Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
2.13-rasm. Ethernet texnologiyasining rivojlanish bosqichlari 226 Texnologiyalarning nomidagi “ko‘p protokollilik” shuni anglatadiki, MPLS – inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‘plamini tashishi mumkin (2.15-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar qatoridagi tarmoqlar ko‘p sathli model asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi sathning kommutatsiyalanuvchi topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida ishlaydi. Ikkinchi sathning kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi. Shunday qilib, MPLS - bu Internet tarmog‘ini evolyutsion rivojlantirish yo‘lida uning infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) sathlari vazifalari integratsiyasi yo‘li bilan soddalashtirish tomoniga qo‘yilgan qadamlardan biridir. 2.14-rasm. IP-tarmoqlarda MPLS texnologiyasi va OSI/ISO modeli MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni boshqarish vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi komponentlarni jo‘natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab chiqish va modifikatsiyalash imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab shundan iboratki, bunda boshqariladigan komponentni uzatib beruvchi, komponentga axborotli paketlarni jo‘natish jadvali orqali uzatishi mumkin bo‘lsin. Boshqariladigan komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan axborot almashishi uchun marshrutlashtirishning standart protokollarini (JCPF, IS-IS, BGP-4) ishga tushiradi. Shu axborot asosida avval marshrutlashtirish jadvali, keyin esa har bir interfeysdagi qo‘shni tizimlar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda paketlarni jo‘natish jadvali shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi paketni olganda jo‘natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil qiladi, jo‘natish jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish 227 interfeysiga yo‘naltiradi. Deyarli barcha ko‘p sathli kommutatsiya tizimlarining jo‘natuvchi komponenti, shu jumladan, MPLS ham paketlarning ketma-ket belgilaridan foydalanishga asoslangan. Belgi – bu paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi qisqa maydondir. MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin: - ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini; - operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy marshrutlar bo‘yicha tezkor siljitish; - virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish; - resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan holda yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling