Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi. Ikki yo‘lli liniyalar peregonlarining to‘g‘ri uchastkalarida yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa 4100mm kam, ko‘p liniyali uchastkalarda 5000mm dan kam bo‘lmasligi kerak, bu ishchilar xavfsizligini ta’minlaydi hamda yo‘l ishlarini olib borishda joy tangligini kamaytiradi. Stansiyalarning to‘g‘ri uchastkalarida qo‘shni yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa 4800mm kam bo‘lmasligi, ikkinchi yo‘llar va yuk xududlari yo‘llarida – 4500mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Egriliklarda qo‘shni yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa yonma–yon harakatlanuvchi sostavlar oralig‘i to‘g‘ri yo‘ldagidan kam bo‘lmasligi uchun A 0 o‘lchamga kattalashtiriladi. Yo‘llar oralig‘i kengaytirilishi kerak, chunki ekipajlarning uchlari va o‘rtalari egriliklarda tegishlicha egrilikdan tashqariga hamda uning o‘rtasi tomon suriladi. Bundan tashqari, qo‘shni yo‘llarda harakat tezliklari har xil bo‘lganligi, shu jumladan, egrilikning tashqi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan poyezdni to‘xtashi sababli, hamda tashqi iz relslari ko‘tarilishini bir tekisda bo‘lmaganligi uchun, ekipajlarni ko‘ndalangiga og‘ishi ham bir xil bo‘lmaganligi sababli ekipajlar orasidagi masofa yana ham qisqarishi mumkin. Shuning uchun kengaytirish kattaligi A 0 egrilik radiusi va tashqi izlar ko‘tarilishining funksiyasi bo‘ladi. Yo‘llar oralig‘i turli usullar bilan kattalashtirilishi mumkin. Usullardan biri bo‘yicha yo‘llar oralig‘i 4,1m dan 4,1 + A 0 gacha kengaytiriladi, har bir o‘tish egri chizig‘i oldidan yo‘lning to‘g‘ri qismiga qo‘shimcha ravishda S–simon egriliklar qo‘shiladi (rasm 1,a). Bu usul juda kam qo‘llaniladi, chunki uning muhim kamchiligi bor: suriladigan yo‘lda katta radiusli asosiy egriliklarning ham ikkala tomonida ikkitadan egriliklar hosil bo‘ladi. Boshqacha usul (turli xil surish usullari (sposob raznыx sdvijek)) tashqi va ichki yo‘llar o‘tish egriliklarining turli xil S parametrlari qo‘llanishidan iborat. Tashqi yo‘lning o‘tish egri chizig‘i odatdagi usulda quriladi, ichki yo‘l egri chizig‘ining S parametri esa ichki doiraviy egri chiziqning siljishi R v (rasm 1,b) tashqi yo‘l egri chizig‘i surilishi plyus A 0 ga teng qilib tanlanadi, ya’ni Ikki yo‘lli liniyalarda yo‘l oraliqlarini kattalashtirish sxemalari Ichki yo‘lning o‘tish egri chizig‘i tashqi yo‘l egriligidan katta bo‘lib qoladi. Yo‘l surilishi teng: Bundan P v = Rn + A 0 bo‘lgani uchun, quyidagini olamiz: Ichki yo‘l o‘tish egri chizig‘ining parametri Egri chiziqni rejalash mumkin bo‘lishi uchun, ichki yo‘lga tegishli shart bajarilishi kerak. 1 Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling