Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178
Bog'liq
T

Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv SLA (Service Level 
Agreements), telekommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik 

birlamchi parametrlar 

normativlar 
Xizmatlarni taqdim etishda
tayyorgarlik funksiyasi 


252 
kuchaygan sharoitda mijozlarni jalb etish va saqlab qolish uchun juda 
kuchli vosita hisoblanadi. Foydalanuvchilarning so‘rovidan aniqlanishi 
bo‘yicha, bunday kelishuvning natijaviy imkoniyatlari ta’minlovchining 
xizmatlarini tanlashda muhim omillardan biridir. Qisqa qilib aytganda 
SLAning ma’nosi shundan iboratki, xizmatlarni ta’minlovchi va mijozlar 
orasidagi 
shartnomada, 
ta’minlovchi 
tomonidan 
bajarilishi 
kafolatlanadigan xizmat ko‘rsatish sifatiga QoS (Quality of Service) 
bo‘lgan ma’lum bir talablar o‘rnatiladi. 
Agar shu kafolatlar bajarilmasa, xizmatlarni ta’minlovchiga nisbatan 
jarima solinadi. Boshqa tomondan, kafolatlangan sifatni bergan 
ta’minlovchi o‘zining xizmatlarining narxini oshirish imkoniga ega 
bo‘ladi.
Xalqaro tashkilotlar xujjatlari va ta’riflar. Xizmat ko‘rsatish sathi 
bo‘yicha kelishuv xalqaro tashkilotlarning bir qator xujjatlarida ko‘rib 
chiqiladi:
- ITU-T (XEAI-T) E.860 tavsiyasi, “Framework of a Service Level 
Agreement”, 2002y. va E.801 “Framework for Service Quality 
Agreement”,1996 y.; 
- ETSI - qo‘llanmasi EG. 202 009-3 “User Group; Quality of 
telecom services; Part 3: Template for Service Level Agreements (SLA)”, 
2002 y.; 
- Frame Relay Forum - FRF. 13 “Service Level Definitions 
Implementation Agreement”, 1998 y.; TeleManagement Forum (TMF) - 
GB917 “SLA Management Handbook”, 2001 y. 
Bu ro‘yxatlarning ichida eng birinchi ITU-T E.801 yaratilgan. Unga 
“Xizmat ko‘rsatish sathi haqida kelishuv” (Service Quality Agreement, 
SQA) kiritilgan va u o‘zaro bog‘langan operatorlar yoki xizmatlarni 
ta’minlovchilar orasida, oxirgi foydalanuvchilar va boshqa talabgorlarni 
qoniqtirish uchun monitoringning rasmiy dasturlarini kiritish, o‘lchash va 
me’yorlarni o‘rnatish haqida.
Frame Relay Forum o‘zining FRF.13 tavsilotli ro‘yxatida, kadrlarni 
retranslyatsiya xizmati sifat parametrlarini o‘rnatdi va bu parametrlar SLA 
da qo‘llanilishi mumkin. Rasman bu xalqaro xujjatlarda birinchi marta 
ko‘rsatib o‘tilgan. So‘ngra TMF GB917 ma’lumotnomasida va ITU-T 
E.860 tavsiyasi ishlab chiqildi.
E.860 tavsiyasida xizmat ko‘rsatish sifati haqida yangi tushunchalar 
yuzaga keldi (SQA, boshqa nomi QoS Agreement): hozirda u xizmat 
ko‘rsatish sifatiga tegishli bo‘lgan SLA ning qismi kabi qaraladi. Shuning 
uchun ham E.860 tavsiyasida bu ta’rif aniqlashtirilgan va QoS deb atalgan. 


253 
QoS - bu ta’minlovchidan foydalanuvchiga taqdim etilgan xizmat 
ko‘rsatish darajasiga moslik va ular orasidagi kelishuv. 
Differensiallashgan xizmatlar (Differentiated Services, DiffServ) 
modelida qo‘llaniladigan yana bir yaqin tushuncha bor, IETF – tavsilotli 
ro‘yxatidagi xizmat ko‘rsatish sathi (Service Level Specification, SLS). 
Birgalikda xizmat ko‘rsatishni aniqlaydigan bu parametrlar majmuasi 
va ularning qiymati, DiffServ domenida trafiklar oqimiga taqdim etiladi. 
DiffServ modelida QoS ni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan SLS,
SLAning bir qismi bo‘lishi mukin.
Mijozlar bilan o‘zaro bog‘lanishdan tashqari, u chekkadan bu 
chekkaga 
xizmatlarni 
taqdim 
etishda 
qatnashadigan 
xizmatlarni 
ta’minlovchilar orasidagi o‘zaro bog‘lanish ham muhim ahamiyatga ega 
bo‘lishi mumkin.
Bir necha ta’minlovchilar mavjud bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatish 
sifatini ta’minlash juda murakkab bo‘lib qoladi. Bu muammoni yechishga 
oxirgi foydalanuvchi oldida yagona javobgarlik (one-stop responsibility) 
deb ataluvchi tushuncha yordam beradi. Boshqa ta’minlovchilarning 
xizmatlarini qo‘llash 3.3-rasmda ko‘rsatilgan.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling