Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

8. 
Janubiy Koreya
 
Korea Train Express (KTX) nomi bilan mashhur bo‘lgan tezyurar temir yo‘l Chxonan, 
Asan, Tedjon va Tegu orqali poytaxt Seulni Pusan shahri bilan bog‘laydi (11-rasm). Temir 
yo‘lda TGV francuz texnologiyasi qo‘llangan. Liniya o‘z ishini 2004 yili boshlagan bo‘lsa, 
2010 yili loyiha quvvatiga erishdi. Poyezdlar soatiga 300 km tezlikka erishish mumkin. KTX 
loyihasi TGV francuz texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, biroq yo‘l komponentlarida ba`zi 
farqlari mavjud. Bu, aytish mumkinki, shpa-lalar (monoblok) va mahkamlagichlar (Pandrol 
e-Clip). Koreyada shu yo‘-nalishda o‘tkazilgan tadqiqot va test natijalari ana shunga olib 
keldi. Ikki-uch yillik foydalanishdan so‘ng tadqiqotlar ijobiy natija keltirdi. Tezyurar temir 
yo‘l barcha umidlarni oqladi deb aytish mumkin. Yo‘l yotqizish va uni saqlash masalasida 
esa fransuz texnologiyalari va uslublari Koreya sharoitlariga juda muvofiq keldi. Yo‘lni 
yotqizish sur`atlari va uning geometrik ko‘rsatkichlari hatto ko‘plab Yevropa 
mamlakatlaridagiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Yo‘l qayishqoqligini 
aniqlash uchun harakatlanuvchi tarkib va atrof muhit harorati ta`siri funktsiyasi sifatida, 
boshqa mamlakatlarga qiyosiy muayyan o‘lchov ishlari amalga oshirildi. Natijalar bu gal 
ham ijobiy bo‘ldi va yana umidlarni oqladi. Loyihaning yana bir maqsadi – so‘nggi 
texnologik yutuqlarni qabul qilib olib, ularni Koreya temir yo‘l sanoatiga tatbiq etishdan 
iborat edi. Ana shunday yangi texnologiyaning tatbiq etilishiga misol tariqasida sinov 
trassasida muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan e-Clip rels mahkamlagi-chini Pandrol Fastclip 
mahkamlagichi bilan almashtirishni keltirish mum-kin.


Mahkamlagichlar Sinov trassasida hamda navbatdagi sektsiyaning e-Clip 
mahkamlagichlari o‘rnatilgan bir qismida ham almashtirildi. Kela-jakda ballastli yo‘ldagi 
barcha avvalgi mahkamlagichlar yangilari bilan almashtirilishi mo‘ljallangan. Rels 
mahkamlagichlarini almashtirish sababi – e-Clip mahkamlagichlariga nisbatan Fastclip 
tizimi yordamida erishilgan natija, ya`ni yo‘lga xizmat ko‘rsatishning sodda va 
arzonligidir.e-Clip tizimli yo‘l kabi, Fastclip tizimi uni yo‘lga o‘rnatishdan avval
laboratoriya sharoitlarida tekshiruvlardan o‘tkazildi. 
9. 
Rossiya
 
2009 yilda Rossiya ham tezyurar magistraliga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga 
qo‘shildi. Milliy yuqori tezlikli harakatlanish tizimi – Rossiya temir yo‘llarining uzoq 
muddatga mo‘ljallangan strategik loyihasi. Uning ro‘yobga chiqarilishi masofalarni 
qisqartirib, shaharlarni o‘zaro “yaqinlashtirish” Rossiya aholisining mobilligini oshirish 
imkonini beradi. Rossiya temir yo‘l kompaniyasi «RJD» xoldingini 2030 yilgacha 
rivojlantirish strategiyasini ro‘yobga chiqarish jarayonida, 2015 yili «Rossiya 
Federatsiyasida tezyurar va yuqori tezlikli temir yo‘l qatnovini tashkil etish dasturi» 
dolzarb deb topilib tasdiqlangan, uning asosidan davlat dasturiy hujjatlari, shu jumladan 
Rossiya Federatsiyasini 2030 yilga qadar uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
prognozi, Rossiya Federatsiyasining 2030 yilga qadar muddatga Transport strategiyasi, 
Temir yo‘l transportining 2030 yilga qadar rivojlanish strategiyasi o‘rin oldi.Dasturning 
bosh maqsadi – iqtisodiy o‘sish sur`atlarini tezlashtirish va yo‘lovchilar uchun optimal 
darajadagi tezlik va xavfsizlik, qulay va yo‘l kira haqining optimal darajasini ta`minlaydigan 
tezyurar va yuqori tezlikli temir yo‘l tarmog‘ini yaratish hisobiga Rossiya aholisi turmush 
darajasini oshirish.Dastur doirasida tezyurar va katta tezlikdagi magistrallarni tashkil qilish 
bo‘yicha 20 ta loyihani ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida 50 
tadan ortiq tezyurar marshrutlar tashkil etish imkonini berib, ular bo‘ylab bir yilda kamida 
84 millionta safar uyushtirilib, poyezd-lar soatiga 160 km dan katta tezliklarda 
harakatlanadigan liniyalarning umumiy uzunligi esa 11 ming km dan oshib ketadi.Moskva 
– Qozon – Yekaterinburg, Moskva – Rostov-na-Donu – Adler va Moskva – Sankt-Peterburg 
tezyurar magistrallari tizim yaratuvchi loyi-halar bo‘lib keladi. Bundan tashqari, bir necha 
unchalik uzun bo‘lmagan tezyurar va katta tezlikdagi magistrallar yaratish ham ko‘zda 
tutilib, ular mavjud aglomeratsiyalar chegaralarini kengaytirish va aholi joylashib yashash 
tizimini optimallashtirish hisobiga jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta`minlashga qodir 
bo‘ladi.Tezyurar va katta tezlikdagi magistrallar tarmog‘i shahar atrofidagi temir yo‘l 
harakati bilan birga yo‘lovchilarni mamlakat bo‘ylab tashishga ixtisoslashgan, maksimal 
darajadasi samarali integratsiyalangan transport tizimini hosil qiladi. 
Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling