Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinxron raqamli ierarxiya.
Tolali optik kabellar. Multiservisli tarmoq haqidagi zamonaviy
tushuncha abonent terminaligacha yoki oraliq tugallanishgacha (gibrid usul tola-mis) qo‘llaniluvchi tolali-optik kabellar bilan uzluksiz bog‘liq. Optik tolalarda yorug‘lik nurini aks qaytish effekti qo‘llaniladi. Tola silindr yoki to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda ishlab chiqariladi. To‘g‘ri burchakli tolalar mikrosxemalarda, silindr ko‘rinishidagi tolalar kabellar asosida qo‘llaniladi (2.8-rasm.). Ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan kabellar quyidagi talablarga javob berishi kerak: - narxining nisbatan pastligi; 217 - talab etilgan o‘tkazish oralig‘i; - ulanish uchastkalarida so‘nishning kichikligi; - nurlanish manbalari va qabul qilgichlar bilan oddiy ulanish; - turli haroratlarda ishlashi; - namlikka, bosimga va tebranishlarga chidamlilik. 2.7-rasm. Optik tolalarning tuzilish namunasi Optik kabellar ulanish tarmoqlarida qo‘llanilishiga qarab obyekt, taqsimlagich va magistral turlarga ajraladi. Obyektlarda qo‘llaniladigan optik kabellar (abonent liniyasi) 1-2 tolali ko‘rinishda tayyorlanadi (2.9- rasm). 2.8-rasm. Obyektda qo‘llaniladigan kabellarning tuzilish namunasi Magistral va taqsimlagich liniyalar uchun modulli, lentali va profillashtirilgan tuzilishli kabellar qo‘llanilishi mumkin. Tolani erkin yotqazish mexanik va termik ta’sirlarni kompensatsiyalash imkonini beradi. Bu tolalarning tuzilishi 2.10-rasmda keltirilgan 218 2.9-rasm. Optik kabellarning tuzilishi: a) tolali taqsimlovchi optik kabel; b) 20 ta tolali taqsimlovchi optik kabel; v) profil o‘zakli 12 ta tolali optik kabel Sinxron raqamli ierarxiya. Hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash qurilmalari qo‘llanilmoqda. Birinchi bo‘lib mahalliy birlamchi tarmoqning raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari. So‘ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan PDH-RUT IKM- 120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va qo‘llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to‘liq demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH tizimlarida bu masalani bajarish oddiy. Bu yyerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida amalga oshiriladi. 219 2.10-rasm. PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish / birlashtirish jarayonlarini qiyoslash ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52 Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘ylab signallarni transportlash uchun mo‘ljallangan, standartlashtirilgan axborot tuzilishining yig‘indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-jadval). 2.2-jadval STM-N ning raqamli hajmi SDH sathlari 1 2 3 4 5 STM turi STM-1 STM-4 STM-16 STM-64 STM-256 B, Gbit/s 0.155 0.622 2.5 10 40 N E1 63 252 1008 4032 16128 N ARK 1 890 7 500 30 000 120 000 480 000 Izoh: B-uzatish tezligi; E1(N E1 )-birlamchi raqamli oqimlar soni; N ARK - asosiy raqamli kanallar soni. 220 SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi: - har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa liniyasi; - qurilmalarni, qurilma bog‘lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani avtomatik zahira liniyaga o‘tkazish; - TMN boshqarish tarmog‘i yordamida transport tarmoqni qayta tuzish imkoni. SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‘llash hisoblanadi (2.12-rasm). 2.11-rasm. Bir yo‘nalishli halqa Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‘nalishi orqali uzatiladi. Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‘lsa, o‘sha uchastkadan aylanib o‘tish zahira yo‘l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu zamonaviy axborot tarmog‘ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori sifatli transport aloqa tarmog‘idir. SDH quyidagilarga imkon beradi: - ko‘p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi; - regeneratorlarsiz liniya traktini qurish; - kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‘llash hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish; - operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq tuzilishi; - tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi; - ATM texnologiyasini qo‘llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli tarmoq qurish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling