Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178
Bog'liq
T

Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy qoidalar 
Tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) ni loyihalashda, istiqbolli 
loyihalash bilan bog‘liq, ishonchlilikni oshirish, ekspluatatsiya va kapital 
xarajatlarni kamaytirish maqsadida, quyidagilarni ko‘zda tutish tavsiya 
etiladi:


370 
- xattoki kichik o‘tkazish qobiliyatli tarmoq uchastkalarida ham 
faqat bir modali optik tolali (OT) optik kabellarni ishlatish; 
- rezerv OTli optik kabellarini qo‘llash; 
- talab 
etilgan 
o‘tkazish qobiliyatli qismda boshlang‘ich 
ma’lumotlarga nisbatan, liniya traktining yuqoriroq tezlikli apparaturasini 
qo‘llash. 
Bir modali optik tolali optik kabellarning yaratilishi va kelgusi 
mukammallashuvi, B*L ifodaning chegaraviy qiymatini keskin oshirish 
imkonini yaratdi, bu yerda V - uzatish tezligi, L - regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligi. Masalan, eng arzon OTli optik kabel uchun L=100 km 
uzunlikda chegaraviy uzatish tezligi STM-16 (30 ming ARK) sathga mos 
keladi. 
Rezerv OTli optik kabellarni yotqizishning maqsadga muvofiqligi 
bir necha afzalliklarga ega. Birinchidan, bu axborotlarni fazaviy 
zichlashtirish deb ataluvchi, istiqbolli rivojlanishga TOUL ning o‘tkazish 
qobiliyati bo‘yicha zahirani ta’minlaydi. Bunda optik kabeldagi OTlar 
sonining 10 martaga ortishi TOUL inshootlariga xarajatning atiga 20 % ga 
oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, bu TOUL ning ishlash ishonchliligini 
oshirish uchun rezerv optik toladan samarali foydalanishni ta’minlaydi. 
Bunda rezerv OTlar ishlatilishi mumkin: 
- ishchi OT o‘rnini bosish uchun, agarda ishchi OT ning parametrlari 
kabelni yotqizish yoki ekspluatatsiya qilishda ruxsat etilgan chegaralar 
doirasidan chiqib ketgan bo‘lsa; 
- SRI TOUL uchun rezerv multipleksorlash ulanishini tashkil etish 
uchun; 
- aloqani uzmasdan optik reflektometrni rezerv OT ga ulash yo‘li 
bilan muntazam rivojlanuvchi rad etishlar sababini aniqlash va 
lokalizatsiya qilish uchun, agar optik kabeldagi hamma OT lar uchun bu 
sabab umumiy hisoblansa (masalan, erning siljishidan optik kabelda 
bukilishlar yuzaga kelishida, ulovchi muftalar buzulganda va h.k.). 
Talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan liniya traktining yuqori 
tezlikli, oxirgi apparatini qo‘llash maqsadga muvofiq. 
SRI TOUL loyihalashda ham yuqori o‘tkazish qobiliyatli 
apparaturani qo‘llashni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. STM-16 sinxron 
multipleksor narxi STM-4 multipleksor narxidan 30-40 % ga qimmat, bu 
ham yana TOUL inshootlariga to‘liq xarajatlarni bir necha foizgagina 
oshishiga olib keladi. Biroq SRI apparaturasining qo‘shimcha o‘tkazish 


371 
qobiliyati, istiqbolli rivojlanishda uzatish tezligini oshirish zaruriyati talab 
etilgunga qadar, tarmoqda rezervlashlarni ishlatish hisobiga ishonchlilik 
ko‘rsatkichlarini oshirish uchun samarali ishlatilishi mumkin. 
SHuningdek, TOUL ni loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish 
kerak: 
- mahalliy birlamchi tarmoqlarda (bir kuchaytirish uchastkali) 
TOUL ni tashkil etish; 
- regional va magistral birlamchi tarmoqlarda ikki qo‘shni tarmoq 
tugunlari o‘rtasida (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL uchastkasini tashkil 
etish, buning uchun zaruriyat tug‘ilganda optik kuchaytirgichlar (OK) ni 
qo‘llash; 
- imkoniyatlariga va vazifasiga bog‘liq holda axborotlarni turli 
zichlashtirish usullarini to‘lqin uzunligi bo‘yicha, vaqt bo‘yicha va fazoviy 
zichlashtirish usullarini moslashuvchan ishlatish. 
Darhaqiqat, TOUT komponentlarining zamonaviy darajasi, birinchi 
avlod (Fabri – Pero lazerlari) nurlanish manbalari qo‘llanilgan, etarlicha 
arzon va kompakt liniya traktining oxirga apparaturalari (LTA) asosidagi 
mahalliy birlamchi tarmoqlarda bog‘lovchi liniyalarni tashkil etishda, bir 
yoki bir necha shaffoflik darchalarida ishlashda barcha mumkin bo‘lgan 
masofalarni bir kuchaytirish uchastkasibilan qoplash imkonini beradi. 
Bugungi kunda LTA ni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina kompaniyalar, 
aloqa vositalari bozorini ko‘zda tutgan holda, qoida bo‘yicha, 
qoplanadigan so‘nishga bog‘liq holda (regeneratsiyalash uchastkasi 
uzunligi 10 dan 150 km gacha), yagona konstruksiyada, lekin turli 
narxlarda LTA ning butun bir oilasini ishlab chiqaradi, bu uning aloqa 
oeratorlari 
tomonidan 
tarmoqlarda 
qo‘llanilishi 
bo‘yicha 
yuqori 
moslashuvchanlikka olib keladi. 
Optik kuchaytirgichlar (OK) ning yaratilishi va ularning LTA 
tarkibida 
qo‘llanilishi 
regeneratsiyalash 
uchastkasining 
maksimal 
chegaraviy qiymatini oshirish imkonini berdi, ya’ni ko‘pgina holllarda 
TOUL trassasini zona ichi – regional va magistral birlamchi tarmoqlarda 
xamroh tarmoq tugunlari orqali loyihalash imkoni yuzaga keldi. 
OK ning kuyidagi uch turi aniqlangan:


372 
OK
1
– to‘yinish quvvatining katta qiymatiga ega uzatish OK, 
bevosita LTA ning optik uzatgichi (OUz) chiqishida signal quvvatining 
sathini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan; 
OK
2
– juda kichik shovqin sathiga ega qabul qilish OK, bevosita 
LTA ning optik qabul qilgichi (OQq) kirishida uning sezgirligini oshirish 
uchun ishlatishga mo‘ljallangan; 
OK
3
– kichik shovqin sathiga ega oraliq OK, uni regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligini oshirish uchun passiv tolaning uchastkalari orasida 
o‘rnatish tavsiya etiladi. 
Turli OK ning qo‘llash mumkin bo‘lgan sxemalari 15.1-rasmda 
keltirilgan. 
OK qo‘llanilgan LTA ning optik ulanish joylari regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligining masofasi bo‘yicha V (very – juda uzun) va U 
(ultra – eng katta uzunlikli) turdagi ulanish joylari tasniflangan. V turdagi 
ulanish joylari UzOK + OK
1
+ QqOK sxemasiga yoki UzOK + OK
2

QqOK sxemasiga U turdagi ulanish joylari esa UzOK + OK
1
+ OK


QqOK sxemalariga mos keladi.
OK ni LTA tarkibida qo‘llash imkoniyati TOUL xizmat talab 
qilmaydigan regeneratsiyalash punktlari (XTQyRP) ning elektr ta’minot 
muammolarini yuzaga kelmaslik imkonini beradi. 
Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish 
malakasi ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat 
etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon 
qadar XTQyRP inshootlarini qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir.
Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT uchun 
OK
3
ni qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki XTQyRP 
ning elektr ta’minoti muammolarini xal etish imkonini bermaydi. Boshqa 
tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK
2
+ OK
1
zanjirni texnologik namoyon 
etuvchi OK
3
tan narxi bo‘yicha STM-4 sathidagi SRI regeneratorining 
narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. Shu sababli juda past tezlikli 
tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni tashkil etish, xizmat talab 
qilmaydigan (OK
3
li) kuchaytirish punkti (XTQyKP) ni tashkil etishga 
nisbatan iqtisodiy jihatdan ustun hisoblanadi. 


373 
1.1-rasm.Turli optik kuchaytirgichlarni qo‘llash sxemalari 
Biroq, OK
3
ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli 
TOUT uchun optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin 
uzunligi 
bo‘yicha 
zichlashtirilgan 
TOUT 
uchun 
barcha 
telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida keskin ortadi. 
Aloqa tarmoqlarining kelgusi rivojlanishida loyihalashda (o‘tkazish 
qobiliyati 
bo‘yicha) 
an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri 
rivojlanishning katta (liniya – kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni yangi 
uzatish liniyasini qurish) va kichik (LTA ni eng yuqori tezlikka 
almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida bosqichlarga 
ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini 
optimallashtirish bu bosqichlarning har birida xarajatlar samaradorligining 
taxlil natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda 
o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini 
optimallashtirish jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga 
olmaslik imkonini beradi. Boshqacha aytganda, rivojlanish davri 
mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda shunday turdagi OT li optik 
kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan rivojlanish davri oxiriga 
TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi kerak. 
UzQ 
ОК

QqQ 
UzQ 
ОК

QqQ 


374 
Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining 
boshida talab etilgan 
o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish 
qobiliyatining katta zahirasiga ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun 
iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar mavjud. 
Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun 
rivojlanish davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni 
yuqori darajada soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, 
mohiyati bo‘yicha kapital xarajatlarni optimallashtirish amalga oshiriladi. 
Vaqt omili rivojlanish jarayonida TOUL ning o‘tkazish qobiliyatini 
bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, bu TOUL ni qurishda 
boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda ekspluatatsiya 
xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi bilan kuzatiladi.
Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni loyihalashda 
axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan 
foydalanishni shartlaydi. 
Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar 
tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda
R
opt
= n·m·B (1.5.) 
ifoda bilan aniqlanuvchi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha optik kabelning 
optimal resursini tanlashdir. Yuqoridagi munosabatda n – OT soni, 
shuningdek, rezerv tolalar soni ham; V – ma’lum L uzunlikli 
regeneratsiyalash uchastkasidagi chegaraviy uzatish tezligi (OT turi, 
apparatura xarakteristikalari va B * Lko‘paytmani oshirish imkonini 
beruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi); m – ma’lum B va L dagi 
optik kanallarning chegaraviy soni (OT turi, apparatura xarakteristikalari 
va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT uchun xarakterli bo‘lgan 
nochiziqli effektlar ta’sirini kamaytiruvchi boshqa imkoniyatlar bilan 
aniqlanadi). 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling