Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


IP tarmoqlarda multimediali trafik xususiyatlarini tahlil qilish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178
Bog'liq
T

IP tarmoqlarda multimediali trafik xususiyatlarini tahlil qilish 
Hozirgi kunda Internetning barcha tarmoq trafigini ikki sinfga 
ajratish mumkin – TCP protokoli asosida boshqariladigan trafik va UDP 
protokoli asosida boshqariladigan trafik. Oxirgi 5 – 7 yil davomida TCP va 
UDP trafiklarining proporsiyasi juda keng o‘zgardi. Taxminan trafikning 
90% TCP ulanishi orqali uzatiladi. TCP trafigining o‘sishiga ta’sir etuvchi 
ilovalar juda tez rivojlanmoqda, birinchi navbatda turli Web ilovalar va bir 
darajali tarmoqlararo ulanishlar tufayli. Xuddi shu vaqtda VoIP, IPTV va 
boshqa taniqli yangi ilovalarni o‘sishiga bog‘liq holda UDP trafigining 
taxminiy hajmi taxminan 90% ni tashkil etadi. Biroq yaqin yillarda bu 
trafik sinfining amaliy o‘sishini kutish kuzatiladi. 
Shuningdek, IP tarmoqni boshqarish va signalizatsiyani turli 
protokollari bilan shakllanuvchi boshqarish trafigi mavjud. Boshqarish 
trafigini qayta ishlash tarmoqni normal ishlashi uchun zarur, uning hajmi 
nisbatan kam (1-1.5%) va tarmoq ishlashining xarakteristikalariga ta’sir 
qilmaydi. 


265 
Internet tarmoqlarida transport protokoli turiga bog‘liq holda 
sinflarga ajratishdan tashqari, trafikni 3 ta asosiy tipga farqlash qabul 
qilingan: elastik, oqimli va haqiqiy vaqtdagi.
Elastikli termini – TCP protokolini boshqaruvchi ma’lumotlar 
uzatishni yaratishdagi trafikka nisbatan qo‘llaniladi. Uning nomi
tarmoqda yuklama o‘zgarishiga javoban uzatish tezligi keng oraliqlarda 
o‘zgarishi mumkinligi bilan bog‘langan. Bu turdagi trafik yo‘qotishlarga 
sezgir va kechikishlarga nisbatan moil emas.
Oqimli trafik – audio va video axborot uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
ilovalar natijasida yuzaga keladi. Bu ilovalar aloqa seansi vaqtida 
kechikishlarni chegaralash yo‘li bilan saqlangan, aniq uzatish tezligiga ega 
bo‘lgan paketlar oqimini generatsiyalaydi. Lekin bunda real vaqtdagi trafik 
bilan taqqoslash bo‘yicha kattaroq kechikishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin 
va bu turdagi trafik yo‘qotishlarga nisbatan kam sezgir.
Real vaqtdagi trafik – nisbatan katta bo‘lmagan uzunlikdagi 
kechikishlarni beradi va yo‘qotishlarga kam sezgir. Bu turdagi trafik IP-
telefoniya tizimlarida va videokonferens aloqada mavjud. Oqimli trafik va 
real vaqtdagi trafik UDP protokoli boshqaruvi ostida uzatiladi. 
IP klassik tarmoqlarda faqatgina best effort prinsipi bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatilgan elastikli trafik mavjud edi. Barcha uchta turdagi trafik mavjud 
bo‘lgan zamonaviy IP tarmoqlar uchun, best effort sathi parametrlaridan 
boshlanib va haqiqiy vaqt trafigiga mos keluvchi parametrlar bilan 
tugaydigan xizmat ko‘rsatish sifatining parametrlarini ko‘rsatkichlarining 
keng ko‘lami talab etiladi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling