Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

4
. Ispaniya 
Uzunligi 471 km ga teng bo‘lgan Madrid – Sevilya dastlabki tezyurar magistrali 1992 
yili foydalanishga topshirilgan. 2004 yilning oktyabr oyida Madrid – Barselona YuTY yangi 
liniyasi-ning 470 km uzunlikdagi birinchi, Leridaga qadar davom etgan uchastkasi ishga 
tushirildi. Hozirga kelib, Ispaniyada dunyoning istalgan mamlakatiga nisbatan ko‘proq 
tezyurar (yuqori tezlikli) magistrallar (umumiy uzunligi 870 km) qurilmoqda. Bu maxsus 
yo‘l bo‘ylab soatiga 300 km gacha tezlik bilan harakatlanuvchi tezyurar temir yo‘l tizimidir.
Tezyurar magistrallarning Yevropadagi eng uzun tarmog‘iga ega bo‘l-gan Ispaniya 
(3100 km) ularni qurish sur`atlari bo‘yicha ham yetakchi bo‘lib olgan.
Tezyurar magistrallarni qurish maqsadlaridan biri Ispaniya temir yo‘l-larini 
umumyevropa tarmog‘i tarkibiga uyg‘un ravishda kiritishdan iborat. Bu yerda so‘z birinchi 
navbatda Madridni Fransiya bilan o‘zaro bog‘lash haqida bormoqda. Bir vaqtning o‘zida 
Madrid – Valensiya yo‘lagini taraqqiy ettirish ham ko‘rib chiqilmoqda.
"Talgo-250" va "Talgo-350" zamonaviy poyezdlari (7-rasm) mos ra-vishda soatiga 250 
va 350 km gacha tezliklarga erisha oladilar. Bu poyezd-lar shuningdek Germaniya, 
Finlyandiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham ishlatib kelinmoqda.
AVE Seriya 102 (yoki Talgo 350) elektropoyezdlari Ispaniyaning Tal-go firmasi 
tomonidan, Kanadaning Bombardier kompaniyasi bilan birga-likda, «Tal`go» standart 


poyezdlari asosida Yevropa koleyalaridan soatiga maksimal 350 km tezlik bilan 
harakatlanish uchun yaratilib, ular asosan Madrid – Barselona yuqori tezlikdagi 
magistraliga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. Ispaniya yuqori tezlikdagi magistrallarida 
Tal`go turidagi poyezd va-gonlari ularga turli koleya eniga ega temir yo‘llardan 
harakatlanish imko-nini beradigan g‘ildirak juftliklari bilan jihozlangan (masalan, 
1668/1520/ 1435 mm).Ispaniya hukumati 2003 yildan boshlab ham tezyurar, ham oddiy 
temir yo‘lga qo‘shayotgan davlat investitsiyalari hajmini ancha oshirdi. Temir yo‘l 
transportga kiritilayotgan mablag‘lar avtomagistrallarga qo‘shilayot-gan investitsiyalarga 
nisbatan ancha ko‘p bo‘lib, yiliga kamida 4 mlrd. yevroga teng (mamlakat IYaM ning 
taxminan 0,6% qismiga teng). 2020 yilga borib Madridni tezyurar magistrallar yordamida 
barcha provintsiya markazlari bilan ulash rejalashtirilgan.AVE – Alta Velocidad Española 
(«Ispaniya tezyurar (poyezdi)») tezyu-rar poyezdlar temir yo‘l tizimi Ispaniyada maxsus 
polotno bo‘ylab soatiga 350 km gacha tezliklarda ishlaydi. Ispaniyaning koleyasi eni 1668 
mm (Iberiya koleyasi) bo‘lgan qolgan temir yo‘llaridan farqli ravishda AVE 1435 mm li 
Yevropa standart koleyasida ishlanib, bu uni mamlakatdan tashqaridagi tezyurar (yuqori 
tezlikli) tizimlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Italiyaliklar tezyurar (yuqori tezlikli) temir 
yo‘l harakatining boshlov-chilaridan bo‘lganlar deb aytish mumkin. 1939 yili ETR 200 
elektr poyezdi Milan va Bolonya o‘rtasida marshrut tezlik bo‘yicha jahon rekordini 
o‘rnatib, shunda maksimal tezlik soatiga 203 km ni tashkil etgan holida, marshrut tezlik 
165 km/s ga teng bo‘ldi. Italiyadagi birinchi tezyurar poyezdlar butkul alohida liniyasini 
1970 yilning yozida qura boshladilar. Bu temir yo‘lning Rim va Florensiya o‘rtasidagi 
uchastkasi edi. Uni foydalanishga bosqichma-bosqich topshir-dilar. Uning dastlabki 
bo‘lagi ekspluatatsiyaga 1978 yili, so‘nggisi esa – 1992 yili topshirildi. Bu liniya 
«Direttissima» deb nom oldi. 1978 yilda dastlabki tezyurar temir yo‘l Rimni Florentsiya 
bilan ulab (254 km), bu liniyaning maksimal tezligi soatiga 250 km (o‘rtacha 200 km/s), 
yo‘ldagi vaqti esa — taxminan 90 daqiqani tashkil etdi.Italiyada Yevropada birinchi marta 
1970-yillarda yo‘lovchilarga qulay-lik yaratib, yo‘lning egri uchastkalarida tezlikni 
pasaytirmaslik imkonini beradigan maxsus nishablik yaratish tizimiga ega bo‘lgan 
«Pendolino» turkumli poyezdlari yaratildi.Bugunga kelib Italiya tezyurar temir yo‘llar ikki 
asosiy temir yo‘l yo‘lagidan iborat deb aytish mumkin. Shimoldan janubga qarata davom 
etgan, Turin va Salernoni ulagan birinchisi, Milan, Bolonya, Florensiya, Rim va Neapol 
shaharlarini o‘zaro ulagan bo‘lsa, ko‘proq qurilish jarayonidagi ikkinchisi Turinni Venetsiya 
bilan Milan, Breshia, Verona va Paduyani shaharlari orqali ulashi mo‘ljallangan.Ajratilgan, 
alohida tezyurar, yuqori tezlikli uchastkalarda soatiga 300 km lik tezlik cheklovi amal qiladi. 
Biroq soatiga faqat 250 km gacha tezlik harakatlanish bilan ruxsat etilgan Rim – 
Florentsiya va Neapol – Salerno uchastkalari bundan mustasno.Italiyada alohida tezyurar, 
yuqori tezlikli uchastkalarning umumiy uzunligi hozirda 959 km ni tashkil etadi. Bu 
jihatdan italiyaliklarni yetakchi deb bo‘lmaydi. Bu borada dunyo bo‘yicha xitoyliklar, 
Yevropada esa ispanlar ilg‘or.O‘ta yangi tezyurar poyezdlar Italiyada Freccia (8-rasm), 
ya`ni «o‘q (kamon o‘qi)» nomiga ega bo‘lib, «qizil» - Frecciarossa, «kumush» - 
Frecciargento va «oq» - Frecciabianca kabi turlarga bo‘linadi. Eng tez harakatlanadigan 
Frecciarossa, ya`ni “qizil kamon o‘qi» nomli poyezdlar Turin, Milan, Bolonya, Florensiya, 


Rim va Neapol shaharlari orasida qat-nab, boshqa hech qayerda to‘xtamaydi. Frecciarossa 
uchun alohida temir yo‘l liniyasi qurilgan bo‘lib, unda ana shu poyezdlar soatiga 360 km 
ga qadar tezliklarga erishadi.Frecciargento poyezdlari ham oddiy, ham ajratilgan temir 
yo‘llar bo‘ylab harakatlanib, tarkibning tezligi soatiga 250 km gacha etadi va ular poytaxt 
Rimni butun mamlakatning ko‘pgina shaharlari bilan bog‘laydi. Frecciargento ning asosiy 
yo‘nalishlari – Venetsiya, Verona, Bari va Redjio Kalabriya kabi. Rim – Trento – Bolcano 
liniyasida ham bir kunda ikki juft Frecciargento poyezdlari qatnab turadiFrecciabianca 
poyezdlari oddiy temir yo‘l liniyalari bo‘ylab Milan va Venetsiya shaharlari, Bolonya, Udine, 
Triest va Rim orasida soatiga 200 km gacha tezlik bilan qatnaydi. Bundan tashqari
Frecciabianca poyezdlari Adriatika Rivyerasi shaharlarini o‘zaro bog‘lab turadi.Italiyaning 
tashish ishlari bilan shug‘ullanadigan Trenitalia kompaniya-si 2015 yilda Bombardier 
tomonidan yaratilgan kelajak poyezdini taqdim etdi. Bugunga kelib bu 400 km soatga 
qadar tezlik bilan harakatlanishga qodir bo‘lgan Yevropadagi eng tez poyezd bo‘lib 
qolmoqda. Hozircha bu kabi tarkiblar 300 km/s tezlikda qatnashi mo‘ljallanmoqda. Ishlab 
chiqaruvchining ma`lum qilishicha, poyezd konstruksiyasi yo‘lning egri uchastkalari 
bo‘ylab harakatlanish uchun moslab ishlangan. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling