Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar
Tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarni tiklashning maqsadga mu-vofiqligini belgilab beradigan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyida-gilarni kiritish mumkin: ‒ aholi soni va uning o‘zgarishga moyilliklari: aholi soni qancha ko‘p bo‘lsa, yo‘lovchilar tashish bozori, shu jumladan katta tezlikdagi tashishlar segmenti ham shuncha katta; ‒ mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiyotining rivojlanishi; ‒ aholining urbanizatsiyalashish darajasi: shaharlarda aholi qancha ko‘p jamlangan bo‘lsa, temir yo‘ldagi katta tezlikdagi tashishlarga talab shuncha katta bo‘ladi; ‒ aholining moddiy turmush darajasi: u naqadar yuqori bo‘lsa, nisbatan qimmat katta tezlikdagi tashishlarga ehtiyoj shu qadar katta bo‘ladi; ‒ turizmning rivojlanishi; ‒ xalqaro ishbilarmonlik aloqalarining rivojlanishi va qator boshqa omillar. Turli mamlakatlarda amalga oshirilgan yuqori tezlikdagi magistral lo-yihalari samaradorligi tahliliga bag‘ishlanib chop etilgan xorijiy tadqiqot-larda qayd etilishicha, yuqori tezlikdagi magistrallar qurilishi uchun mo‘l-jallangan transport yo‘lagi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarga ega bo‘-lishi talab etiladi. Yuqori tezlikdagi magistralning hududi atrofidagi aholi-ning umumiy soni kamida 20-25 kishi bo‘lishi, yuqori tezlikdagi temir yo‘llardan foydalanish boshiga kelib mazkur transport yo‘lagida yuzaga kelgan umumiy yo‘lovchilar oqimi esa (har ikki yo‘nalishda), kami bilan yiliga 5-6 mln. yo‘lovchini tashkil etishi lozim. Mamlakat hamda transport yo‘laklarining muayyan hududlari taraqqiyotining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu bilan birga ular yaqinida yashaydigan aholining moddiy ahvoli yuqori tezlikdagi magistrallar muvaffaqiyatini belgilab beradigan jiddiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Yo‘lovchilar oqimining nomi keltirilgan omillar bilan bog‘liqligi istiqboldagi yo‘lovchilar oqimini prognozlash hamda muayyan yo‘nalishda yuqori tezlikdagi harakatni tashkil etish samaradorligini baholash imkonini beradi. Yo‘lovchi tashishlarning transport turlari orasida taqsimlanishi bozor asosida yo‘l haqi qiymati, yo‘ldagi vaqt, transport infratuzilmasiga oson va tez etib borish imkoniyatiga bog‘liq ravishda ro‘y beradi. Buning natijasida har xil transport turlaridan samarali foydalanish zonalari shakllanadi. Ana shu hududlar chegaralarida transport turlari orasidagi raqobatchilik (turlararo raqobat) yuz beradi. Bundan tashqari, bir tur ichidagi raqobat ham mavjud (ya`ni bir xir transport turi bilan shug‘ullanadigan ayrim kompaniyalar orasidagi raqobat).Yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘l transporti jiddiy ustuvor jihatlarga ega: iqlimiy sharoitlar va yil mavsumidan qat`i nazar yo‘lovchilarni ommaviy tashish imkoniyati, poyezdlarning katta tezliklarda harakatlanishi, chiptalarning nisbatan mo‘`tadil narxlari, yuqori darajadagi harakat xavfsizligi va atrof-muhitga ko‘p zarar etkazmasligi. Shu bilan birga yo‘lovchining yuqori tezlikdagi poyezdda manziliga etib borish vaqti bir necha marta qisqaradi. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l tashishlarining kamchiligi ular nisbatan yuqori qiymatga ega ekanligi hisoblanadi.Yo‘lovchi uchun transport xizmatining iste`molchilik xossalaridan quyidagilari asosiy bo‘lib keladi: tezlik, xavfsizlik, chipta narxi, qulaylik va yuqori darajadagi servis, transport vositalarining tez- tez jo‘nab turishi va jadvalga aniq rioya qilinishi, zarur axborot bilan vaqtida ta`minlanishi, chiptalar sotib olish qulayligi va h.k.Yo‘lovchi uchun u yoki bu transport turi tezlik tavsiflarining jiddiy ko‘rsatkichi bo‘lib uning maksimal tezligi emas, balki «eshikdan eshikkacha» bo‘lgan safarda o‘tgan vaqti, ya`ni o‘rtacha marshrut muhim bo‘lib hisoblanadi.Yuqori tezlikdagi magistrallarning maksimal raqobatbardoshligiga eri-shish maqsadidan kelib chiqib, liniya uzunligi va magistral tezlikni trans-port zanjirining barcha boshqa elementlari: xavfsizlik nazorati, poyezdga chiqish, undan tushish, to‘xtaydigan bekatlari soni va to‘xtab turishlar soni kabilar ularning ijro etish paytida muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Aks holda yuqori tezlikdagi magistrallarni yaratishga joylangan kapital mablag‘lar kam samarali bo‘lib chiqishi, hatto umuman foyda keltirmasligi mumkin. bu kabi vaziyatga misol tariqasida havo kemalarining yuqori tezligi va aeroportlarning bagaj tarqatish xizmatlarining past samara bilan ishlashi, aeroport va shahar markazi o‘rtasidagi jamoat transporti ishining yaxshi ishlamasligi kabilar bilan o‘zaro nomuvofiqligini keltirish mumkin.Tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarni qurish va ulardan foydala-nishning o‘ta muhim sotsial-iqtisodiy va texnik masalalaridan biri poyezd-lar harakatlanishining maksimal tezligini tanlashdan iborat. Tezlikning yuqori chegarasi texnik imkoniyatlar, xavfsizlik talablari, ekologiya talab-lari va kapital kiritmalar va foydalanish (ekspluatatsiya) xarajatlarining yo‘l qo‘yiladigan qiymati bilan belgilanib, bu loyihaning iqtisodiy ko‘r- satkichlarini aniqlab beradi. Bugungi kunda aksariyat yuqori tezlikdagi magistrallar uchun tezlikning eng yuqori chegarasi 300 km/s ni tashkil etadi. So‘nggi yillarda katta tezliklarga mo‘ljallanib tiklangan va qurilish jarayonida bo‘lgan qator magistrallar 350 km/s maksimal harakatlanish tezligi uchun loyihalashtirilgan. Ular qatoriga Kyoln – Frankfurt-Mayn (Germaniya), Madrid – Barselona (Ispaniya) katta tezlikli magistrallari, Sharqiy katta tezlikli magistral (Fransiya), Xitoydagi bir qancha yangi temir yo‘llar kiradi. Bugungi kunga kelib Fransiya va Yaponiyaning tezyurar poyezdlari eng katta marshrut tezligi qiymatlariga ega bo‘lib kelmoqda. Ma`lumki, tezlik ortgani sari safar davomliligi nisbatan qisqarib boraveradi. Masalan, tezlik soatiga 50 dan 100 km ga ko‘tarilganida, uzunligi 500 km lik uchastkada yo‘ldagi vaqt ikki barobar qisqaradi: 10 dan 5 soatgacha. Tezlikning 350 dan 400 km gacha ortishi esa yo‘lda o‘tadigan vaqtni 1 soat 25 daqiqadan 1 s 15 daqiqaga qadar, ya`ni jami 10 daqiqaga qisqartirib, bu esa ko‘pchilik yo‘lovchilar uchun transport xizmatining jiddiy yaxshilangani ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilmaydi.Shu bilan birga, tezlik soatiga 350 km dan oshganida kapital xarajatlar va foydalanish (ekspluatatsiya) sarf-xarajatlari, shu jumladan energiya haqi, shuningdek SO 2 ning umumiy emissiya summasi va poyezdlar harakatlanganidagi shovqin darajasi keskin ortadi. Buning oqibatida, bugunga kelib dunyoda tezligi soatiga 350 km dan katta bironta ham tezyurar magistral qurilmagan.So‘nggi yillarda Yaponiya va Yevropa mamlakatlarining qator ilmiy markazlarida 300-350 km/s tezlik bilan harakatlanadigan tezyurar poyezd-lar harakatining energetika xarajatlari bo‘yicha, ularning atrof-muhitga ko‘rsatadigan shovqin va vibratsiyalar ko‘rinishidagi ta`siri, shuningdek statsionar inshootlar qiymatiga doir kompleks tadqiqotlar o‘tkazildi. Bu yerda tezyurar magistrallarda so‘nggi o‘n yillikda tijorat maqsadlarida foydalanishda, yuqori tezliklarning yuqori chegarasi soatiga 350 km darajasida saqlanib qoladi degan xulosaga kelindi. Bu ko‘rsatkichning bun-dan keyingi oshishi esa faqat, nisbatan tejamkor tortuv yuritmasini yaratish borasidagi, hamda vagonlar ekipaj qismining mukammal konstruksiyalari va yo‘l borasidagi tubdan yangicha texnik echimlar, shovqin va vibratsiya muammosini hal qiladigan echimlar sohasidagi yangiliklar bilan bog‘liq. Bunda eng dolzarb masalalardan biri 350 km dan katta tezlikda nafaqat bevosita elektr energiyasini uzatish, balki bu jarayonning shovqin chiqarishini nazarda tutib, tok olish bilan bog‘liq desa bo‘ladi.Shunday qilib, yaqin kelajakda yuqori tezlikdagi magistrallar uchun soatiga 350 km maksimal tezlik muqobil ko‘rsatkich bo‘lib qolishi aniq-ravshan. Bu poyezd marshrut tezligi qiymatini taxminan 250-260 km darajasida ta`minlash va yo‘ldagi vaqtni esa uch soatga qadar qisqartirish imkonini beradi.O‘zbekistonning poyezdlar katta tezlikda harakatlanadigan temir yo‘llarida maksimal tezlik bugunga kelib soatiga 250 km ni tashkil qiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling