Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Strelkali o‘tkazgichlar asoslari
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
3.Strelkali o‘tkazgichlar asoslari
Strelkali o‘tkazgichlar asoslari sifatida bruslar, plitalar yoki monolit temir beton konstruksiyalar qo‘llanadi. Strelkali o‘tkazgichlarning aksariyati uchun asos sifatida yog‘och, temir beton yoki metall bruslar xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” da ctrelkali o‘tkazgichlarning ko‘pchiligi yog‘ochli va temir beton bruslarda o‘rnatilagan. Yog‘och bruslardan tashkil topgan asoslar boshqa turdagi asoslarga nisbatan ularning afzalligi ishlab chiqish usuli soddaligida, o‘lchamlarining universalligida, yo‘l va ctendlarda strelkali o‘tkazgichlarni yig‘ish ishlarini deyarli osonligida, vazni kichikligida, rels izlari elektr o‘tkazmasligi nisbatan oson amalga oshirilishida, yo‘lning o‘rtamiyona bikirligikda ushlab turishida. Strelkaning o‘tkazuvchi qo‘l mexanizmi joylashgan ikkita o‘tkazish bruslari flyugar (flyugarochnыy) deb nomlanadi. Oddiy o‘tkazgichlarda ularning uzunligi 4.5m. Tutashtiruvchi (bo‘ylama) tyagalar ostiga tayanchlarni o‘rnatish uchun, uzunligi 3.5m li ikkita brus, shu tyaganing oraliq tayanchi ostiga esa bitta brus yotqiziladi. Temir beton bruslardan foydalanish hollari muvaffaqiyatliroq bo‘ldi (rasm 7.2). Ular diametri 3mm davriy profilli o‘ta mustahkam po‘lat sim ko‘rinishidagi oldindan zo‘riqtirilgan armaturali temir betondan ishlanadi. Rasm. 7.2. Temir beton brusning ko‘ndalang kesimi Bunday bruslarga ega strelkali o‘tkazgichlarda zarur elastikligini ta’minlash uchun, tagliklar ostida qayishqoq qistirmalardan foydalanish kerak. Temir beton brusli o‘tkazgichlarni yuqori aniqlik bilan o‘rnatish kerak, chunki strelkali o‘tkazgichlarni to‘g‘rilash – ayniqsa tarh bo‘yicha – og‘ir va murakkab ishdir. Bunday o‘tkazgichlarni montaji ham yuqori aniqlikda olib borilishi kerak. Ularni qisman qistirmalar yordamida to‘g‘rilash mumkin. Bu usulning imkoniyatlari tugagandan so‘ng, to‘g‘rilash qistirmalari olib tashlanadi va tuzatish ballastni urib zichlash usuli bilan to‘g‘rilash ishlari olib boriladi. Temir beton brusli strelkali o‘tkazgichlar – istiqboli bor konstruksiyadir. Ular bosh hamda qabul qilish–jo‘natish yo‘llarida keng qo‘llaniladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling