Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari.
Ethernet texnologiyasi. Hozirda ko‘pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi
Ethernet texnologiyasi bo‘yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet texnologiyasini farq qiluvchi xususiyati uni ikkita sath bo‘yicha ajratishdir: muhitga ulanish bilan boshqarish (Media Access Control, MAC) va logik kanal bilan boshqarish (Logical Link Control, LLC). MAC sathi muhitga ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi stansiyalar adresini aniqlaydi, shuningdek fizik muhitni birgalikda qo‘llanilish vazifasini qo‘llaydi. LLC sathi quyidagi xizmatlarni qo‘llaydi: 224 - ulanishni o‘rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko‘rsatish; - ulanishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish; - ulanishni o‘rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko‘rsatish. Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish hisoblanadi. Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha kamaytirish imkonini beruvchi afzallik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda o‘ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik sathda DWDM texnologiyasini qo‘llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet texnologiyasi zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq texnologiyasi tarkibiga kirgan. OTO‘B/OSI modelida GE standarti kanal va fizik sathga mos keladi. Ethernet ustidan ovoz, ma’lumotlar, videoni uzatish mumkin. Ko‘p adresli texnologiya har bir foydalanuvchiga chegaralanmagan sondagi televizion va telefon kanallarni yetkazish imkoniga ega, ma’lumotlar uzatish muhitining tezligi sekundiga yuz megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga ulanish imkonini ta’minlaydi. MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko‘rinishlarini birlashtirishga imkon beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog‘ini va yagona signalizatsiya tizimini tashkil etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda “Multiprotokol Label Switching - MPLS” (belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiyalash) telekommunikatsiya texnologiyasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur texnologiya IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va ATM tarmoqlarida qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni saqlab qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP- over-ATM arxitekturasiga tegishli bo‘lgan barcha yaxshi xususiyatlarni (samarali multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori unumdorlik) saqlab qolishga imkon beradi va shu bilan birga u tarmoqlarning miqyosini yanada qo‘proq orttiradi, ularni qurishni va foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham muhimki, MPLS faqat ATM bilangina qo‘llanilmasdan, balki kanal darajasidagi istalgan boshqa texnologiya bilan birga qo‘llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi X.25, Frame Relay tarmoqlarida qo‘llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari yordamida olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‘g‘risidagi axborot 225 asosida yo‘llarni tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki IP/WDM texnologiyalari asosida Internet tolali-optik magistrallarini keyingi avlodiga o‘tishni soddalashtiradi. MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‘p protokolli tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS o‘zida kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‘lgan trafikni boshqarishni, tarmoq darajasidagi protokollarning miqyosliligi va moslashuvchanligini mujassamlashtirgan. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling