Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178
Bog'liq
T

Optik IP-tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash 
xususiyatlari 
Zich to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirishga (Dense Wavelength 
Division Multiplexing, DWDM) ega bo‘lgan texnologiya tomonidan 
tavsiya etilgan, yetarli chastota oralig‘i bilan birgalikda keng tarqalgan IP 
texnologiyasi, IP-over-DWDM kabi ma’lum va keyingi avlodning (Next 
Generation, NG) Internet tarmoqlarida katta masofalarga ma’lumotlarni 
uzatishda yetakchi hisoblanadi.  
DWDM – bu zich to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish 
texnologiyasi bo‘lib, juda ko‘p chastotalarda yoki to‘lqin uzunliklarida 
ma’lumotlar paketlarini bir vaqtda uzatish orqali, optik tola resurslaridan 
samarali foydalanishga imkon beradi. 
Ovozli paketlarni va videoni haqiqiy vaqt oralig‘ida uzatish kabi 
ayrim xizmatlarni kafolatlash uchun xizmat ko‘rsatish sifatini QoS 
ta’minlash muammosi, optik magistrallar uchun amalda yechimini 
topmagan.
Optik DWDM texnologiyasi qo‘llanilgan tarmoqlarda QoSni 
ta’minlash muammolari, elektron kommutatorlarda va marshrutizatorlarda 
qo‘llaniladigan QoS usullaridan bir qancha fundamental farq qiladi.
Eng asosiy farq DWDM qurilmalarida, kechiktiruvchi optik 
liniyalarda buferlanishi mumkin bo‘lgan paketlar navbati konsepsiyasining 
mavjud emasligidir. Kechikish liniyasi (Fiber Delay Line, FDL) - bu 
ma’lum bir vaqt oralig‘ida optik signalni kechiktirish uchun 
qo‘llaniladigan uzun optik tolali liniyadir. 
Optik 
tarmoqlarda 
navbat 
alternativasi 
sifatida, 
kelgusida 
ma’lumotlarni optik kommutatsiyalash yo‘li orqali chastota oralig‘ini 
zahiralash uchun signalli axborotlarni qo‘shimcha uzatish qo‘llaniladi.  
Optik kommutatsiyalash texnologiyalari 
DWDM texnologiyasiga asoslangan optik tarmoq bo‘ylab IP-
trafiklarni uzatish uchun uchta asosiy kommutatsiyalash texnologiyasi 
tavsiya etilgan. Shunga mos holda IP-over-DWDM tarmoqlari quyidagicha 
sinflanishi mumkin: 
- to‘lqinli marshtutizatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlar (Wavelength 
Routing, WR); 
- paketlarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical 
Packet Switching, OPS); 
- bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar (Optical 
Burst Switching, OBS). 


272 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling