Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
Bog'liq
T

Xizmat ko‘rsatish sifati sohasida terminlarni tushuntiruvchi ITU-T 
modeli 
Ingliz tilida “Xizmat ko‘rsatish sifati” terminiga Quality of Service 
(QoS) so‘z birikmasi mos keladi. “Xizmat ko‘rsatish sifati” termini telefon 
tarmoqlarining ishlab turishida turli aspektlarning tavsiflarida qo‘llaniladi.
ITU-T xujjatlarida xizmat ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan 
terminlar E.800 tavsiyasi bilan aniqlanadi. Bu tavsiyada QoS 
ko‘rsatkichlari, xizmat ko‘rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo 
bo‘lishi kabi qaraladi. Quyidagi 3.8-rasmda xizmat ko‘rsatish sifati 
komponentlarini va ularning o‘zaro aloqasini aniqlovchi model 
ko‘rsatilgan. 
Kutiladigan xizmat ko‘rsatish sathi quyidagi xarakteristikalar bilan 
baholanadi: 


267 
 Xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash (service support); 
 Xizmat ko‘rsatishning qulayligi (service operability); 
 Xizmat ko‘rsatishni taqdim etish (service ability); 
 Xizmat ko‘rsatish xavfsizligi (service security). 
Xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash xarakteristikasi, operator 
xizmatini taqdim etish qobiliyatini va uning qobiliyatliligini qo‘llashni aks 
ettiradi. O‘z navbatida xizmat ko‘rsatishni taqdim etish xarakteristikasi 
quyidagi uchta guruhga bo‘linadi: 
 Xizmatlarga ulanish (service accessability); 
 Xizmat ko‘rsatish mo‘tadilligi (service retainability); 
 Xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi (service integrity). 
Xizmatlarga ulanish xarakteristikasi, foydalanuvchining talablari 
bo‘yicha ularni olish imkonini va so‘ralgan vaqt oralig‘ida yomonlashishi 
sezilmaydigan holatda xizmat ko‘rsatishni davom ettirishni baholaydi.
Xizmat ko‘rsatish mo‘tadilligining xarakteristikasi, so‘ralgan vaqt 
oralig‘i davomida berilgan atributlar bilan, olingan xizmatlardan 
foydalanish imkonini aniqlaydi.  
Xizmat ko‘rsatishning to‘liqlilik xarakteristikasi, ko‘rsatiladigan 
xizmatlar to‘laligicha, yomonlashmasdan amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatish xavfsizligi xarakteristikasi, telekommunikatsiya 
tarmoqlarining quyidagi ishlash aspektlari bilan bog‘liq: ruxsat etilmagan 
monitoring, g‘irromlikni qo‘llash, buzuq niyatda shikast yetkazish, 
noto‘g‘ri qo‘llash, inson xatolari, tasodifiy falokatlar. 
Yuqorida qayd etilgan barcha xizmat ko‘rsatish xarakteristikalari 
tarmoqning ishlash sifatiga, shuningdek funksional imkoniyatlariga 
bog‘liq. Mos keluvchi bog‘lanishlar 3.8-rasmning past qismida chiziq 
liniyalar bilan belgilangan.
Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa 
turi, belgilangan punkt, sutkadagi vaqt va ulanishning davomiyligi nuqtai 
nazaridan to‘g‘rilangan ustama platalar ehtimolligi orqali aniqlanadi.
Trafikka xizmat ko‘rsatish xarakteristikasi (traffic ability perfor-
mance), ma’lum bir parametrga ega bo‘lgan trafikka xizmat ko‘rsatuvchi 
texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta 
guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh uchun terminlar, “Resurslar va qurilmalar” deb ataladi va 
ular hali aniqlanmagan. Umuman olganda rejalashtirish xarakteristikalari 
uchun ta’rif (planning performance), xizmatlarni taqdim etish (provisioning 
performance) va ma’muriy boshqarish yaqin vaqtlarda ishlab chiqiladi.


268 
Ikkinchi guruh, funksional ishonchlilik (depend ability) deb ataladi. 
Bu yig‘ma termin, asosiy ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda 
ishga qobiliyatlilik xarakteristikasida ko‘rsatiladi va to‘rtta muhim 
xarakteristika ajratiladi:
 tayyorgarlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har 
qanday berilgan vaqt oralig‘i lahzasida texnik vositalarni talab qilingan 
vazifani bajarish qobiliyati (agar zarur bo‘lsa mos keluvchi tashqi 
resurslarni qo‘llagan holda); 
 ishonchlilik (reliability) – ma’lum bir sharoitda, belgilangan vaqt 
oralig‘i davomida texnik vositalarni talab qilingan vazifani bajarish 
qobiliyati; 
 qayta tiklanuvchanlik (maintainability) – o‘rnatilgan sharoitda 
texnik vositalarni qo‘llashda xuddi shunday holatda tiklanishini qo‘llab 
quvvatlash, shuningdek, belgilangan jarayon va resurslarni qo‘llash 
yordamida talab qilingan vazifani bajarishi mumkin bo‘lgan texnik xizmat 
ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi
 texnik xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlash (maintenance sup-
port) – texnik xizmat ko‘rsatishni belgilangan qoidalarida, talab bo‘yicha 
ma’lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan 
resurslarni 
qo‘llash 
imkonini 
beruvchi 
ekspluatatsion 
kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi. 
Uchinchi guruhga, signallarni uzatish xarakteristikalari (transmission 
performance) kiradi. Ular ishga qobiliyatli holatda bo‘lgan aloqa tizimi 
orqali uzatilgan, qayta tiklangan signalning sathi kabi aniqlanadi.
ITU-T E.800 tavsiyasida tarqalish muhitining xarakteristikalari 
(propagation performance) ajratilgan. Ular, shu jarayonni sun’iy
boshqarishsiz, belgilangan ulanish bilan signallarni o‘tishini ta’minlovchi 
muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.
Bugungi kunda kanalli kommutatsiyalash va paketli kommutatsiyalash 
tarmoqlari IP-infrastrukturasiga asoslangan tarmoqlarga asta-sekinlik bilan 
birlashmoqda. Bunday tarmoqlar UFTT (umum foydalanuvchi telefon 
tarmog‘i) trafiklari kabi odatdagi Internet trafiklarini ham tashiydi. 
Konvergensiyaning bunday tuzilishi, texnologiyalarni birlashtirish orqali 
tannarxning kamayishiga olib kelishi kabi yangi xizmatlarni yaratish orqali 
industriyaning rivojlanishi yuz beradi. Lekin amalda konvergensiya juda 
sekin amalga oshmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‘rsatish 
sifatini ta’minlash muammolari bilan bog‘liq. 


269 
3.
8
-ra
sm

X
izma
t k
o‘rs
at
is
h s
ifat
i s
oh
as
id
a ter
m
in
lar
ni
tu
sh
un
ti
ru
vch
i IT
U
-T
mo
d
el
i


270 
Odatdagi IP tarmoqlar foydalanuvchilarga taqdim etiladigan tarmoq 
resurslarining mumkin bo‘lgan haqqoniy ulushini sifatli “eng yaxshi 
urinish” (best effort)ni qo‘llaydi. Lekin bularni ishlab chiqarish sathida 
bajarilishi kafolatlanmaydi. 
Best effort prinsipi haqiqiy bo‘lmagan vaqt masshtabida (elektron 
pochta, fayllarni uzatish) ilovalarni qo‘llab quvvatlash uchun yetarli 
darajada samarali va vaqtning haqiqiy masshtabiga yaqin bo‘lgan ilovalar 
(audio/video eshittirish, Web ni ko‘rish) uchun kengaytirildi. Biroq 
foydalanuvchilardan kutiladigan interaktiv ovozli telefoniya va haqiqiy 
vaqtning boshqa ilovalarining sifatini ta’minlash kam ehtimollidir, 
o‘tkazish qobiliyatini chegaralash, paketlarni yo‘qolishiga yoki kechikish 
kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.
Kelajakda, IP-tarmoqlariga asoslangan konvergensiyaning to‘liq 
foydali samaradorligini qo‘llash uchun, IP (VoIP)dan yuqori ovozga ega 
bo‘lgan ko‘p va turli tuman foydalanuvchi ilovalar uchun QoSni 
differensiallashni ishonchli ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lgan resurslarni 
taqsimlashni yangi prinsipini qo‘llash kerak.
QoSni boshidan oxirigacha IP uchun hal qilish, qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan IP/UFTTni muvaffaqiyatli konvergensiyalash imkonini beradi, 
masalan quyidagi uchta qadamni: 
- IP ni ishlab chiqish parametrlarining umumiy majmuasiga nisbatan 
tarmoq provayderlarining shartnomalari va QoS talablarini amalga 
oshirish; 
- terminal uchastkada QoS ning belgilangan talablarini qo‘llab-
quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini tarqatish; 
- kafolatlangan QoS bilan IP-protokollari so‘rovi bo‘yicha 
signalizatsiya protokollarida QoS talablarini joriy qilish imkonini yaratish. 
Oxirgi vaqtlarda IP tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) 
savollari juda dolzarb bo‘lib qoldi, chunki bunday masalalarning hal 
qilinishi kelajakdagi XXI asr aloqa tarmoqlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri 
bog‘liq. 
O‘tgan bir necha yillar davomida IETF tashkiloti doirasida, QoS ni 
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan katta yoki kichik darajadagi bir qancha 
arxitekturalar va mexanizmlar taklif qilindi. Bulardan anchagina taniqli 
bo‘lgani va qo‘llanilgani IntSerf, DiffSerf, MPLS (GMPLS)lar, 
shuningdek majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.


271 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling