Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan
Download 1,42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
Tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan
umumiy talablar Tezyurar va katta tezlikdagi liniyalarning infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar yuksak darajadagi xavfsizlik, umuman yo‘l konstruksiyasi va uning elementlari ishining ishonchliligi, yo‘lovchilarning safar davomidagi qulayligi, atrof muhitga minimal zarar yetkazish kabilarni ta`minlash zarurati bilan belgilanadi.Ko‘rib chiqamiz – tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari in-fratuzilmasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish va qabul qi-lish borasida Yevropa Ittifoqi (ES) mamlakatlari so‘nggi o‘n yillik davo-mida qaysi yo‘ldan bormoqdalar. Umuman temir yo‘l harakatining, hamda, tezyurar temir yo‘l harakatini tashkil etish me`yoriy bazasini birxillash-tirish (unifikatsiya) ES mamlakatlari temir yo‘l transporti faoliyatidagi eri-shilgan sezilarli yutuqlardan biri bo‘lib qoldi. Yevropa komissiyasi tezyu-rar temir yo‘l qatnovini joriy qilishdagi qurilmalarning texnik mutanosib-ligi (uyg‘unligi) bo‘yicha hujjatlar turkumini tasdiqladi va chop ettirdi.Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tezyurar magistrallarini loyihalashti-rish, qurish, ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatishga oid me`yor va qoidalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib 1996 yilning 23 iyulida 96/48/EC-raqam ostida qabul qilingan «Trans Yevropa tezyurar temir yo‘l tizimlarining foydalanish (ekspluatatsiya) uyg‘unligi (совмецимость) to‘g‘risidagi» /4/ Ittifoq Direktivasi (qonuni) xizmat qiladi.Mazkur Direktivani qabul qilishdan maqsad Yevropa tezyurar temir yo‘l tarmog‘ining uni loyihalashtirish, qurish, muntazam ravishda foyda-lanishga kiritish va foydalanish(ekspluatatsiya)ning turli bosqichlarida uning uyg‘unligiga erishishdan iborat.Direktiv qoidalar komponentlar, interfeyslar va amaliyotlarning temir yo‘l tarmog‘i uyg‘unligi (moslashuvchanligi)ni ta`minlash va kafolatlash uchun zarur va adekvat bo‘lgan ko‘rsatkichlariga oid. Tarmoq infra tuzilma yig‘indisi, statsionar qurilmalar va harakatlanuvchi tarkibdan, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish me`yor va qoidalaridan iborat bo‘lgan tizim sifatida belgilanadi.Direktivada aytilishicha, ES a`zolari bo‘lgan mamlakatlar Yevropa tez-yurar (katta tezlikdagi) temir yo‘l tarmog‘ining uyg‘unligini (mutanosibli-gini) ta`minlash uchun hujjatda bayon etilgan barcha talablarga rioya qili-shi shart.Xavfsizlik, ishonchlilik, inson sog‘lig‘i, atrof muhit muhofazasi va foydalanishning texnik mutanosibligini ta`minlaydigan talablar umumiy ko‘rinishda III Ilovada belgilab berilgan /4/.Direktiv qoidalar har bir kichik tizimning asosiy elementlarini qamrab olgan «Ekspluatatsiya (foydalanish) mutanosiblik (uyg‘unlik) texnik shart-lari» (Technical Specification for Interoperability– TSIs) shaklida bayon etilgan. Ularda shuningdek qaysi komponentlar mutanosiblik (uyg‘unlik) nuqtai nazaridan kritik ekanligi belgilab berilgan. 2004 yilda TSIs me`yor va talablari ishlab chiqilishi va qayta ko‘rilishi uchun javobgar bo‘lgan Yevropa temir yo‘l agentligi (Yeropean Railway Agency) yaratildi.Direktiva uch bosqichli tuzilmaning asosini tashkil qilib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ‒ Yevropa yuqori tezlikdagi magistrallar tizimiga taqdim etiladigan asosiy talablarni o‘z ichiga olgan Direktivani; ‒ Direktivada bayon etilgan amaliyotlarga muvofiq qabul qilinishi kerak bo‘lgan moslashuvchanlik(uyg‘unlik)ka qo‘yiladigan asosiy talablar (TSIs); ‒ Yevropa standartlashtirish tashkilotlarining barcha boshqa tegishli hujjatlari: CEN, CENELEC i ETSI3. Transyevropa tezyurar tarmog‘i ko‘plab kichik tizimlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning faoliyati va o‘zaro birgalikdagi ishi alohida qoidalar yorda-mida ta`minlanadi. Shu jumladan Yevropa Ittifoqi a`zosi bo‘lgan davlat-larni ham uning kichik tizimlari qatoriga kiritish mumkin.Direktiva shu bilan birga azon davlatlar, uskunalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va vakolatli organlarning vazifalari va vakolatlari taqsimotini amalga oshiradi.Direktiva yuqori tezlikdagi magistrallar texnik jihozlarining texnik mu-vofiqligiga (interoperabelliligiga) qo‘yiladigan talablarning talab darajasi-da bajarilishiga oid muayyan tafsilotlarni, ularning EK hududida foyda-lanishga kiritishga ruxsat etish amaliyotini va zarur talablar va TSIs ga muvofiq EK deklaratsiyasini tekshirish amaliyotini, shuningdek vakolatli organlar roli va ular orasidagi hamkorlikni bayon etib, tushuntirib beradi.Maslahat qo‘mitasi Direktivani amalga oshirish va qo‘llash bilan bog‘liq har qanday msalalar bo‘yicha Qo‘mitaga ko‘maklashadi.O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida, Yevropa Ittifoqi mamla-katlaridagi mavjud bo‘lgan, tezyurar (katta tezlikdagi) magistrallardan foydalanish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar va asboblardan to‘liq hajmda yoki qisman foydalanish faqat 96/48/EC Direktivasi va uning asosida yaratilgan hujjatlarga O‘zbekistonda amaldagi shunga o‘xshash me`yoriy hujjatlar muvofiq kelganidagina mumkin bo‘ladi.Qayd etish lozimki, ES tarkibiga kirmagan, ammo tezyurar magistral-lari bo‘lgan: Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, AQSh, Xitoy kabi mam- lakatlarda tezyurar magistrallar, ularning komponentlari va qurilmalarini ishlab chiqish, loyihalashtirish, qurish, ishlab chiqarish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ta`minlaydigan o‘z me`yoriy bazalari ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Yaponiya va AQSh da ushbu me`yoriy baza mustaqil ishlanmalar natijasida shakllangan bo‘lib, ba`zi masalalarda ES me`yorlaridan farq qiladi. Janubiy Koreya tezyurar magistrallarni Fransiyaning, Tayvan esa Yaponiyaning ta`sirida yaratgan bo‘lsa, Xitoy tezyurar temir yo‘l harakati sohasidagi bir necha yetakchi mamlakatlar tajribasini muvaffaqiyat bilan jamlab, o‘z sharoitlariga moslashtirdi.O‘zbekistonning qator davlat tuzilmalari va «O‘zbekiston temir yo‘l-lari» AJ mutaxassislari hozirgi kunda EK va boshqa mamlakatlar yuqori tezlikli temir yo‘l transporti me`yoriy bazasini o‘rganib, asosiy kompo-nentlarini texnik jihatdan ilg‘or mamlakatlarda qo‘llanadigan baza bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan mahalliy me`yoriy bazani yaratmoqdalar.O‘zbekiston Respublikasida jahon tajribasini o‘rganish va tahlil qilish asosida, shuningdek Rossiya Federatsiyasi tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish me`yoriy bazasiga asoslangan holda quyidagi me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va amal qilmoqdalar: ‒ VSN 448-N «Yuqori tezlikdagi Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi infratuzilmasi. Umumiy texnik talablar» /5/ idoraviy texnik ko‘rsatmalar; ‒ VSN 450-N «Loyihalashtirish va qurish bo‘yicha idoraviy texnik ko‘rsatmalar. 1520 mm li temir yo‘l koleyasi» /6/; ‒ VSN 354-N «1520 mm koleyali temir yo‘l yer polotnosini loyihalashtirish bo‘yicha idoraviy texnik ko‘rsatmalar» /7/. Bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasida tezyurar va katta tezlikdagi harakatni tashkil qilishning asosiy me`yoriy bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Download 1,42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling