlar ehtiyotkorlik qilishmoqda: 


o‟z vaqtida ko‟pchilik 3G tarmoqlarining imkoniyatlarini ortiqcha baholanishida


“kuyib qolishib” bugungi kunda 4G loyihalaridan kerakli iqtisodiy daromad 
qaytarilishiga ko‟pam ishonishmayapti.
Bundan tashqari, bozorda haligacha 4G abonent qurilmalarining yetarli 
taklifi yo‟q. Bu terminallar juda katta energiya iste‟mol qiladigan bo‟ladi va
zamonaviy akkumulyatorlarda uzoq ishlay olmaydi (hozir shunday muammolar
hatto 3G terminallarida ham mavjud). Ya‟ni yangi sifatli akkumlyatorlar
yaratilishi kerak bo‟ladi. Shuningdek Internetga tezkor ulanish va har xil 
videoxizmatlar hozirgi terminallardagiga nisbatan o‟lcham bo‟yicha katta va
sifatliroq displeylarni talab qiladi. 
Bundan tashqari, mutaxassislar 4G xizmatlari yaqin yillarda abonentlar 

orasida ommaviy bo‟lishga ishonmay turibdilar. Misol uchun hattoki Yevropada,


hozirda 3G birinchi tarmoqlari ishga tushirilganiga 5-6 yildan oshgan bo‟lsa ham, 
bu xizmatlar o‟z imkoniyatlarining yarim darajasida ishlatilmoqda. (Tahlilchilar
buni uchinchi avlod aloqa xizmatlariga o‟rnatilgan oshirilgan tariflar bilan 
bog‟lashmoqda). Demak, 4G ning muvaffaqiyatida muhim rolni operatorlarning
narx siyosati o‟ynaydi. Haqiqatan ham, foydalanuvchilarning hammasi ham yuqori 
tezlikdagi Internetga mobil ulanish va shu bilan bog‟liq xizmatlardan manfaatdor
emas - ko‟pchilikka oddiy tovushli aloqa kerak xolos. Shu bois, bir necha 
ekspertlar taxmin qilganidek, 3G muammolarini hisobga olgan xolda, to‟rtinchi
avlod texnologiyalarini telekommunikasiya xizmatlari bozoriga ta‟siri, faqat 2015-
2020 yillarga kelib ahamiyatli bo‟ladi, deyish o‟rinlidir. Binobarin, ba‟zi bir
operatorlar uchinchi avlod tarmoqlarini joriy etishdan umuman voz kechmoqchi 
emaslar. Ba‟zi bir ishlab chiqaruvchilar esa turli sharoitlarda foydalanuvchining
o‟zi tanlay oladigan ulanish usuli imkoniyatini beradigan 4G doirasidagi mobil va 
simsiz keng polosali tarmoqlarning “chatishmasini” yaratishni taklif qilmoqdalar.




31


Download 187.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling