Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlar klassifikatsiyasi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
Bog'liq
T

Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlar klassifikatsiyasi 
(kontent). Ushbu usulga mos ravishda xizmatlar klassifikatsiyasi 
quyidagilarga bo‘linadi: 
- telefon (va videotelefon) xizmatlari; 
- ma’lumotlar uzatish xizmatlari; 
- keng eshittirishli xizmatlar; 
- ajratilgan kanallarning xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar 
turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar); 
- infrastrukturali xizmatlar. 
Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushunish mumkin. 
Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday mijozlar bilan 
interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual mijozlar 
bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida qayd etilgan va uyali telefon 
aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ushbu 
turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish xizmat turi 
(videotelefoniya) ajralib chiqmoqda. Masalan, bu xizmatlarning asosiy 
turlaridan biri videokonferens aloqa hisoblanadi.


238 
Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasida telefon 
va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. 
Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan 
ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan 
chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallar kommutatsiyasi bilan 
bog‘liq. 
Telefon xizmatining asosiy hisob birligi “ulash minuti” hisoblanadi 
va bu tarmoqning infrastrukturasiga (TDM, VoIP), mijoz turiga 
(subprovayderlarga va korporativ mijozlarga “minutlar” ulgurji sotilishi 
mumkin) va ulanish turiga bog‘liq emas. Qo‘shimcha hizmatlar (masalan, 
intellektual tarmoq xizmatlari) ham “minut” birligi sifatida hisoblanadi. 
Trafikni “chegaralanmagan” tariflash xizmat turlari ham uchrab turadi. 
Agar minut bo‘yicha tariflash xizmati operator tomonidan olib borilmasa, 
telefon xizmatlariga berilgan xizmat mezonlariga bog‘liq holda operator 
tarmog‘ida telefon kanalini kommutatsiyalash amalga oshirilishi mumkin. 
O‘z navbatida ma’lumotlar uzatish xizmatlari IP, ATM, FR, X.25 va 
boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bu xizmatlar abonentni manzil 
(kommutatsiyalash) bilan ulashni amalga oshiradigan paketlar sarlavhasini 
tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. 
Hisoblashlar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, 
ya’ni bilvosita yoki bevosita o‘lchash amalga oshiriladi, masalan, xizmat 
ko‘rsatish sathi haqida kelishuv 
(SLA) 
asosida yoki kanal sig‘imi va uni 
ishlatish vaqtiga bog‘liq uzatilayotgan trafikdan kelib chiqqan holda 
amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish ko‘p protokolli ma’lumotlar uzatish 
muhitidan foydalanilgan holda taqdim etilganda va tarmoqda ko‘p turdagi 
trafik mavjud bo‘lganda xizmat turini “ajratish” oson bo‘lmaydi, ya’ni 
ulardan o‘tayotgan trafik qismini belgilash oson bo‘lmaydi. Bularni IP – 
paketlari, ATM – yacheykalari, FR va X.25 kadrlari asosida hisoblash 
oson bo‘ladi. Bu hisoblashlarning natijalarini foydalanuvchiga ishlatilgan 
pul qiymati sifatida uzatiladi. Ko‘p protokolli tarmoqda trafikning 
tarifikatsiyasi mavjud bo‘lmagan holatda, xizmat turini ajratilgan kanallar 
xizmati turiga kirgizishimiz mumkin.
Keng eshittirishli xizmatlar bir vaqtda ko‘p sonli mijozlarga 
ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni taqdim etadi. Unga birinchi 
navbatda tele va radio eshittirishlar kiradi. Hozirda bu xizmat turlarini 
kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu harakatlar tufayli interaktiv 
televideniya vujudga keldi.
Ajratilgan kanallar xizmatlari orqali ma’lumotlar yetkazib berish tarif 
siyosatiga ega kanallarni taqdim etadi. Bu siyosatda trafikning turi, 


239 
qiymati va kanalni ishlatish darajasi hisobga olinmaydi. Turli xil tariflarni 
farqini, kanalning turi va uning eng katta o‘tkazuvchanlik qobiliyati 
bo‘yicha ajratish mumkin.
Mijozlarga ma’lumotlar yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
xizmatlarni infrastrukturali xizmatlar deb atash mumkin. Bu xizmat 
turlariga misol tariqasida infrastrukturani (qurilma yoki joy) ijaraga 
berishni va turli maslahatli xizmatlarni olish mumkin. Bundan tashqari bir 
turdagi ish ham bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqa operator yoki 
korporativ mijozning telekommunikatsiya tarmog‘ini loyihalash yoki 
qurish.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling