Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178
Bog'liq
T

Transport platformasi quyidagi sathlarni o‘z ichiga oladi: 
- transport tarmog‘i yadrosi sathi (Core Network, CN), multiservisli 
transport tarmoqlari texnologiyalari negizida amalga oshiriladigan (hozirgi 
vaqtda eng ko‘p ishlab chiqilgan ATM, IP/MPLS/all, IP/VLAN/Ethernet 
texnologiyalari); 
- kirish tarmoqlari sathi (Access Network, AN), hozirgi vaqtda eng 
ko‘p tarqalgan kirish texnologiyalari quyidagilar hisoblanadi: xDSL, 
FTTH, Wi-Fi, Wi-Max, PON. ANda qo‘llaniladigan texnologiyalarning 
xilma-xilligi quyidagi holatlar tufayli yuzaga kelgan: 
- qo‘llaniladigan uzatish muhitlarining xilma-xilligi bilan (ham yangi, 
masalan optik, avval kirish tarmoqlarida qo‘llanilmagan ham eski, masalan 
ko‘p juftlikli telefon kabellari va tor oraliqli simsiz kirish tizimlari); 
- terminallar turlarining xilma-xilligi bilan (avvalgi sodda lekin arzon 
telefon apparatlaridan to barcha xizmatlarni ta’minlovchi ko‘p funksionalli 
terminallargacha). 
Boshqarish va signalizatsiya platformasi yangi dasturiy-apparat 
majmualari 
negizida 
amalga 
oshirilib 
ularga 
Softwitch 
nomi 
(kommutatsiyani boshqarishning moslashuvchan tizimi) biriktirilgan. 
Serverlar 
platformasi 
zarur 
bo‘lgan 
xizmatlar 
to‘plamini 
ta’minlaydi. 
Hozirgi 
vaqtda 
bu 
platformalar 
orasidagi 
o‘zaro ta’sirni 
moslashuvchan holda sozlashga imkon beruvchi universal ochiq 
interfeyslar ishlab chiqilgan. 2.6-rasmda transport tarmoqlarning o‘zaro 
ta’sirlashishni tashkil etish sxemasi keltirilgan.


403 
2.6-rasm. Tarmoqlarning o‘zaro ta’sirlashishini tashkil etish sxemasi 
Mavjud tarmoqlarning (PSTN va PLMN) o‘zaro ta’sirlashishi uchun 
resurslarni MGW shlyuzi taqdim etadi. Chaqiriqlarga ishlov berish 
jarayonida 
signalizatsiya 
protokollarining 
konvertatsiyasi 
SGW 
signalizatsiya shlyuzi tomonidan amalga oshiriladi. Shlyuzlarni boshqarish 
uchun MGS kontrollerlaridan foydalaniladi. 
Dastlab N.323 tasnifi mahalliy tarmoqlarda videokonferensiyalarni 
ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilgan edi. Foydalanuvchilararo yoki bir 
rangli (peer-to-peer) protokolni qo‘llab, intellektual terminalli mijozlar 
intellektual terminaldan foydalanuvchi boshqa mijozlar bilan ulanishni 
o‘rnatishlari mumkin edi. 
N.323 ning keyingi versiyalari Gatekeeper Routed Model ni na’zarda 
tutar edi, unga muvofiq (Gatekeeper) barcha ulanishlarni o‘rnatishda va 
har bir chaqiriq uchun xizmatlar taqdim etishda faol ishtirok etishi kerak 
edi. Bunday modelda N.323 bir rangli protokol hisoblanmaydi. Shlyuz 
o‘ziga ko‘pgina an’anaviy xizmatlarni markazlashtirilgan holda taqdim 
etishni intellektual vazifalarini oladi. 
Multiservisli tarmoq ilmiy tadqiqot markazini “Protey” (2.7-rasm) 
qurilmasini qo‘llab qurilishi mumkin. 


404 
“Protey-MKK” multiservisli kirish kommutatori (MKK), UfTTda 
aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan dasturiy-apparat 
majmuini ifodalaydi. Uning negizida shuningdek korporativ tarmoqlarni 
yaratish va ofislarda aloqani tashkil etish mumkin. Multiservisli kirish 
kommutatori multiservisli aloqa tarmoqlarida Softswich vazifasini
bajaradi, ya’ni paketli tarmoqda so‘zlashuv va multimedia li axborot 
almashinuvini ta’minlaydi. 
Multiservisli tarmoqlarda “Protey-MKK” Ethernet 100 Mbit/s 
interfeysi bo‘yicha transport IP-tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashadi va NGN 
uzellari bilan o‘zaro ta’sirlashishi uchun SIP, H.248/MEGASO 
signalizatsiya protokollaridan foydalaniladi. 10.8-rasmda “Protey-MKK”ni 
qo‘llanishning mumkin bo‘lgan variantlari keltirilgan.
2.7-rasm. “Protey” ITM qurilmasi yordamida qurilgan multiservisli tarmoq 
sxemasi 
“Protey-MKK”ning bitta tizimi negizida sig‘imi 25 ming raqamli 
telefon tarmog‘ini tashkil etish mumkin. Tarmoqni kengaytirish, 
chaqiriqlarga ishlov berishning qo‘shimcha modullarini (Call Processing 
Subsequent, CPS) o‘rnatish yordamida amalga oshirish mumkin. 
“Protey-MKK” multiservisli kirish kommutatori quyidagi turdagi 
qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin: 


405 
- E1interfeyslari bo‘yicha UfTT /IN bilan; 
- E-DSSI; OKS 8 R1/5 protokollar bo‘yicha ATS uzellari, raqamli 
telefon stansiyalar; 
- E-DSSI protokolli bo‘yicha kirish qurilmasi; 
- “Protey-MAK” multiservisli abonent kirish konsentratori; 
- INAP-R protokoli bo‘yicha xizmatlarni boshqarish uzellari (SCP); 
- Ethernet 
100/1000 
Mbit/s 
interfeyslar 
bo‘yicha 
paketli 
kommutatsiyali tarmoqlar bilan
2.8- rasm. “Protey-MKK”ning qo‘llanilish variantlari 
- SIP/SIP-T, H.248/MEGACO protokollari bo‘yicha Softwitch 
bilan; 
- multiservisli kirish qurilmasi bilan, shu jumladan SIP/SIP-T, 
H.248/MEGACO protokollari bo‘yicha “Protey-MAK” multiservisli 
abonent konsentratori bilan; 
- SIP protokoli bo‘yicha proksi serverlar va boshqa SIP-domenlari 
uzellari bilan; 
- Parlay API amaliy dasturlash tizimi yordamida ilovalarning 
serverlari bilan; 
- IP-telefonlar, IP-telefoniya shlyuzlari bilan (shu jumladan “Protey-
ITG” IP-telefoniya shlyuzlari bilan); 


406 
10.9-rasmda “Protey” firmasining dasturiy-apparat vositalaridan 
foydalaniladigan multiservisli tarmoq na’munasi keltirilgan. 
2.9 rasm. Telefoniya foydalanuvchilari, xujjatlarni izlash, rangli 
faks, fayllarni uzatish, videotelefoniya, videoni izlash uchun kirish 
tarmog‘ining tuzilish sxemasi 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling