Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati WR tarmoqlarda QoS.
Bloklarni optik kommutatsiyalashga ega bo‘lgan tarmoqlar.
OBS tarmoqlari, oldin ko‘rib chiqilgan ikkita WR va OPS tarmoqlarning afzalliklariga ega. Bu yyerda oraliq uzellarda buferlashtirish va elektr qayta ishlashga xojat qolmaydi. Ayni shu paytda OBS chegaralangan vaqt davomiyligida kanallarni zahiralash yo‘li orqali tarmoqni qo‘llash koeffitsientini oshiradi. OBS tarmoqlarida asosiy kommutatsiyalash birligi bu blokdir. Blok (burst), kirish uzelidan chiqish uzeliga birgalikda uzatiladigan va oraliq uzellarda birgalikda kommutatsiyalanadigan paketlar ketma-ketligidir. Bloklar shakllanishi uchun bir qancha yondashishlar mavjud, masalan: agregatsiyaning chegaralangan vaqtiga ega bo‘lgan konteynerlash texnikasi (Containerization with Aggregation-Time out, CAT). Blok ikki qismdan iborat: sarlavha va ma’lumot. Boshqaruvchi blok (Control Burst, CB) deb ataluvchi sarlavha, birinchi beriladigan ma’lumotlar bloki (Data Burst, DB) deb ataluvchidan alohida uzatiladi va uning DB siga mos kelishi uchun butun yo‘l bo‘ylab chastota oralig‘ini zahiralaydi. Undan keyin DBning o‘zi SV uchun zahiralangan yo‘l bo‘ylab harakatlanadi. IP-over-DWDM tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati WR tarmoqlarda QoS. Bu yyerda WR tarmoqlarda xizmatlarni ta’minlashni asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Bu usullar differensial optik xizmatlar (Differentiated optical Services, DoS) modelini kengaytiradi. DoS modeli yorug‘lik yo‘nalishini ajoyib optik xarakteristikalarini e’tiborga tortadi. Bu optik parametrlarga quyidagilar kiradi: xatoliklarni yuzaga kelish chastotasi (Bit Error Rate, BER), kechikish, djitter va 274 himoyalash, nazorat va ishonchlilik rejimlari. Bu optik parametrlar va rejimlar berilgan yo‘nalishga tegishli optik xizmatlar sifatini o‘lchash uchun asos hisoblanadi. Bu o‘lchashlarning maqsadi – IP da QoS ekvivalent sinflarida optik xizmatlar sinfini aniqlaydi. QoS tuzilishi 6 ta komponentdan iborat. Xizmatlar sinfi. QoSda xizmatlar sinfi yorug‘lik yo‘nalishi bo‘ylab uzatiladigan optik signallarni buzilishi va sifatini xarakterlaydigan parametrlar yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu parametrlar kechikish, BERning o‘rtacha qiymati, djitter va o‘tkazish oralig‘i yoki funksional vazifalarga asoslangan imkoniyatlar – nazorat, himoyalash, ishonchlilik bilan aniqlanishi mumkin. Marshrutlash algoritmi va chastotalar vazifasi. Yorug‘lik yo‘nalishini yaratish uchun, unga mo‘ljallangan to‘lqin uzunliklari butun yorug‘lik yo‘nalishi o‘tadigan trassa bo‘ylab zahiralangan bo‘lishi kerak. Marshrutlarni tanlash uchun qo‘llaniladigan algoritm va yorug‘lik yo‘nalishini yaratishdagi to‘lqin uzunligi, marshrutizatsiya va to‘lqin uzunligi vazifasini (Routingand Wavelength Assignment, RWA) algoritmi sifatida ma’lum. WR tarmoqlarda QoSni ta’minlash uchun turli to‘lqinli kanallarning QoS xarakteristikasini hisobga oladigan RWA algoritmini qo‘llash zarur. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling