Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Transport tarmog‘ini loyihalashtirish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178
Bog'liq
T

Transport tarmog‘ini loyihalashtirish 
Infokommunikatsiya 
tizimi 
evolyutsiyasining 
boshlang‘ich 
bosqichida kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni 
egallaydi. Umumiy transport tarmog‘ining asosiy resurslari so‘zlashuv 
axborotini eltib berish uchun qo‘llaniladi. Paketlar kommutatsiyasi 
bo‘lgan qurilma umumiy transport tarmog‘i resurslarining kichikroq 
ulushidan foydalanadi. Kanallar kommutatsiyasi tarmoqlaridan paketlar 
kommutatsiyasi 
tarmoqlariga 
so‘zlashuv 
axborotlarini 
uzatish, 
kompressiyalash va kommutatsiyalash masalalarini hal etish uchun media 
shlyuzlar o‘rnatiladi.
Transport tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash 
tarmoqlari (KK va PK) bilan birgalikda qo‘llanilishi kerak. Bu agar ikkala 
tarmoqda ham soatdagi katta yuklama mos tushmagan holatlarda, o‘ta 
yuklanishlarni bartaraf etadi. 
Infokommunikatsiya tizimi evolyutsiyasining oxiridan bitta oldingi 
bosqichida multimediali axborotni eltib berishni ta’minlovchi paketlar 
kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy 
transport tarmog‘ining asosiy resurslari paketlar kommutatsiyasi rejimida 
multimedia li axborotlarni transportlash uchun qo‘llaniladi. Kanallar 
kommutatsiyasi bo‘lgan qurilma endi umumiy transport tarmog‘i 
resurslarining kamroq ulushidan foydalanadi. 


401 
Transport tarmog‘ining o‘tkazish qobliyati katta bo‘lishi kerak, bu 
multimediali trafikda video axborotning mavjudligi bilan izohlanadi. 
Transport tarmog‘i resurslarining bir qismi ikkala kommutatsiyalash 
tarmoqlari tomonidan birgalikda qo‘llanishda davom ettiriladi. 
Telekommunikatsiya tarmoqlarining deyarli barcha operatorlari duch 
keladigan muammolar o‘rtasida, kirish tarmog‘ini keyingi rivojlanishi 
uchun ssenariyni tanlash murakkabligini ta’kidlash kerak. Bunday holat 
juda ko‘p omillarga bog‘liq, ammo infokommunikatsiya xizmatlari 
bozorida talabni bashorat qilishdagi murakkablikni yetakchi deb hisoblash 
mumkin. Shuning uchun telekommunikatsiya tarmog‘i operatori uchun 
bozordagi talabga bog‘liq holda eng kam xarajatlar bilan o‘zgarishi 
mumkin bo‘lgan, tizimli-tarmoqli yechimlar juda katta amaliy qiziqish 
uyg‘otadi. Bunday shartlarni ‘‘Protey-MAK’’ga o‘xshash apparat-dasturiy 
vositalar qanoatlantiradi. Ular operatorlarga texnologiyalarni tanlashga 
talab qo‘ymaydi va xizmatlarning yangi turlarini kiritish jarayonlarini 
to‘xtatib qolmaydi. 
2.5- rasm. NGN arxitekturasi (Recommendation ITU-T Y.1001) 


402 
Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri. 
NGNning fizik arxitekturasi uchta sathni (platformani) o‘z ichiga 
olgan bo‘lib, ular orasida standart interfeyslar qo‘llaniladi, bu esa 
masshtablashtirishni, 
yetkazib 
beruvchilarga 
bog‘liq 
bo‘lmaslikni, 
investitsiyalarni saqlanishini va aloqa operatori uchun foydali bo‘lgan 
boshqa juda ko‘p xossalarning saqlab qolinishini ta’minlashga imkon 
beradi.
Keyingi avlod tarmog‘ining fizik arxitekturasi (8.5-rasm) o‘z ichiga 
quyidagilarni qamrab oladi: 
- transport platformasi; 
- yangi dasturiy-apparat majmualari negizida amalga oshiriluvchi 
boshqarish va signalizatsiya platformasi
- zarur xizmatlar to‘plamini ta’minlovchi serverlar platformasi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling