Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178
Bog'liq
T

Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar. Eng ko‘p 
ishlatiladigan xizmatlar bu individual mijozlarga ko‘rsatiladigan 
xizmatlardir. Shu bilan birga aloqa operatorlari va korporativ mijozlar 
uchun xizmatlar bozori, xizmatlarni umumiy sonda sotish hisobiga katta 
foyda olib kelishi mumkin. Shu tarzda, barcha uchta mijozlar segmentlari 
uchun xizmatlar to‘plamini baholash zarur.
Individual mijozlar uchun: 
- telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish
- qo‘shimcha narxlarga ega bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarni 
ko‘rsatish.
Aloqa operatorlari uchun (hududiy va xalqaro): 
- xalqaro operatorlarning trafigining tranzit/terminatsiyasi; 
- shaharlararo operatorlarning trafigining tranzit/terminatsiyasi; 
- IP-telefoniya trafigining tranzit/terminatsiyasi; 
- telefoniya va IP-telefoniya (clearing house) operatorlari orasidagi 
o‘zaro hisob kitob xizmatlarni taqdim etish; 
- telefon va IP-telefoniya operatorlari uchun xalqaro ulanish 
shlyuzlarini tashkillashtirish; 
- narxlar qo‘shilgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish (intellektual 
xizmatlar). 
Korporativ mijozlar uchun (davlat tashkilotlari, tijorat tashkilotlari va 
boshqalar): 
- telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish; 
- “tovushli VPN”ni tashkillashtirish; 
- xalqaro (shaharlararo) ulanish xizmatlarini tashkillashtirish; 


243 
- narxlar qo‘shilgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish (intellektual 
xizmatlar). 
Bu yyerda ajratilgan kanallarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan 
telefon xizmatlari haqida alohida gapirilmayapti. 
Ma’lumotlar uzatish xizmatlari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, aloqa 
xizmatlarini tizimlashtirish bir muncha qiyinchiliklar yaratadi. Bunda 
ma’lumotlar uzatish xizmatlarini tartiblash ham oson bo‘lmaydi, chunki 
ularni turli xil klassifikatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Aloqa xizmatlari 
klassifikatsiyasining turlaridan biri axborot uzatish turi bo‘yicha 
xizmatlarni ajratish (kontent): 
- ATM protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati; 
- FR protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati; 
- IP va boshqa protokollar bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati. 
Biroq 
yuqoridagi 
ro‘yxat 
telekomunikatsiya 
tarmoqlari 
va 
qurilmalari bilan amalga oshiriladigan asosiy, formal funksiyalarni 
tavsiflaydi. Bu bo‘limda xizmatlarni axborot almashish turi bo‘yicha 
tizimlashtirish taklif etiladi. Bu holda xizmatlar nomenklaturasi yuqorida 
ko‘rsatilgan asosiy xizmatlarni kombinatsiyalashni amalga oshiradi va u 
quyidagi asosiy xizmatlardan tashkil topgan:
- IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida magistral aloqa tarmog‘i 
xizmatlari va resurslariga ulanishni taqdim etish; 
- IP, ATM, FR, X.25 protokollari bo‘yicha ma’lumotlar trafigi bilan 
almashish; 
- IP, ATM, FR , X.25 trafigining tranziti; 
- IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosida virtual xususiy 
tarmoqlarni tashkil etish. 
Bundan tashqari, ma’lumotlar uzatishga asoslangan xizmatlar 
mavjud: 
- ajratilgan kanallar xizmatlari, N*64 Kbit/s, E1, E3 tezlikdagi 
raqamli kanallarni ijaraga berish; 
- keng polosali videokonferensiyalarni tashkil etish xizmatlari
- tele va radioeshittirish dasturlarini taqsimlash tarmog‘ini tashkil 
etish xizmatlari. 
Oxirgi yillarda ma’lumotlar uzatish xizmatlarining eng ko‘p 
qo‘llaniladigani, IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati 
hisoblanadi. Bu xizmatlarning ko‘p tarqalishi Internetning va uning 
asosida taqdim etiladigan xizmatlarning tarqalishi hisoblanadi (oxirgi 
foydalanuvchilar va Internet provayderlar resurslariga ulanish, elektron 
savdo xizmatlari va boshqalar). Biroq Internet xizmatlarining keng 


244 
qo‘llanilishining oshishi, ushbu xizmatlarni yetkazib beradigan aloqa 
operatorlarining foydasi ko‘payishidan dalolat bermaydi va bu Internet 
xizmatlari yetkazib beradigan tariflarning narxlarini tushib ketishiga olib 
keladi. Bundan tashqari odatiy muammolar: aholidan kam foyda kelishi va 
hududiy kompaniyalarning noodatiy siyosati. Buning oqibatiga aholining 
katta qismi Internet xizmatlarining doimiy foydalanuvchilari bo‘lib 
hisoblanadilar.
Biroq Internet xizmatlari bozori yetarlicha istiqbollidir, shuning 
uchun Internet xizmatlarini taqdim etish, boshqa ma’lumotlar uzatish 
xizmatlarini taqdim etish bilan bir qatorda yagona multiservisli aloqa 
tarmog‘i asosida tashkil etilishi zarur. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling