Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
6. Germaniya
Germaniyada deyarli barcha yirik shaharlar bir-biri bilan tezyurar liniyalar bilan ulangan bo‘lib, bu kabi yuqori tezlikdagi harakat uchun yangi yo‘llar qurish bilan birga eski temir yo‘llar ham modernizatsiya qilinmoqda. InterSity-Express yoki ICE (9-rasm) — asosan Germaniyada tarqalgan, Deutsche Bahn kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tezyurar poyezdlar tarmog‘i.InterSity-Express poyezdlarining zamonaviy avlodi, ICE 3 poyezdi, Siemens AG va Bombardier kompaniyalari tomonidan birga, Siemens AG ning umumiy rahbarligi ostida ishlab chiqildi. ICE poyezdlari uchun maxsus qurilgan temir yo‘l tarmog‘i uchastkalaridagi ularning maksimal tezligi soatiga 320 km ga etadi. Tarmoqning standart uchastkalarida ICE tezligi o‘rtacha 160 km/s ni tashkil etadi. ICE poyezdi soatiga 230 km dan katta tezlikda harakatlana oladi, uchastkalar uzunligi 1200 km ga teng.ICE poyezdi Nemis temir yo‘llari (Deutsche Bahn) tomonidan taqdim etiladigan, uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarning asosiy tipi hisoblanadi. Ular maksimal tezlikka erisha olishidan tashqari yo‘lovchilar uchun maksimal darajadagi shinamlik va qulaylikni ham taqdim eta oladi. ICE poyezdlari Siemens AG koncerni tomonidan Siemens Velaro umumiy savdo markasi ostida o‘zining yuqori tezlikli poyezdlar turkumini taraqqiy ettirishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Velaro loyihalari, xususan, Ispaniya va Xitoyda ro‘yobga chiqarildi. Bu poyezdlar shuningdek Moskva – Sankt-Peterburg va Moskva – Nijniy Novgorod tezyurar liniyalarida ishlatish maqsadida Rossiyaga ham yetkazib beriladi.Germaniyada yuqori tezlikli magistrallarning dastlabki liniyalarida ballast prizmasi ustidagi yer polotnosini ma`qul deb topilgan edi. Ammo keyinroq ko‘p sonli tonnellar va boshqa sun`iy inshootlari bo‘lgan yo‘lni to‘g‘rilash muammosiga duch kelinganidan so‘ng qattiq asosga o‘rnatilgan temir yo‘l yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar va sinovlar o‘tkazildi. Natijada nemis mutaxassislari tomonidan mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda muayyan tuzatishlar kiritilgan yapon tipidagi yuqori qurilmadan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi. 7. Buyuk Britaniya Tezyurar temir yo‘llar (harakat tezligi soatiga 200 km dan tez) ilk marotaba Buyuk Britaniyada 1970-yillarda, British Rail davrida paydo bo‘ldi. Kompaniya o‘sha paytda ikki yo‘nalishda tadqiqotlar olib bordi: kuzovi qiyalanadigan poyezdlar texnologiyasini taraqqiy ettirish va oddiy tezyurar dizel poyezdlar ustida ishlash. British Rail Class 252 teplovozlar uchun jahon rekordiga, ya`ni soatiga 230,4 km erishganligiga qaramay, biroq tarkiblar standart tashishlarda soatiga bor-yo‘g‘i 201 km (125 mil`/s) cheklangan tezlikda harakatlanib, asta-sekin mamlakat asosiy temir yo‘l li-niyalarida ham paydo bo‘ldi. Keyinroq InterCity 125 ko‘rinishida rebren-ding ham qilindi. Britaniya temir yo‘llari elektrlashtirilganidan so‘ng mam-lakat temir yo‘l tezyurar tashish sohasi soatiga 225 km gacha tezlik bilan harakatlanish uchun mo‘ljallangan, shu sababli InterCity 225 brendiga ega bo‘lgan British Rail Class 91 bilan to‘ldirildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu poyezdlar tezligi ham xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib soatiga 201 km gacha kamatirildi. British Rail ning ana shu yo‘nalishini rivojlan-tirishga bo‘lgan so‘nggi intilishi – 1990-yillarda West Coast Main Line uchun ishlab chiqilgan, keyinroq bekor qilingan InterCity 250 loyihasi bo‘ldi.Britaniyada soatiga 300 km gacha sur`at bilan harakatlanadigan yuqori tezlikli poyezdlar birinchi marta Yevrotonnel temir yo‘lida (bugungi kunda High Speed 1 nomi bilan tanilgan) ishlatilib, bu loyihaning dastlabki fazasi 2003 yilda ishga tushirilgan edi. Liniyada Yeurostar British Rail Class 373 poyezdlari qatnab turibdi.Xususiylashtirishdan keyingi davrda West Coast Main Line liniyasida tezlikni soatiga 225 km ga chiqarish rejalari bekor qilingan bo‘lsa ham, biroq kuzovi egiladigan, ana shu tezliklar uchun ishlab chiqilgan British Rail Class 390 Pendolino poyezdlari qurilib, 2002 yilda foydalanishga topshirildi, ular soatiga 201 km darajada cheklangan tezlik bilan qatnamoq-da. Shuningdek mamlakatning boshqa marshrutlari ham 2000 dan 2005 yilga qadar British Rail Class 180 Adelante va Bombardier Voyager[en] (220, 221 va 222 toifalari) turkumi poyezdlarini foydalanishga topshirish bilan asta-sekin ishga tushirilib, ular tezligi ham yuqoridagi ko‘rsatkichga yetkazildi.Dastlabki British Rail Class 395 qurilganidan so‘ng qisman High Speed 1 yo‘llarida, qisman esa qolgan temir yo‘llar tarmog‘ida foydalanish uchun, 2009 yilning dekabrida soatiga 201 km dan tez (taxminan 227 km/s) harakatlanuvchi, 2012 yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlari davrida maxsus Olympic Javelin olimpiya yo‘nalishida qatnaydigan birinchi ichki marshrut paydo bo‘ldi. Bu marshrutlarga Southeastern xizmat ko‘rsatadi.Bir necha tadqiqotlar va maslahatlashuvlardan keyin Buyuk Britaniya hukumati High Speed 2[en] loyihasi to‘g‘risida e`lon qilib, loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini tahlil qilish, marshrutni belgilash va moliyaviy ta`minot manbalarini izlash maqsadida kompaniya tashkil qildi. Ushbu loyiha noldan boshlab qurilganligi, Maglev emas, balki oddiy tezyurar poyezddan foydalanadigan West Coast Main Line ga tushadigan yukini engillatish maqsadida Londondan Xitrou orqali G‘arbiy Midlendga qarata qurilgan, poyezdlari yuqori tezlikda harakatlanadigan liniya ekanligiga asoslangan. Harakatlanuvchi tarkib shu bilan birga zarur hollarda hozirdagi mavjud Network Rail yo‘llaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. High Speed 1 tezyurar liniyasi — London va Yevrotunnel orasidagi, uzunligi 108 kilometrga teng, Kent grafligi hududidan o‘tgan tezyurar temir yo‘l liniyasi. Liniya aslida Buyuk Britaniya va qit`a, ya`ni Yevropa o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklarni tashish maqsadida qurilgan bo‘lib, biroq London va Kent grafligi shaharlari orasida ichki tashish maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Eurostar yo‘lovchi tashiydigan poyezdi (10-rasm) liniyaning Angliya hududidagi uchastkasida soatiga 300 km tezlikka erishib, bu London va Parij o‘rtasidagi yo‘lni 2 soat 15 daqiqada bosib o‘tish imkonini yaratdi. TGV TMST (fransuzcha tasnifi, fr. TransManche Super Train – La-Mansh orqali qatnaydigan oliy darajadagi poyezd) yana bir nomi British Rail Class 373 (britancha tasnifi), shuningdek Buyuk Britaniya, Fransiya va Belgiya orasida La-Mansh ko‘rfazi tagidan o‘tgan tonnel orqali qatnay-digan Yeurostar yuqori tezlikli magistralga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘l-jallangan yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezd sifatida ma`lum.Buyuk Britaniya hududida ishlatilayotgan barcha motorvagon poyezdlar orasida «Eurostar» eng uzun va eng tez poyezd hisoblanadi.Umuman olganda esa Yevropa Ittifoqining ekspertlari qayd etishlari-cha, so‘nggi paytlarda Yevropada yuqori tezlikli magistrallarning rivojla-nish sur`atlari biroz sustlashdi. Xususan, Fransiyada jami bo‘lib 500 km dan ko‘proq uzunlikdagi yuqori tezlikli liniyalar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, Germaniyada – 400 km ga yaqin, Italiyada esa undan ham kam – taxminan 125 km. Bu asosan tezyurar temir yo‘l avtomobil transportida yo‘lovchi tashiydigan va nisbatan sekin qatnaydigan poyezdlardan mijoz-larini o‘ziga jalb etgani bilan, biroq yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan ko‘plab an`anaviy xizmatlardan voz kechish hisobiga o‘ta arzon narxlar taqdim etgan loukost-aviakompaniyalardan hamon ortda qolayotganligi bilan bog‘liq. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling